3-Ma`ruza. Сифат атрибутларини моделлаштириш ва анализ қилиш..
R E J A : Sifatli va tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish
Tizim uchun talablarni shakllantirish
Algoritimni tanlash.
Ma`lumotlarni tavsiflash.
Tayanch so’zlar:Masalani tavsiflash, algoritmni tanlash, ma`lumotlarni tavsiflash, dasturlash tilini tanlash, bo’sh xonalar nomlash, tartibli raqamlash. O’zgaruvchilarning nomini tanlash, fayllar nomi, qisqartirishlar, operatorlarni joylash. Ortib borish modeli Incremental(ortib borish) ishlab chiqish dastlabki amaliy ko’rinishni ishlab chiqish g’oyasiga asoslangan. Foydalanuvchi izohlariga qarab tizimning keyingi versiyalari ishlab chiqiladi.
Qayta foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniring
Ko’pgina dasturiy ta’minot loyihalarida bir nechta qayta foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar mavjud.
Qayta foydalanishga mo’ljallangan jarayonlarda foydalanish mumkin bo’lgan uch xil turdagi dasturiy ta’minot komponentalari bor:
1. Veb servislar servis standartlariga ko’ra ishlab chiqilgan
2. .NET yoki J2EE kabi componenta freymvorklarga integratsiya
qilinadigan paketlangan obyektlar kolleksiyasi
3. Maxsus muhitlarda foydalanish uchun sozlangan autonom dasturiy
ta’minot tizimlari.
1.2. Sifatli va tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoni foydali dasturiy ta’minotni tezda tayyorlashga mo’ljallangan.
Tezkor dasturiy ta’minot ishlab chiqishning bir nechta yondashuvlari mavjud bo’lsada ularning asosiy xarakteristikalari mavjud:
1. Xususiyatlarni aniqlash, dizaynlash va amaliy ko’rinishga keltirish jarayonlari birlashtirilgan. Tizimning xususiyatlari batafsil keltirilmaydi va dizayn hujjatlari minimumlashtirilgan. Foydalanuvchi talablari hujjatlari tizimning muhim xarakteristikasi hisoblanadi.
2. Tizim bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Foydalanuvchi yangi talablarini qondirish maqsadida dasturiy ta’minotning navbatdagi talqini ishlab chiqariladi.
3. Tizimning foydalanuvchi interfeysini tezda tayyorlash maqsadida IDS (integrated development system)