Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси


Dasturiy ta’minotni modellashtirish



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə20/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

1.3 Dasturiy ta’minotni modellashtirish
Modellar talablar injiniringi jarayonida tizim uchun talablarni hosil qilishda foydalaniladi. Siz mavjud tizimlarning modelini va ishlab chiqarilayotgan tizimning modelini tuishingiz mumkin.
1. Mavjud tizim modellari talablar injiringi mobaynida foydalaniladi. Ular mavjud tizimning nima ish bajarishini aniqlashtiradi va tizimning kuchli va kuchsiz tomonlarini muhokama qilishga asos bo’ladi. Bu yangi tizim uchun talablar ishlab chiqishga olib keladi.
2. Yangi tizim modellari talablar injiniringi davomida yordam berish uchun ishlatiladi. Injinerlar dizayn bo’yicha takliflarni muhokama qilishda modellardan foydalanadi.
Tizim modelining eng muhim tomoni shundaki unda tizim haqidagi batafsil ma’lumotlar tashlab ketiladi. Model o’rganilayotgan tizimning mavhum ko’rinishidir.
Siz tizimni turli xil ko’rinishlarini ko’rsatish uchun turli xil modellarni ishlab chiqishingiz mumkin. Masalan:
1. Tashqi ko’rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish.
2. O’zaro munosabatlar ko’rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari o’rtasidagi o’zaro munosabatni modellashtirish.
3. Strukturaviy ko’rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar
strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish.
4. Xatti harakatlar ko’rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga qanday javob berishini modellashtirish. Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta diagrammalarga ega.
1. Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko’rsatadi
2. Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o’rtasidagi
munosabatni ko’rsatadi.
3. Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari orasidagi munosabatlarni ko’rsatadi.
4. Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o’zaro munosabatini ko’rsatadi.
5. Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta’sirini ko’rsatadi.
UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy ta’minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi.
UML dasturiy ta’minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb qabul qilingan. Konteks modellar Konteks modellar tizimning tezkor kontekstini ko’rsatishda foydalaniladi. Arxitekturaviy modellar tizim va uning boshqa tizimlar bilan munosabatini ko’rsatadi.
Tizim chegaralari Tizim chegaralari nima tizim ichida va nima tizim tashqarisidaligini ko’rsatadi. Ular ishlab chiqarilayotgan tizimda foydalanilayotgan yoki bog’liq bo’lgan boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Konteks modellar muhitdagi ishlab chiqarilayotgan tizimni emas balki muhitdagi boshqa tizimlarni ko’rsatadi. Jarayon modellar ishlab chiqarilayotgan modellarni ko’rsatadi. UML diagrammalar jarayon modellarda foydalaniladi.
Dasturni loyihalash bosqichi dasturlash usuliga, ishonchligiga, sozlashga, foydalanish tarkibiga, va xakazolarga ta`sir ko’rsatadi. Dasturning loyihalashning oson kechishi - bu dasturni oson o’qilishi uchun quyilgan birinchi qadam. Kodlashtirish oddiroq bo’lsin. KISS deb nomlanuvchi printcipga rioya kilinsin. Ortiqcha shakllantirilgan dastur sozlashda yoki o’zgartirishda qimmatga tushadi. Dasturdan faqat uning muallifi emas balki boshqa shaxslar ham foydalanib, ham sozlashda qiynalmasligi kerak. Dasturning tarkibi uning mantiqni ko’rsatishi shart, kodlarning doimiyligi dasturni ya`nada osonlashtiradi. Masalan: dasturni o’zgarturuvchilar doimo bir xil ravishda foydalanish kerak. "1" belgisi o’qilgan, "0" belgisi o’chirilgan. Bundan tashqari dasturdagi har bir jadval bir xil ta`svirlansin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin