«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə128/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3. Ishni bajarish tartibi:
Begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganlikni aniqlash uchun analiz qilinadigan tuproq namunasi Shevelev va Kalentev burg’usi bilan olinadi. Asosan Kalentev burg’usi ishlatiladi. Bu burg’u 0-20 sm chuqurlikdan namuna olishga imkon beradi. Tekshiriladigan tuproq namunasi 4 sm oralatib olinadi (0-4, 4-8, 8-12, 12-16, 16-20 sm). Lyekin tekshirish ishlari qiyin bo’lgani uchun tuproqning 0-10, 10-20 sm qatlamidan namuna olinadi.
Mazkur burg’udan ko’pincha haydalma qatlam chuqurligi 20-22 sm bo’lgan lalmikor dehqonchilik sharoitida foydalanish mumkin. Haydash chuqurligi 25-30 sm bo’lgan sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida bu maqsad uchun chuqurroq kovlaydigan, bo’laklarga bo’lingan oddiy tuproq burg’usidan foydalanish mumkin. Tuproq namunasi har bir maydonning diagonali bo’ylab 5 ta, yaxshisi 10 ta nuqtadan tyeng oraliqda olinadi.



1-rasm. Kalentyev burg’usi:


1-umumiy ko’rinishi; 2-pichog’i.
Agar burg’u bo’lmasa, tuproq namunasi qatlamlar bo’ylab, haydalma qatlam chuqurligida tuproq qirqimidan olinadi. Bunda namuna olinayotgan maydon o’lchanadi. Daladan olingan namuna ochiq havoda quritiladi. So’ngra u 0,25 mm teshikli elaklarda yuviladi. Elakda ushlanib qolgan urug’lar va tuproqning yirik zarrachalari rux xloridning 70 % li to’yingan og’ir eritmasiga, potashning 55 % li eritmasiga yoki osh tuzi eritmasiga solinadi. Bunda urug’lar yuqoriga ko’tarilib, tuproq agregatlari uning tagiga cho’kadi. Ajratib olingan urug’lar quritiladi, taxtacha ustiga yoyib, tur tarkibiga qarab ajratiladi. So’ngra turi bo’yicha soni hisoblab chiqiladi hamda begona o’tlar kolleksiyasi bilan solishtirib aniqlanadi.
Begona o’tlarning urug’i xilma-xil bo’lib, mazkur usulni 0,25 mm dan mayda urug’larga: masalan, kungaboqar shumg’iyasi (Orobanche cumana) urug’ini aniqlashda qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun dalalar 0,25 mm dan mayda urug’lar bilan ifloslanganligini aniqlash uchun maxsus analiz qilinadi.
Buning uchun tuproq namunasi birdaniga og’ir eritmaga solinadi va qolgan ishlar yuqoridagi singari bajariladi.
Tuproq namunalar chuqurligiga ko’ra analiz qilinib, begona o’tlarning tur tarkibi aniqlangandan so’ng har bir tur urug’ining soni hisoblab chiqilgandan keyin namunadagi urug’ning umumiy soni va massasi 1 m2 ga nisbatan hisoblab chiqiladi.
1 m2dagi begona o’tlar urug’iningsoni qo’yidagicha hisoblanadi. Qo’yidagi formula bilan burg’u ichki aylanasining maydoni aniqlanadi:

  D2



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin