«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə144/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

SFK= ωa * 100/ Sk
Sk = Qo * 86400 * t/η * m
Shunda DSSni quyidagicha ham yozish mumkin:
SFK= ωa * m * η/Qn *864 * t.
Bu yerda: m – belgilangan sug’orish meyori, m3/ga;
Qn – oqib kelgan suv (netto), m3/s;
η- sug’orish tarmog’ining f.i.k.
Shunday qilib, suvdan foydalanish koeffisenti (SFK) amalda belgilangansuv meyori va sug’oriladigan maydonga bog’liq. Rejada belgilangan suv sarf etilsa-yu lekin, sug’orilgan maydon belgilanganidan kam bo’lsa,, bunga ikkita sabab bo’lishi mumkin: suv dalaga kelmay boshqa tomonga oqib ketgan bo’lishi yoki suv meyori oshirilgan bo’lishi.
Agrotexnika talablariga amal qilinsa, suvdan foydalanish koeffisenti 100 % ga teng bo’lishi kerak. Agar undan ortiq bo’lsa u holda dala kam meyor bilan sug’orilganini ko’rsatadi.


17 Modul: Xo’jalik suvdan foydalanish rejasini tuzish (4-soat)


Mashg’ulotning maqsadi: Sug’orish suvlaridan samarali foydalangan holda ekinlarni uzluksiz ravishda suv bilan taminlash uchun dekadalik, oylik, mavsumiy va yillik rejalar tuzishni o’rganish ishning maqsadi hisoblanadi.


Mashg’ulotning mazmuni: Suvdan foydalanish rejasi xo’jalik umumiy ishlab chiqarishrejasining ajralmas qismi hisoblanadi va u quyidagi maqsadlarda tuziladi.

  1. Masshtabi 1: 10000 bo’lgan xo’jalik yer uchastkasi xaritasi, busnda dalalarning almashlab ekish chegarasi va brigadalarning ekin maydoni ko’rsatilgan bo’lishi kerak;

  2. Ekinlar buyicha rejada belgilangan sug’orish maydonlari;

  3. Ekinlarni sug’orish rejimi (sug’orish soni, meyori, muddatlari) u mahalliy sharoitga mos bo’lishi kerak;

  4. Tuproq, sizot suvlari shuningdek sug’orish tarmoqlarining tafsiloti (uzunligi, f.i.k., suv o’tkazish quvvati) to’g’risida malumotlar.

Xo’jalik sharoitida suvdan foydalanish rejasi brigadalar buyicha sug’orish mavsumining har oyi uchun besh kunlik va un kunlikka mo’ljallab tuziladi. Ana shular asosida brigadalarda sug’orish va ekin qator oralariga ishlov berish taqvimiy rejasi tuziladi, so’ngra xo’jalik azolarining umumiy yig’ilishida tasdiqlanadi. Reja suvdan foydalanish uchun rasmiy hujjat bo’lib hizmat qiladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin