«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə131/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3. Ishni bajarish tartibi:
Talabalar gerbisidlar bilan tanishish uchun ularning kolleksiyasini respublikamiz qishloq xujaligida foydalanish uchun ruxsat etilgan gerbisidlar ruyxatini kuzdan kechirib chiqishlari va daftarga gerbisidlar tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini, ularning nomlanishini, tarkibidagi qanday modda ta’sir etishini, qo’llash usullarini va qaysi begona o’tlar uchun qo’llanishini yozib olishlari kerak.
Gerbisidlarni solish me’yori preparat bo’yicha yoki preparat tarkibidagi ta’sir etuvchi modda bo’yicha kg/ga, l/ga da hisoblanadi.
Gerbisid qo’llash me’yori qo’yidagi keltirilgan formula yordamida aniqlanadi:
D 100
S = ---------------
V

bu yerda: S - gerbisid qo’llash me’yori, kg/ ga yoki l/ga;


D - ta’sir etuvchi moddaning me’yori, kg/ ga yoki l/ga;
V - ta’sir etuvchi modda miqdori, %
Misol uchun, kotoran ta’sir etuvchi modda bo’yicha gektariga (D) 3 kg sepilishi kerak, preparatning ta’sir etuvchi moddasi (V) 80% bo’lsa gerbisid (S) solish me’yori:


3  100
S = ---------------= 3,75 kg/ga bo’ladi.
80

Purkash uchun tayyorlangan ishchi eritmaning konsentrasiyasi qo’yidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:




S 100
K = ------------ ; %
R
bu yerda K - ishlatiladigan eritmaning konsentrasiyasi, %
S - preparatning me’yori, kg/ga yoki l/ga.
R - suyuqlik (suv) sarfi, l/ga.
Masalan, 1 gektar maydonga 3,75 kg gerbisid sepilishi kerak. Bunda gektariga 300 l suv sarflansa ishchi eritma konsentrasiyasi:
S  100 3,75 100
K = ------------ = ----------------- = 1,25 % ga tyeng bo’ladi,
R 300
ya’ni har 100 l suvga 1,25 kg gerbisid solish kerak bo’ladi.
4. Talabalar uchun topshiriqlar
1.Gerbisidlarni solish me’yorini aniqlash mavzusini o’qib o’zlashtiring.
2.Gerbisidlarning 2012-2015 yillarda foydalanish uchun ruxsat etilgan ro’yxatidagi namunalarining qo’llash me’yorini yuqorida keltirilgan formulalar yordamida aniqlang.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin