Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə24/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Universallik.
Universallik deb aniq ma`lumotlar turkumiga bog’liq bo’lmagan dasturlarni ataymiz. Parametrlar sifatida kontaktlar o’rniga o’zgaruvchilardan foydalaniladigan dasturni universal dastur deymiz. O’zgaruvchilarni kontak o’rnida qo’llanishi mumkin bo’lgan sharoitlarni ko’rsatib o’tamiz:
1. Ro’yxatlar, massivlar va jadvallar o’lchami.
2. Fizik konstanta va foizlar.
3. "Kiritish - chiqarish" moslamasini belgilanishi.
Dasturlashni universalligi loyihalashda vaqtdan yutishi va undan foydalanishiida keng sharoitlar ochib berishdir. Universal protceduralar dastur kutubxonasiga keyingi dasturlarda ham foydalanish uchun kiritiladi. Universallikni kidirishda asosan keyinchalik qo’llaniladigan modifikatciya va variantlarni aniqlashda ham yordam beradi.
Kutubxonalar.
Dasturni samaradorligini oshirish, sozlash va tekshirishni engillashtirish hamda dastur yaratishni qisqartirish uchun dastur kutubxonalari qo’llaniladi. Kutubxona uchun mo’lljallangan kichik dasturlar kategoriyasiga dasturlash tiliga ega bo’lgan funktciya yoki kichik dasturlarni o’z ichiga oladi. Bu kategoriyalarga barcha standart funktciyalar (sin, cos va hakozo), kiradi.
Ikkinchi funktciya va kichik dasturlar manbai sizning hisoblash tizimingizdan tashqarida joylashgan. Foydalunuvchiga u yoki bu tizimda bajarilgan dasturlar to’g’ri keladi. Kutubxona dasturlarda foydalanish sabablaridan biri - ishonchlikni oshirish va dasturlashdagi qiyinchiliklarni kamaytirishdir. kutubxona dasturlarining uchinchi manbaisi bu dasturlar va hisoblash mashinalari to’g’risidagi kitoblardir.
"Kiritish - chiqarish" formatlari.
Ma`lumotlarning "kiritish - chiqarish" formatlari loyihalash bosqichining bir qismi hisoblanadi. Kiritish formatlari foydalanuvchi uchun eng yuqori qulaylik va eng kam xatoliklar bo’lishini hisobga olgan holda bajariladi. chiqish ma`lumoti tashqi manbalar ta`sirisiz solishtirilishi kerak. U o’z ichiga:
1. chiqish yozuvini solishtirish.
2. Yozuv funktciyasi yoki tavsifi.
3. Sana.
4. Varaqlarning tartib raqamini olishi kerak.
Yaxshi o’ylab topilgan chiqish formatlari tuzuvchiga sozlashda va sinashda katta yordam beradi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin