«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə124/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI







O’SIMLIKSHUNOSLIK VA DEHQONCHILIK ASOSLARI
KAFEDRASI

“DEHQONCHILIK VA MELIORASIYA ASOSLARI” FANIDAN




AMALIY MASHG’ULOTLAR ISHLANMASI




SAMARQAND-2016


9-modul Begona o’tlarning ta’rifi 4-soat


Topshiriq:
Begona o’tlarni gerbariy, stend, plakatlar yordamida biologik gruhlarga ajratish va ularni tavsifini berish.


Begona o’tlarning ta’rifi
1. Ishning maqsadi. Begona o’tlarga ta’rif. Begona o’tlarning zarari. Begona o’tlarning klassifikasiyasi. Poya va ildiz parazitlari. Yarimparazitlar.
2. Mashg’ulot mazmuni.Begona o’tlar va ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari
Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo ekinlar orasida o’sadigan va ularga zarar keltiradigan o’simliklar begona o’tlar deyiladi.
Tabiatda o’zi o’sadigan, rivojlanadigan, ko’payadigan va tarqaladigan o’simliklar yovvoyi o’tlar yoki yovvoyi o’simliklar deb ataladi. Ayrim madaniy ekinlar orasida boshqa bir madaniy o’simlik turi ham bo’ladi. U mazkur ekinni ifloslantiruvchi begona o’t hisoblanadi. Masalan: kuzgi bug’doy orasida javdar yoki arpa, bahori arpa orasida suli va h.k.
Uzoq tabiiy tanlanish asosida ba’zi bir begona o’tlar u yoki bu ekinlar orasida o’sishga moslashib ketgan. Bunday begona o’tlar moslashgan begona o’tlar deyiladi. Masalan: yaltirbosh faqat kuzgi javdar; beda orasida beda zarpechagi; kurmak esa sholi orasida o’sishga moslashgan.
Begona o’tlar keltiradigan zarar, asosan ekinlar hosilining kamayib ketishida ifodalanadi. Ular:

  1. Tuproq unumdorligini pasaytiradi (tuproqning haydalma qatlamida ildiz sistemasini rivojlantirib, ekinlar oladigan yorug’lik, namlik hamda oziq moddalarga sherik bo’ladi);

  1. qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish, qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasida qiyinchilik tug’diradi (kombaynning ish organlarini sindiradi, plugning zararlanishiga sabab bo’ladi; g’umay, ajriq, qizilmiya, yantoq va boshqalar haydash sifatini pasaytiradi);

  2. ekinlarni soyalab qo’yadi;

  3. g’alla ekinlarini yotqizib qo’yadi (masalan, qo’ypechak va toron);

  4. kasallik va zararli hashoratlarning tarqalishiga sabab bo’ladi (yovvoyi turp, rango’t va boshqalar karam kili, un shudring zamburug’larini tarqatuvchi, bug’doyiq esa g’alla zangi va boshqa zamburug’ kasalliklarining rivojlanish manbai hisoblanadi);

6) hayvonlarni zaharlaydi (akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, g’umay, yosh vaqtida urug’ida hamda vegetativ organlarida zaharli moddalar saqlovchi boshqa o’simliklar).

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin