G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


The Simple Present Tense (Oddiy hozirgi zamon)



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə65/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • [iz]
The Simple Present Tense (Oddiy hozirgi zamon)
Oddiy hozirgi zamon (Simple Present)ning yasalishi
1. Simple Presentning 3-shaxs birlikdan tashqari barcha shakllari
fe’lning asosiy shaklini, (infi nitivning to yuklamasi tushirib qoldirilgan
shaklini) qo‘yish bilan yasaladi. 3-shaxs birlikda fe’lning asosiy shakliga -s
qo‘shimchasi qo‘shildi: to work — I (we, you, they) work, he works.
3-shaxs birlik qo‘shimchasi -s jarangli undosh tovushlar va unlilar dan
keyin [z], jarangsiz undosh tovushlardan keyin [s] deb o‘qiladi: He read
[ri:dz]. He sees [si:z]. He writes [raits].
3-shaxs birlikda ss, ch, sh, x harfl ar (sirg‘aluvchi tovushlar) bilan
tugagan fe’llarga -es qo‘shimchasi qo‘shiladi va [iz] deb o‘qiladi: I pass
— he passes, I dress — he dresses, I teach — he teaches, I wish — he
wishes.
Izoh: Oldida undosh harfi bo‘lgan -y harfi bilan tugagan fe’llarga 3-shaxs birlikda
-es qo‘shimchasi qo‘shiladi va y harfi i harfi ga aylanadi: I cry — he cries [kraiz]; I carry —
he carries [kariz].
Oldida unli harfi bo‘lgan y harfi bilan tugagan fe’llarga 3-shaxs birlikda umumiy qoida
asosida -s qo‘shimchasi qo‘shiladi: Iplay — he plays [pleiz].
3-shaxs birlikda to do, to go fe’llariga -es qo‘shimchasi qo‘shiladi: He
goes, he does.
2. Bo‘lishsiz shakli asosiy fe’lning oldiga do (does) yordamchi fe’lini
va not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + do (does) + not 
do not work. He does not work.
3. So‘roq shakli do yordamchi fe’lini (3-shaxs birlikda does) egadan
oldinga qo‘yish bilan yasaladi: Do workDoes he (she) work?

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin