Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi 4-kurs 19/14-guruh talabasi Farxadova Dinaraning


Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, o‘quvchilarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositalari



Yüklə 159,52 Kb.
səhifə3/6
tarix26.06.2023
ölçüsü159,52 Kb.
#135296
1   2   3   4   5   6
Dinora 19 14 (2) (1)

2.Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, o‘quvchilarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositalari

Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin. Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur. Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunaro'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni xunarmandchilik sirlariga o‘rgatishda ta’limining zamonaviy uslublaridan foydalanish muhim axamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun kasb –hunar kollejlarida amaliy san’at ta’limining yangi mazmunini shakillantirishning ilg’or padagogik texnalogiyalari, zamonaviy o‘quv uslubiy majmualar, o‘quv tarbiya jarayonining didaktek jihatlarini taminlash va mazkur sohaga o‘qitishining ilmiy amaliy masalalarini to‘g’ri hal etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Biz tanlagan bitruv ishimiz mavzusiga asosan yuqoridagi masalani hal qilish yo‘llarini yangi pedagogoik texnalogiyalar asosida amalga oshirib izlanishlar olib bordik. Respublikamiz nashiryotlarida chop etilgan darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni o‘qib, o‘rganib tahlil qilimiz shuni ko‘rsatdiki,hali xalq hunarmandchiligi misolida kollej o‘quvchilarini amaliy san’atga o‘rgatish metodik jihatdan to‘liq o‘rganib chiqilmagan.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir. O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi. Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuter- lashtirish, iste'mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim muassasalarida mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat ta'limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning dalalarda olib boriladi. Natijada ma'lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi.Shu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta'limining mazmuni, maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta'lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o‘quvchi ta'lim jarayonida oladi.Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.Ta'lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi.O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma'lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi: to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya'ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur; texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta'lim va boshqalar); ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi. To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv-ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin. Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar. Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro‘zg‘or texnikalarini ta'mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘lik topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning imkoniyatlari cheksiz. So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e'tibor bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari maktablarni otalikqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar. O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir. Hozirgi davrda ta'lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir. Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat – o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi. Ayni vaqtda, juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik mavjud. Korxona va xo‘jaliklar ta'lim muassasasiga majmuaviy yondashuv asosida mehnat tarbiyasini tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar. O‘quvchilar ishlab chiqarish sub'ektlarining iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ularni turli kasblarni egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma'lum faoliyatni bajarishda mas'uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘lik namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda. Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta'lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta'limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi. Ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an'anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi. Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi. Mehnat ta'limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin. Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta'limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir. Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta'minlash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an'anaviy va noan'anaviy shakllarda tashkil etiladi (30 - chizma). Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: O‘quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lishni ta'minlash. O‘quvchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o‘rin almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish. O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga rag‘batlantirishning samarali metod va vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish. Mehnat faoliyatining turidan qat'iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda, ularda mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor berila boshlandi. O‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi. Hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash masalasi eng muhim vazifa sifatida qo‘yilib, ta'lim sifatini oshirish bilan birga o‘quvchilarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda muhim va zarur. Iqtisodiy ta'lim o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo‘jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni. Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikrlashga o‘rgatadi. Iqtisod, iqtisodiyotning o‘zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu – «uy xo‘jaligini boshqarish san'ati» ma'nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma'nosi ham to‘ldirib borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma'noda inson yaratgan barcha boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma'nosini anglatadi. Keng ma'noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o‘tkazishga qaratilgan xo‘jalik faoliyati bo‘lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste'mol etish bilan yakunlanadi. Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi. Bulardan ma'lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini ta'mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda oilada ham, ta'lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi. Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, tarix, matematika, ximiya, biologiya, mehnat ta'limi darslarida amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadilar. Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha daromad, byudjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to‘la ma'lumotlarning berilishi o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar hamda tarbiyaviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyaviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og‘zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.



Yüklə 159,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin