216
bajarish maqsadida tashkil qilingan va faqat dindor kishi e’tibor
markazida bo‘lgan binolar – arxitektura sohasi yuqori pog‘ona
larga ko‘tarilishi, bunda binosozlik taraqqiyoti cherkov miso
lida diniy me’moriy yuksaklikni namoyon etishi bilan dunyoviy
kishilar e’tiborini ham torta boshladi. XX asrdan binosozlik so
hasida po‘lat va beton kabi yangi qurilish materiallaridan foydala
nishni boshlanishi cherkovlarning tashqi ko‘rinishida ham aks et
di.
Shu nuqtayi nazardan, cherkov me’morchiligi tarixi nasroniy
dini vakillarining mamlakati, mintaqasi va etnik mansubligidan
kelib chiqib turli davrlarga bo‘linadi. Bunda nasroniy jamoalarini
boshqaboshqa hududlarda istiqomat qilishlari, har bir jamoa o‘z
mintaqasi
xususiyatlaridan kelib chiqib, cherkov binolarini qurish
ga e’tibor qaratgani diniy ibodatlarni (liturgiya) bajarishda o‘zga
rishlar yasaganini alohida ta’kidlash lozim.
Aslida, xristianlik dini tarixini ilk bosqichlarida cherkov bino
si oddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, mahalliy sodda qurilish materi
allari va tajriba asosida qurilgan. Xristianlik tarixini ilk uch as
ri davomida, ya’ni, nasroniylik amaliyoti noqonuniy deb topilib,
uning tarafdorlari hukmron tabaqa tomonidan quvg‘inga uchra
gan davrda «barmoq bilan sanagulik» cherkovlar mavjud bo‘lgan.
Boshida mazkur din vakillari sinagogalarda va xususiy uylar
da yahudiylar bilan birga yashirincha ibodatlarni olib borgan
lar. Keyinchalik yahudiy va nasroniylar orasi ajralgach, nasroniy
lar «xonadon cherkovlar» nomi bilan
tanilgan muayyan insonlar,
ko‘p hollarda boy dindorlarning uylarida ibodatlarni davom et
tirganlar. Bu haqida Bibliyaning qismlaridan biri sanalgan «Av
liyo Pavelning Korinfliklarga maktubi» bobida (16:19) quyidagi
cha ma’lumot beriladi: «Osiyo viloyatidagi nasroniy jamoatlari
sizlarga salom yo‘llayaptilar. Akil bilan Priskilla va ularning uyi
da yig‘iladigan jamoat siz larga Rabbimizdan ko‘p salomatlik ti
laydilar».
Milodiy IV asrda xristianlik dini davlat tarafidan e’tirof etilishi
xususiy uylarda ibodat o‘tkazayotgan nasroniy jamoalari uchun
ko‘plab dindoshlari yondirilgan va qatl
etilgan joylarda ularni
217
hurmatlash maqsadida cherkovlar qurishga imkon tug‘dirdi. Shu
tarzda, O‘rta yer dengizi atrofida tarqalgan e’tiqod binolarda o‘z
aksini ko‘rsata boshladi. O‘z navbatida, xristian cherkovi arxitek
turasi fuqarolik va imperial shakllar bilan uyg‘unlashib, bazilika,
katta to‘rtburchakli uchrashuv zali, daxliz, mehrob,
xor jamoasi
burchagidan iborat murakkab inshootga aylandi.
Dostları ilə paylaş: