Biotexnologiya


O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141
720 (1)

O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish 
O'simliklarni 
in 
vitro
sharoitda 
vegetativ 
ko'paytirish 
mikroklonal 
ko'paytirish
deb ataladi. Urug'li o'simliklar ikki hil yo'l bilan ko'payadi; urug'i orqali 
va vegetativ usulda. Ikkala usulning afzallik va kamchiliklari bor. Urug' orqali 
ko'paytirishdagi kamchiliklar: 
uzoq vaqt talab etiladi; 
ekiladigan material genetikasining turli-tumanligi. 
Vegetativ ko'paytirishda genotip saqlanadi, uzoq vaqt talab etilmaydi. Biroq 
aksariyat o'simliklarni vegetativ usulda ko'paytirib bo'lmaydi.Sababi: 
ko'pchilik navlar (masalan, eman, qayin, archa, yong'oqmevalilar va boshq.) 
hattoki yosh novda paytida ham vegetativ usulda samarali ko'paymaydi; 
yog'och shohli o'simliklar yoshi 10-15dan katta bo'lsa, ularni vegetativ usulda 
ko'paytirib bo'lmaydi; 
standart ekuv materialini olishning murakkabligi; 
yoshi katta o'simliklarni payvandlash jarayonining murakkabligi; 
yil davomida genetikasi bir hil material olish qiyin, buning uchun ishlab 
chiqilgan tehnologiyalar ham samarasiz 
O'simlik hujayralari va to'qimalari kul'turasi sohasida erishilgan yutuqlar 
natijasida o'simliklarni vegetativ ko'paytirishning yangi usuli - mikroklonal 
ko'paytirish usuli vujudga keldi. Usulning mohiyati o'simliklarning 
totipotentlik
hossasiga asoslanadi. O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish usuli boshqa an'anaviy 
usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega: 
genetikasi bir hil ekuv materiali tayyorlash mumkin; 


meristema to'qimasidan foydalanilganligi boisidan, o'simlik viruslardan 
qutuladi; 
ko'payish koeffitsientining yuqoriligi; 
selektsiya vaqtining qisqarishi; 
o'simlik reproduktiv rivojlanish fazasiga tezroq o'tadi; 
an'anaviy usullarda ko'paytirish qiyin bo'lgan o'simliklarni ham ko'paytirish 
imkoniyati; 
ekuv materiali uchun katta er maydoni shart emas.
XX asrning 50-yillarida Jorj Morel' ilk marotaba orhideya o'simligini mikroklonal 
usulda ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi.
16
-
rasm. Ozuqa muhiti solingan konteynerlarga ekuv materiallari 
ekilgan. 
O'sha davrda o'simliklarning apikal 
meristemasini 
in vitro
sharoitda ko'paytirish 
tehnikasi ishlab chiqilgan edi. J.Morel' o'z 
ishida ushbu tehnikadan samarali foydalandi. 
50-yillarda 
apikal 
meristemani 
ko'paytirishda 
dastlabki 
eksplant 
sifatida 
chinnigul, 
no'hot, 
kungaboqar, 
makkajo'hori, 
qoqio't 
kabi 
o'simliklardan 
foydalanilgan. O'simlikning rivojlanishi va 
regeneratsiyasiga 
ozuqa 
muhitining 
tarkibi 
qanday ta'sir qilishi o'rganilgan. 
J.Morel' tadqiqotlarida simbidium apikal 
meristemalarini kuzatgan. Simbidium apikal 
meristemalari sharsimon sferalar -
protokormlar
hosil qilgan. Protokormlarni bo'lib, alohida har 
bir bo'lagini ozuqa muhitiga ekish mumkin. Har bir bo'lak ildiz chiqarib ko'chat 
holiga keladi. Morel' bu ishlarni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini aniqladi. 
Natijada yuqori sifatli, viruslardan holi, genetikasi bir hil ko'chatlar olish usuli yuzaga 
keldi.
17-rasm. Laboratoriyada bankalarga ekilgan mikroklonlar.
Mikroklonal ko'paytirish usulida turli-tuman o'simliklarni, jumladan, yoshi 
katta yog'och shohli darahtlar, ayniqsa ignabarglilar, dorivor o'simliklarni ko'paytirish 
mumkin. Butkul yo'qolib ketish havfi bo'lgan o'simliklarni ham shu usul yordamida 
saqlab qolsa bo'ladi.
Yog'och shohli o'simlik to'qimalari kul'turasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar 
fransuz olimi Gotre tomonidan XX asrning 20-yillarida chop etilgan. Unda 
qayrag'och,qarag'ayning ayrim turlari 
in vitro 
sharoitda kallus hosil qilishi 
mumkinligi 
aytilgan. 
40-yillarda 
olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
shuni 


ko'rsatdiki,qayrag'ochning turli to'qimalaridan adventiv shohchalar o'sar ekan. Biroq 
shohchalar o'sib, ko'chat bo'lib etilishi haqida ma'lumotlar olinmagan. 60-yillarning 
o'rtalarida Mates tog'terakdan olingan regenerantni (o'simlik tanasining biror eridan 
kesib olingan va qayta tiklangan to'qima yoki organ) ko'chat holigacha etishtirishga 
muvaffaq bo'ldi. 
Ignabarglilar to'qimalari kul'turasi olimlar uchun uzoq yillargacha tadqiqot 
ob'ekti bo'lib kelgan. Sababi, o'sha davrda o'simliklardan ajratilgan hattoki yosh 
to'qimalarni ham o'stirishda muammolar etarli edi. Ma'lumki, darahtlar ayniqsa
ignabarglilar sekin o'sadi, ildizining rivojlanishi ham qiyin kechadi. Bundan tashqari, 
ignabarglilardan juda ko'p miqdorda ikkilamchi moddalar (fenollar, terpenlar va 
boshq.) ajraladi. O'stirish uchun daraht tanasidan to'qimalar ajratilganda ushbu 
ikkilamchi moddalar fenolaza fermentlari ta'sirida oksidlanadi. Oksidlangan 
moddalar esa o'z navbatida hujayralarni bo'linishini va ularni o'sishini, rivojlanishini 
to'htatadi. Lekin shunga qaramay, olimlar tadqiqot uchun aynan darahtlarning organ 
va to'qimalarini tanlamoqdalar. Bugungi kunga kelib, 200 dan ortiq daraht turlarini 
(kashtan, eman, qayin, tog'terak, tog'terak va terak gibridi, qarag'ay, zarang, archa va 
boshq.)
in vitro
sharoitda o'stirishga erishildi. Soha bo'yicha ilmiy izlanishlar 
dunyoning ko'plab shaharlarida hali davom etmoqda.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin