V=Lum/tum=90/180=0,5 m/sek
O‘rtacha oqim tezligi esa:
Vo‘r=0,5 x 0,7=0,35 m/sek
Kanalda oqayotgan suvning jonli kesim yuzasi:
F=(1,2+0,5)/2 x 0,6=0,51 m2 Kanalning suv sarfi:
Q=Vo‘r x F=0,35 x 0,51=0,178 m3 /sek yoki 178 l/sek ni tashkil etadi.
Agar g‘o‘zani bir gallik sug‘orish meyori /m/ 1060 m3 /ga va kanalning foydali ish koeffisienti FIK=0,85 bo‘lsa, kanaldan oqib kelayotgan suv bilan bir sutkada necha gektar maydonni sug‘orish mumkinligi quyidagicha aniqlanadi:
S=(86400 x Q)/m x FIK = (86400 x 0,178)/1060 x 0,85=12,3 ga.
2-masala. Quyidagi ma’lumotlarga ko‘ra quvurdan oqib o‘tayotgan suv miqdori va bir sutkada sug‘orish mumkin bo‘lgan ekin maydonini aniqlang.
Quvurning uzunligi L =40m
Quvurning ichki diametri d = 350 mm
Quvurning uchlaridagi balandlik farqi h = 120 mm
G‘o‘zani bir galgi sug‘orish me’yori m=1100 m3/ga
Quvurning foydali ish koeffisienti–0,96
Echish: Quvurning nishabligi: I = 0,12/40 = 0,003;
Suvning oqish tezligi:
V=25,5 x 0,35 x 0,003=0,825 m/sek
Quvurning ko’ndalang kesim yuzasi:
F=( x D2)/4= (3,14 x (0,35)2)/4 = 0,096 m2 Quvurning suv sarfi: Q = 0,83 x 0,096 = 0,08 m3/sek
Suv sarfi (kunlik): Qkun = 0,08 x 86400 = 6912 m3/kun
1 kunlik suv bilan necha gektar erni sug‘orish mumkinligi quyidagicha aniqlanadi:
S = Qkun/m x FIK = 6912/1100 x 0,96 = 6,1 ga.
14 Modul: Sug’orishga berilayotgan va oqova suvlarni hisobga olish. Sug’orish suvlaridan samarali tejab tergab foydalangan holda ekinlarni qondirib sug’orish hamda sug’orish uchun berilayotgan suv oqimi miqdorini aniqlash shuningdek oqova suvlarning miqdorini hisobga olish.
Suv sarfini hisobga olish, qishloq xo’jalik korxonalari o’rtasida suv taqsimlash hamda undan oqilona foydalanish uchun muhimdir. Viloyat, tuman, qishloq va suv xo’jalik boshqarmalari qoshidagi gidrometriya hizmati mavjud suv resurslarini hisobga olib boradi. Kanal va boshqa manbalardagi suvni o’lchash bilan bevosita gidrometriya hizmati shug’ullanadi.
Kanallarda suv o’lchanadigan joy gidrometriya posti deb ataladi. Bunday postlar xo’jaliklararo suv taqsimlaydigan joylarda, katta kanallarning bosh qismida o’rnatiladi va suvni hisobga olish uchun zarur qurilma va asboblar bilan (ko’priklar, rostlash shlyuzlari, kanallarninng betonlashtirilgan qismi, reyka, suv o’lchash va qo’yish asbobolari) taminlanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni qabul qilingandan keyin suvni hisobga olish, taqsimlash va dalalarda undan to’g’ri foydalanishda kata etibor berilla boshlandi. Magistral va taqsimlash kanallarida gidrometriya hizmati xo’jaliklarga berilayotgan suvni yetarli ravishda hisobga olib boradi.
Dalaga berilayotgan va oqova suvlarni hisobga olish uchun sug’orish sistemalarida maxsus ekspluatasiya hizmati tashkil etiladi. Odatda dalalarga suv taqsimlash tarmoqlarining suv sarfi unchalik katta emas Q = 0,05-0,5 m3/s va ular suv o’lchash asboblari yordamida amalga oshiriladi.
Suv o’lchash asboblari ikki tipda bo’ladi: trapesiya Chippoletti va uchburchak Tomson shakllaridagi suv o’lchash asboblari.
Suv o’lchash asboblari odatda taxta-tunukadan tayyorlanadi va unga santimetrlarga yoki millimetrlarga bo’lingan suv o’lchash uchun lineykalar o’rnatiladi. Trapesiyaning pastki tor qismi tug’onning tubi suv o’lchash asbobining ostonasi deb ataladi. Suv o’lchash asboblarini o’qariqqa o’rnatiladi. Chippoletti suv o’lchash asbobi suv sarfini quyidigi ifoda bo’yicha aniqlash mumkin:
Q =1,86 x b x N√N, m3/sek Bu yerda:
Q – suv sarfi, m3/sekund
b – ostona kengligi (0,25; 0,50; 0,75; 1,0; 1,25 ), m;
N – asbob orqali o’tayotgan suv qalinligi, m.
O’lchash asbobidan o’tayotgan suv qalinligi uning devoriga o’rnatilgan suv o’lchaydigin reyka ko’rsatishiga ko’ra aniqlanadi.
Tomson suv o’lchash asboblari uncha katta bo’lmagan ariqlarga yoki tashlamalarga hamda sug’orish egatlari boshi yoki oxiriga o’rnatiladi va undan o’tayotgan suv sarfi quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:
Q = 1,41 x N2 x √N, m3/sek
Bu yerda:
Q – o’lchash asbobi orqali suv sarfi, m3/sekund
h – asbob orqali o’tayotgan suv qalinligi, m.
Chippoletti yoki Tomson o’lchash asboblarini o’rnatishda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
o’lchash asbobi suv yuzasiga nisbatan qat’iyan tik bo’lishi kerak
o’lchash asbobi ostonasi qat’iyan gorizontal bo’lishi kerak
suvning oqish tezligini rostlash maqsadida asbobdan 1-1,5 m oldinda oqimni sokinlashtiruvchi xovuzcha ko’rish kerak
asbob orqali suv o’tishi kichik sharshara holida bo’lishi uchun ostona ariq tubidan 3-4 sm baland qilib o’rnatilishi kerak
suv qatlamini o’lchaydigin reykalar suv o’lchash asbobining oldingi o’rnatiladi. Reyka shkalasidagi nul o’lchov asbobining ostonasi bilan barovar turishi kerak.
Reyka bo’yicha ma’lumotlarni olish takroriyligi ariq orqali o’zatilayotgan suv sarfi o’zgarishlar xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Agar kanalning suv sarfi tez-tez o’zgarayotgan bo’lsa, unda har 3-4 soatda o’lchab turishi kerak, suv sarfi deyarli o’zgarmas bo’lganda o’lchovlarni kuniga 3-4 marta o’tkazish kifoya qilinadi.
Suv o’lchash asbobi bo’yicha suv oqimi miqdori O’zPITIda ishlab chiqilgan jadvallar asosida aniqlash mumkin. Bunda oqib o’tayotgan suv qalinligi va vaqt bo’yicha shu vaqt ichidagi umumiy oqim miqdori berilgan. Mazkur uchastkani sug’orishdagi umumiy suv sarfini ayrim o’lchovlarning natijalarini jamlagan holda aniqlash mumkin.
SamDU dosenti G.A.Danov Chippoletti va Tomson suv o’lchash asboblarida suv o’lchaydigan reykalar o’rniga suv sarfi shkalalarini o’rnatishni taklif qiladi. Bir shkala sarf qiymatini sekundiga litrlarda, 2-soatiga kub metrlarda ko’rsatib beradi. Ikkinchi shkala bo’yicha m3/s ariqdagi suv sarfi o’zgarmas bo’lganda, agar uchastka maydoni va sug’orish meyori ma’lum bo’lsa, uchastkani sug’orishning davom etish muddatini aniqlash oson va qulaydir. Masalan, maydoni 15 ga uchastka uchun sug’orish meyori gektariga 900 kub.metrga teng, ya’ni uchastkani bir marta sug’orishda yetkazib beriladigin suv hajmi
900 x 15 = 13500 m3 ni tashkil etadi.
Agar suv sathi ikkinchi shkala bo’yicha soatiga 500 m3 qiymatga muvofiq kelsa, sug’orishning davom etish muddati
t = W= 13500:500 =27 soat bo’ladi. Q Agar amalda sug’orish 35 soat davom etgan bo’lsa, bunda ortiqcha sarflangan suv hajmi quyidagiga teng bo’ladi:
35 x 500 - 13500 = 4000 m3 va
Har ga bo’yicha ortiqcha suv sarf esa 4000:15=267 m3ni tashkil etadi.
Sug’orishda suvdan foydalanish koeffisenti quyidagicha bo’ladi:
n = mo= 900 = 0,77