W = a- v. bu yerda: W - qirqim maydoni, sm 2; a- qirqim kyengligi, sm v - qirqim uzunligi, sm.
Agar burg’u 30 sm chuqurlikka kiritilgan bo’lsa, u holda 0-30 sm chuqurlikdagi va 1 m2 maydondagi urug’lar sonini hisoblash uchun o’tkazish koyeffisiyenti (K) topiladi. U burg’u maydoni yoki undagi urug’lar zapasi aniqlanib bo’lgan tuproq qirqimi (W) ga nisbatan olingan 1 m2 maydonga (S= 10000 sm 2) tyeng.
Bunda o’tkazish koyeffisiyenti:
S K = -------- bo’ladi.
W O’tkazish koyeffisiyentini tuproq namunasidagi begona o’tlarning umumiy soniga ko’paytirib haydalma qatlamda 1 m2 maydonga to’g’ri keladigan urug’lar soni topiladi. Buni gektar hisobiga aylantirish uchun ko’rsatilgan kattalik 10000 ga ko’paytiriladi.
Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligi 1-jadvalga muvofiq yoziladi.
1-jadval
Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini aniqlash
Chuqurlikdagi (sm) begona o’tlar urug’ining soni (dona)
Namunadagi
barcha urug’lar
Qayta
hisoblan-gandagi
barcha urug’lar
(dona)
0-5
5-10
10-15
15-20
20-25
25-30
dona
g
1 m2
da
gektarda
4. Talabalar uchun topshiriqlar 1. Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish mavzusini o’qib, o’zlashtirib yozib oling.
2. Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha Kalentev burg’usi yordamida o’quv tajriba maydonchasidan tuproq namunalari olinib tajribani bajaring va olingan ma’lumotlarni berilgan jadvallarga yozing.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.