3. Ishning bajarish tartibi:
Termostatda quritib tuproq namligini aniqlash:
Qopqoqli, raqamlangan alyuminiy stakanchalarning massasi (a) aniqlanadi.
Tuproq namunasi (b) stakanchalar bilan tarozida tortiladi.
Nam tuproqning sof massasi (v) aniqlanadi:
v b a;
Tuproq namunasi termostatda 1050S haroratda o’zgarmas massagacha taxminan 5 - 6 soat davomida quritiladi va keyin eksikatorda sovitiladi.
1-rasm. Namlikni aniqlash 2-rasm. Tuproqni quritish uchun
uchun tuprq namunasi thermostat
olinadigan burg’u
Mutloq quruq tuproqli stakancha massasi (g) aniqlanadi.
Mutloq quruq tuproqning sof massasi (d) topiladi:
d=g- a;
Nam tuproq (v) va mutloq quruq namunaning massasi (d) o’rtasidagi farqqa qarab, bug’langan suv miqdori aniqlanadi:
e = v - d;
Qo’yidagi proporsiya yordamida tuproq namligi foiz hisobida aniqlanadi:
d - 100 % ye x 100
e - x %, x = -----------.
D
Olingan ma’lumotlar qo’yidagi 1-jadvalga yoziladi.
1-jadval
Tuproq namligini aniqlash
Namuna
olingan joy
|
Namuna olingan
Vaqt
|
Stakanchaning
Rakami
|
Qatlam, sm
|
Stakanchaning massasi, g
|
Tuproqning sof
massasi, g
|
Bug’langan
suvning massasi, (ye)
|
Namlik, %
|
bo’sh (a)
|
nam tup-
rokli (v)
|
mutloq
quruq tuprokli (g)
|
nam (v)
|
mutloq
quruq (d)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4. Talabalar uchun topshiriqlar.
1. Tuproq namligi mavzusini o’qib, yozib oling.
2. Tuproq namligini termostatda quritibaniqlashni laboratoriya sharoitida o’rganish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha tajribani bajaring va olingan ma’lumotlarni berilgan jadvalga yozing.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.
5. Har xil turdagi kerakli jihoz va uskunalar.
Burg’u, raqamlangan alyuminiy yoki shisha stakanchalar, texnik tarozi, qoshiq, pichoq, termostat, eksikator. Burg’u bo’lmaganda belkurak.
6. Nazorat savollari.
1. Tuproq namligi deb nimaga aytiladi?
2. O’simliklarning o’sishi rivojlanishida tuproq namligining ahamiyati nimada?
3. Tuproq namligini o’rganishdan maqsad nimada?
4. Tuproq namligini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
5. Tuproq namligini termostatda quritish orqali aniqlash usulini tushuntirib bering?
Dostları ilə paylaş: |