Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
Almashlab ekish tizimini ishlab chiqish. Almashlab ekishni joriy qilish ikki davrdan: qo’llash va o’zlashtirish davridan iborat bo’ladi. Almashlab ekishni qo’llash – almashlab ekish loyihasini tuzish va uni asliga ko’chirish, ya’ni yer tuzish ishlarini bajarishdan iborat. Almashlab ekishni o’zlashtirish – ekinlarni belgilangan navbatlab ekishga asta–syekin o’tishdan iboratdir. Buning uchun o’tish rejasi tuziladi. Bunga ikki – uch yil talab etiladi.
Almashlab ekishni loyihalash uchun qo’yidagi ishlarni bajarish zarur:
Yer - suv hisobga olinadi.
Fermer xo’jaligining istiqbol rejasida ko’zda to’tilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirishning hajmi belgilanadi;
Almashlab ekishda mo’ljallangan ekinlarning hosildorligi hisoblab chiqiladi.
Chorvachilik uchun yem – xashakka bo’lgan talab hisoblab chiqiladi, yem – xashak ekinlari uchun ekin maydoni, hosildorligi va katta – kichikligi belgilanadi.
Fermer xo’jalik yerining katta – kichikligi va bo’linib ketganligi hisobga olinib, undagi almashlab ekish soni va strukturasi belgilanadi.
Xo’jalikda belgilangan almashlab ekishga qarab, ekinlarni navbat bilan ekish belgilanadi.
Almashlab ekishga o’tish rejasi tuziladi, buning uchun dalalar tarixi, oldingi ekinlar ahamiyati hisoblanadi.
Yerga ishlov berish, o’simliklarni parvarish qilish, o’g’itlash, begona o’tlar, kasallik va zararkunandalar bilan ko’rashish tizimi ishlab chiqiladi.
Almashlab ekish tuzilmasi 3:6, 3:7, 3:9 bo’lganda:
Birinchi yili beda qo’yidagicha ekilishi mumkin:
Makkajo’xori, okjo’xori, sudan o’ti, raygras bilan ko’k massa uchun yoki arpa bilan don uchun.
Yuqoridagi tuzilmalarni joriy etishda birinchi daladan yanada jadal foydalanish mumkin. Bu holatda, birinchi dalaga makkajo’xori silos uchun ekiladi, hosil yig’ib – olingandan so’ng, avgust oyida takroriy ekin beda, kuzgi arpa bilan ekiladi.