Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
Topshiriqlar: Xo’jalikda suvdan foydalanish rejasini tuzishni o’qib o’zlashtirib oling.
Quyidagi 28–jadvalda va 2-ilovada keltirilgan malumotlardan foydalanib, xo’jalikda suvdan foydalanish rejasini tuzishni o’rganing.
Ekinlarni sug’orish rejimi 28-jadvalda keltirilgan.
2-ilovada keltirilgan shaklni to’ldirishni misol orqali ko’rib chiqamiz. Brigadada 200 ga sug’oriladigan ekin maydoni bor. Shundan, 120 ga maydoni paxta, 40 ga beda, 30 ga makkajo’xori, va 10 ga tomorqa egallaydi.
Sho’rlanmagan yerlarda sizot suvlari chuqurligi 2-3 m bo’lsa, bu IV gidromodul rayonga to’g’ri keladi.
Tomorqalarni sug’orish uchun IV dan IX gacha har gektar hisobiga sekundiga 1,5 l/s doimiy suv oqib kelishi rejalashtiriladi. Brigadada sug’orish shahobchalari qoniqarli ahvolda ular f.i.k. 0,85 bo’lgan «Xashar» kanalidan suv oladi.
Xo’jalikka ikki kanaldan: f.i.k. 0,9 va uzunligi 1,5 km bo’lgan «Bosh kanal»dan va f.i.k. 0,92 bo’lgan brigadalararo «Chavka» kanalidan suv keladi. Shu malumotlar asosida shakl quyidagicha to’ldiriladi.
6-grafa har bir ekin uchun uch ko’rsatgich: kun, gektar va Qnetto suv oqimi hisoblab chiqiladi. Kun grafasiga har besh kunlikda sug’orishni davom etgan vaqti yoziladi. Bizning misolimizda g’o’za iyun oyida birinchi va ikkinchi sug’orish uchun 5 kundan, ammo, iyul oyining ikkinchi besh kunligida faqat 1kun, qolgan 4 kun uchinchi sug’orishga ketadi. May, iyul va avgustning so’nggi besh kunliklari 6 kundan, chunki bu oylarda 31 kun bor.
Gektar grafasida sug’oriladigan maydonlar qayd etiladi. Buning uchun umumiy maydon sug’orish davomiyligiga taqsimlanadi va besh kunlikda necha kun sug’orilgan bo’lsa kun soniga ko’paytiriladi. Birinchi sug’orish uchun (120:24)*2=25 ga bo’ladi.
Talab qilinadigan Qnetto suv oqimi jadvalga sekundiga 44 litr, ikkinchi sug’orish uchun har gektariga 900 m3 suv meyori sarflansa, 5,8 ga ni sug’orish uchun sekundiga 67,2 l zarurligini topamiz (5 ga uchun sekundiga 58 litr, 0,8 ga uchun 9,2 litr kerak). 14-grafaga muvofiq g’o’zani ikkinchi va uchinchi sug’orishlar orasida bir sutkada sekundiga 47 litr, qolgan 4 sutkada esa sekundiga 77 litrdan suv kerak. Bunday holda o’rtacha suv oqimi:
(1*47) / (4*77) / 5= 70 l/s
24-jadval
Ekinlarni sug’orish rejimi
Ekinlar
Sug’orish
№
Sug’orish
meyori,
m3/ga
Sug’orish muddatlari
Sug’orishlar
oasidagi
farq, sutka
Boshlan-
Ishi
Tugallan-
Ishi
Sug’orish
davri o’rtasi
G’o’za
1
700
22/V
15/VI
2/V
-
2
900
16/VI
6/ VII
26/VI
24
3
1000
7/VII
25/VII
16/VII
19
4
1000
26/VII
15/VIII
6/VIII
19
Beda
1
1000
11/V
15/VI
17/V
-
2
1200
1/VI
15/VII
7/VI
21
3
1200
21/VI
20/VII
27/VI
20
4
1400
6/VIII
18/VII
12/VII
17
5
1400
22/VII
5/VIII
29/VII
17
Makka-
jo’xori
1
700
1/VI
12/VI
6/VI
-
2
800
26/VI
3/VII
25/VI
19
3
800
6/VII
17/VII
12/VII
17
4
800
22/VII
3/VIII
28/III
18
Sug’orish besh kundan kam davom etsa, talab qilinadigan suv oqimini butun besh kunlik uchun hisoblash kerak.
9-grafada iyun oyining uchinchi besh kunligida 6 gektarga ekilgan makkajo’xorini 2 kunda sug’orilishi ko’rsatilgan. Buning uchun Q = 27 l/s kerak. Agar 6 gektarni 5 kunda sug’orish kerak bo’lsa, u holda har kunda 1,2 gektarni sug’orish lozim, buning uchun sekundiga 11 litr suv zarur bo’ladi. Rejada esa, Qnetto sekundiga 27 l emas 11 litrni ko’rsatish kerak, aks holda bu ko’rsatgichlarni jamlab va o’rtacha miqdorini hisoblab bo’lmaydi.
Barcha ekinlarni sug’orish parametrlari qayd etib chiqilgandan keyin brigada va kanal bo’yicha jami suv sarfi hisoblab chiqiladi, oxirida xo’jalik bo’yicha hisoblanadi. Masalan, «Chavka» brigadalararo kanali uchun Qnetto o’zi qoladi. Qbrutto ni aniqlash uchun uni «Chavka» kanalining f.i.k. 0,92 ga taqsimlash kerak.
Demak, 5-brigadani suv bilan taminlash uchun «Xashar» kanalining bosh qismida suv oqimi sekundiga 143 l, «Chavka» kanali boshida 143:0,92 =156 l/s, xo’jalikning «Bosh kanalida» 156:0,9 =174 l/s.
Agar Qnetto 121 l/s suv sarfini Qbrutto 174 l/s sarfiga taqsimlasak 0,7 raqami kelib chiqadi, bu –brigada misolida keltirilgan butun sug’orish tarmoqlarining f.i.k.ni ko’rsatadi.
Rejada belgilangan va amalda sug’orilgan maydonlarni bilib olgandan keyin suvdan foydalanish koeffisentini va boshqa amaliy muhim ko’rsatgichlarni tez va aniq hisoblash mumkin.
Dehqonchilikda sug’oriladigan suvdan foydalanish koeffisenti (DSS) amalda muhim ahamiyatga ega. U suvdan qanchalik unumli foydalanilayotganligini ko’rsatadi. Bu koeffisent amalda sug’orilgan maydon (ωx)ning t kun ichida shu suv bilan sug’orish mumkin bo’lgan maydonga yoki olingan suvning qobiliyatiga (Sk) nisbatini ko’rsatadi.