5. Har xil turdagi kerakli jihoz va uskunalar. Kalentev burg’usi yoki boshqa konstruksiyadagi burg’ular, belkurak, namuna solish uchun paketlar, etiketkalar, 0,25 mm teshikli ikkita elak, 0,5 l hajmli stakan, shpatel, filtr qog’oz, og’ir eritma, urug’lar kolleksiyasi yoki rasmlari, shisha tayoqcha, lupa.
6. Nazorat savollari Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini aniqlash qanday ahamiyatga ega?
Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligi qanday aniqlanadi?
Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini aniqlash qaysi formula yordamida topiladi?
11 Modul:Gerbisidlarning solish me’yorini aniqlash
Topshiriq: 1.Gerbisidlarni solish me’yorini aniqlash mavzusini o’qib o’zlashtiring.
2.Gerbisidlarning 2012-2015 yillarda foydalanish uchun ruxsat etilgan ro’yxatidagi namunalarining qo’llash me’yorini yuqorida keltirilgan formulalar yordamida aniqlang.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.
Gerbisidlarning solish me’yorini aniqlash 1. Mashg’ulot maqsadi. Begona o’tlarga qarshi gerbisidlarni qo’llashda ularni me’yorini, ishchi eritma tayorlash (konsentrasiyasini), suv sarfini va boshqalarni aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Dala, o’tloq va yaylovlardagi begona o’tlarni yo’qotishda kimyoviy moddalar gerbisidlardan foydalaniladi. Gerbisidlar lotincha «gerba - o’t, sido - o’ldiraman» degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi paytda begona o’tlarga qarshi kurashishda sanoatda, ekish oldidan va ekishdan keyin tuproqqa sepiladigan hamda o’suv davrida qo’llaniladigan ko’plab gerbisidlar ishlab chiqarilmoqda va xorijiy davlatlardan keltirilmoqda.
Gerbisidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra anorganik va organik gerbisidlarga bo’linadi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra anorganik moddalardan tarkib topgan gerbisidlar anorganik gerbisidlar deyiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra organik moddalardan tarkib topgan gerbisidlar organik gerbisidlar deyiladi.
Hozirgi vaqtda organik birikmali gerbisidlar ko’p qo’llanilmoqda.
Gerbisidlar begona o’tlarga va madaniy o’simliklarga ta’sir etishiga ko’ra yoppasiga va tanlab ta’sir etadigan gruhlarga bo’linadi.
Yoppasiga ta’sir etadigan - gerbisidlar begona o’tlarni yo’qotish uchun o’zlashtirilmagan yerlarda (bo’sh yotgan yerlarda), yo’l yoqalarida va uvatlarda, sug’orish kanallari bo’yida, shuningdek, ko’p yillik o’tlarni o’rib olgandan keyin, ekin ekishdan oldidan dalalarda, bog’larda, ko’chatzorlarda qo’llaniladi.
Tanlab ta’sir etadigan- gerbisidlar madaniy ekinlarni o’suvdavrida qo’llaniladi. Gerbisidlarning tanlab ta’sir etish xususiyati shundan iboratki, ularning ba’zi biri faqat ikki pallali begona o’tlarni nobud qiladi va g’alla ekinlari uchun qo’llaniladi. Boshqalari bir pallali begona o’tlarni nobud qiladi va shuning uchun ikki pallali ekinlar uchun qo’llaniladi.
Gerbisidlar bundan tashqari begona o’tlarga ta’sir etish xarakteriga ko’ra, kontakt va ichdan ta’sir etuvchi gerbisidlarga bo’linadi.
Kontakt ta’sir etuvchi gerbisidlar purkalgan yoki changlangan vaqtda o’simlikning qaysi qismiga (bargiga, poyasiga) tushsa, faqat shu tekkan joyini quritadi.
Ichdan ta’sir etuvchi gerbisidlar yerda yurib purkalganda yoki changlanganda tekkan qismi orqali (barg, poya) boshqa organlarga o’tib modda almashinuvi jarayonini buzib (tuproqqa solinganda esa ildiz orqali poya va barglarga o’tib), o’simlikni nobud qiladi.
Gerbisidlar suv yoki boshqa suyuqliklarda eritilib tayyorlanadi.
Gerbisidlar traktorlarga purkaladigan maxsus purkagichlar OVX-28 apparatida yoppasiga, PGS-2,4, PGS-3,6 apparatida tasmasimon usulda yoki samolyotlar yordamida sepiladi. Gerbisidlarning samaradorligi ularning me’yori, qo’llash usuli, muddati hamda tuproq namligiga bog’liq bo’ladi. Og’ir mexanik tarkibli chirindiga boy tuproqlarda yuqori, qumloq va qumoq tuproqlarda nisbatan kamroq me’yorda qo’llaniladi. Ularni qo’llashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.