Garmonik tebranishlar generatorlari



Yüklə 471,7 Kb.
səhifə6/7
tarix04.10.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#152143
1   2   3   4   5   6   7
Kirish ko‘rsatkichlari:

  1. Yopiq tranzistorning kirish toki.

  2. Tranzistorni ishonchli yopilishiga mos keluvchi boshqaruv kirish kuchlanishi.

  3. Tranzistorning ishonchli ochilishiga mos keluvchi boshqaruv kuchlanishining tushuvi.

  4. Ochiq holatdagi tranzistorning kirish qarshiligi.


Chiqish ko‘rsatkichlari:

  1. Kalitning (RK yopiq tranzistor va Rto‘yinish ochiq tranzistor) Rmax chiqish qarshiligi.

  2. Ochiq kalitning maksimal toki.

  3. Ochiq kalit holatida tranzistor kollektoridagi qoldiq kuchlanishi.

  4. Yopiq tranzistor kollektoridagi

kuchlanish
Ta’minlash kuchlanishidan foydalanish koeffitsienti.

Multivibrator va uning ishlash tamoyili


Multivibrator. Multivibrator bu birorta ham qat’iy muvozanat holatiga ega bo‘lmagan regenerativ kurilmadir.
Multivibratorlar avtotebranishlar va kutub turish rejimida ishlovchi impulsli generatorlar turiga kiradi va u to‘g‘ri burchakli yoki unga yaqin bo‘lgan impulslarni generatsiyalaydi.
Tranzistorlardan tashkil topgan, avtotebranishlar rejimida ishlovchi simmetrik multivibrator sxemasi 8.4 – rasmda tasvirlangan

8.4-rasm. Simmetrik multivibrator sxemasi.

Sxemadan ko‘rinib turibdiki har bir tranzistorning kollektori ikkinchi tranzistorning bazasi bilan Cb1 va Cb2 kondensatorlar orqali ulangan bo‘lib kuchli musbat teskari bog‘lanish amalga oshirilgan. Kuchli musbat teskari bog‘lanish ta’sirida tranzistorlar kalit rejimida, ya’ni to‘yinish va tok kesimi rejimlarida ishlaydi. Multvtbratorning ishlashini quyidagicha tushuntirish mumkin.


Faraz qilaylik VT1 tranzistor to‘yingan holada bo‘lsin. Bu vaqtda VT2 yopiq holatda bo‘ladi va Cb1 kondensator ochiq VT1 tranzistor orqali razyadlanadi, uning Ub1 potensiyali keskin kamayishi natijasida VT1 yopiladi va VT2 tranzistor Cb2 kondensator to’plagan Ub2 kuchlanish ta’sirida ochiladi va kuchli musbat teskari bog‘lanish ta’sirida bu jarayon regenerativ (ko’chkisimon) tarzda yuz beradi. Bu vaqtda multivibrator chiqishlaridan birida musbat ikkinchisida manfiy impuls shakllanadi. Kondensatorlarning novbatma – navbat tranzistorlar orqali zaryadlanish va razryadlanishi natijasida regenerativ jarayon avtomatik tarzda davom etadi chiqishlarda fazasi bir – biriga nisbatan 1800 siljigan davriy takrorlanuvchi to‘g‘riburchakli impulslar shkillanadi.

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin