«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə146/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

SFK= ωa * 100/ Sk
Sk = Qo * 86400 * t/η * m
Shunda DSSni quyidagicha ham yozish mumkin:


SFK= ωa * m * η/Qn *864 * t.
Bu yerda: m – belgilangan sug’orish meyori, m3/ga;
Qn – oqib kelgan suv (netto), m3/s;
η- sug’orish tarmog’ining f.i.k.
Shunday qilib, suvdan foydalanish koeffisenti (SFK) amalda belgilangansuv meyori va sug’oriladigan maydonga bog’liq. Rejada belgilangan suv sarf etilsa-yu lekin, sug’orilgan maydon belgilanganidan kam bo’lsa,, bunga ikkita sabab bo’lishi mumkin: suv dalaga kelmay boshqa tomonga oqib ketgan bo’lishi yoki suv meyori oshirilgan bo’lishi.
Agrotexnika talablariga amal qilinsa, suvdan foydalanish koeffisenti 100 % ga teng bo’lishi kerak. Agar undan ortiq bo’lsa u holda dala kam meyor bilan sug’orilganini ko’rsatadi.


18 Modul:Tuproqda tuzlarning o’rtacha haqiqiy va umumiy miqdorini aniqlash.


Tuproqning tuz balansini hisoblashni o’rganish va uni baholashni aniqlash mavzu maqsadi hisoblanadi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholashda tuz balansini aniqlashning kata amaliy ahamiyati bor. Tuproqning tuz balansi malum ekin maydoni yoki xo’jalikning umumiy yer maydoni bo’yicha bir mavsum, yil yoki ko’p yillik davrlar uchun o’rganiladi. Sug’oriladigan maydonlarning tuz balansi V.A. Kovda taklif qilgan formula bo’yicha aniqlanadi:


S = +(S1 – S2)
Bunda:
∑S – tuzlarning muvozanat davrida ko’payishi yoki kamayishi, t/ga;
S1- tuzlarning kirim qismi, t/ga;
S2 –tuzlarning sarflanish qismi, t/ga.
Tuzlarninng kirim qismi quyidagilardan iborat bo’ladi:
S1 - Ssug’+Sc.c+So’g’
Ssug’ – sug’orish suvi bilan keladigan tuzlarning miqdori, t/ga;
Sc.c – sizot suvlaridan keladigan tuzlarning miqdori, t/ga;
So’g’ – o’g’itlash va boshqa manbalar orqali tuzlarning kelishi, t/ga.
Tuzlarning sarflanish qismi quyidagilardan tashkil topadi:
S2= Sdr+Sh+St
Bunda:
Sdr – tuzlarninng zovur suvlari orqali oqib ketishi, t/ga;
Sh – tuzlarning ekinlar hosili bilan chiqishi, t/ga;
St – tuzlarning tuproq gruntini chuqur qatlamlaiga oqib ketishi, t/ga.
Tuproqda muvozanat davri boshidagi va oxiridagi tuz zahiralarning uzaro farqi musbat (+), manfiy (-) va teng (=) bo’lishi mumkin.
Mavsum yoki yil oxiridagi tuz zahirasi boshlang’ich davridagiga nisbatan ko’p bo’lsa- musbat, aksincha kam bo’lsa manfiy, teng bo’lsa, tenglik muvozanati deyiladi. Sho’rlangan yerlarda tuz muvozanati manfiy, yani mavsum oxiridagi tuz zahirasi mavsum boshidagi tuz zahirasiga nisbatan kam bo’lgani maqul. Shunday tuz muvozanati vujudga kelganda tuproqning meliorativ holati ijobiy bo’ladi. Aksincha, mavsum oxirida tuproqda tuz zahirasining ko’payishi qo’shimcha meliorativ tadbirlarni o’tkazishni talab etadi.
Masala: Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib, tuproqning tuz balansini aniqlash:
- tuproq hisobiy qatlami, 1,5 m;
- tuproqning hajmiy massasi, 1,4 t/m3 ;
- sug’orish meyori, 4500 m3/ga;
- sug’orish suvidagi tuzlar miqdori, 1,2 g/l;
- sizot suvlarning bug’lanishi, 3700 m3/ga;
- zovur oqimi, 3000 m3/ga;
- sizot va zovur suvidagi tuzlar miqdori, 3,5 g/l
- o’simlik qoldiqlari va o’g’itlar bilan tuzlarning yuvilib ketishi zovurlar orqali chiqarib yuboriladigan tuzlarning 30% miqdorida;
- hosil bilan tuzlarning olib chiqib ketilishi, 2,5 t/ga.
Yechish: Sug’orish suvi bilan tuproqqa tuzlarning miqdorini Ssug’ mavsumiy sug’orish meyori va sug’orish suvidagi tuzlarning miqdori bo’yicha aniqlaymiz. Agar sug’orish narmasi 4500 m3/ga 1 l suvdagi tuzlarning miqdori 1,2g. bo’lsa, unda:
S= 4500 x 0,0012=5,4 t/ga.
Sizot suvlaridan keladigan tuzlarning miqdori Sc.c sizot suvlarining bug’lanishga sarflanishi va uning mineralashganlik darajasiga ko’ra hisoblab chiqariladi. Agar sizot suvlarning bug’lanishga sarflanishi 3700 m3/ga ni tashkil etsa, 1 l sizot suvda tuzlar miqdori 3,5g. bo’lsa, unda tuzlarning tuplanishi Sc.c quyidagini tashkil etadi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin