Davlat va huquq nazariyasi modulidan YaN (yakuniy nazorat) kazuslari Kazus 1


Davlat organlari o‘rtasida bunday masalalar bo‘yicha shartnomalar qaysi qonunga muvofiq tuzilishi kerak?



Yüklə 143 Kb.
səhifə10/16
tarix15.09.2023
ölçüsü143 Kb.
#143874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
DHN. uzbek.

2. Davlat organlari o‘rtasida bunday masalalar bo‘yicha shartnomalar qaysi qonunga muvofiq tuzilishi kerak?
3. Prezident farmoni qanday maqomga ega?
4. “Kun.uz muxbiri bilan suhbatda iqtisodchi Shuhrat Qurbonovning aytishicha, hisob qaydnomasi, qoida tariqasida, ikki yuridik shaxs o‘rtasida ochiladi, ya’ni uning jismoniy shaxslarga aloqasi yo‘q”. Bu fikr sharhlash bilan bog'liqmi? Ushbu mutaxassisning fikrini tahlil qiling.


Kazus 12
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi aralashuvi bilan Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bayroq rangidagi tasma taqqan yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bekor qilindi.
“Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qo‘llanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilinishi ta’minlandi”, -deyiladi xabarda.
Avvalroq tarmoqlarda Qamashi tumanidagi bozorda huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi va “Bitiruvchi” yozuvi bo‘lgan tasma taqqan yigitni qo‘lga olgani aks etgan video tarqalgan edi. Viloyat IIB tasmani yechishdan bosh tortgan yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborilganini ma’lum qildi.


Savollar:
1. Huquq nazariyasiga ko‘ra “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror” qanday huquqiy hujjat hisoblanadi?
2. “Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan”. Bu masalaga prokuraturaning aralashishi qonuniymi?
3. Yigitning harakatlarida nojo'yalik bormi? Ushbu daqiqani tahlil qiling.
4. Sud prokuratura qarori ustidan shikoyat qilishi mumkinmi? Tahlil qiling.
Kazus 13
7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ularda ishtirok etish uchun Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy tashrif buyurdi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Shu kuni ikki davlat hukumatlari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qatarning Toshkentdagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov so‘zga chiqib, O‘zbekiston tomoni Qatarni arab dunyosidagi muhim, ishonchli va istiqbolli hamkor deb bilishini ta’kidladi.
Qatar diplomatik missiyasining ochilishi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishi, ularning amaliy mazmun bilan boyishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.



Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin