Garmonik tebranishlar generatorlari



Yüklə 471,7 Kb.
səhifə5/7
tarix04.10.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#152143
1   2   3   4   5   6   7
8.1. Elektron kalitlar
Implusli qurilmalarda tok va kuchlanishning kommutatsiya qilishda elektron kalitlardan foydalanidi. Elektron kalitlar ko‘p hollarda diod va tranzistorlar, ba’zan esa tiristorlar asosida yasaladi.
Elektron kalitni tashqi qurilma yoki signalning o‘zi bilan boshqariluvchi nochiziqli to‘rt qutbli sifatida qarash mumkin.
Elektron kalit xususiyatini tavsiflashda 8.1-rasmda tasvirlangandek uning qarshiligi keskin o‘zgaradigan chegara oldi soha tushunchasi kiritilgan bo‘lib, kirish kuchlanishi shu soha qiymatiga erishganda kalit o‘z holatini o‘zgartiradi.

8.1-rasm. Diodli kalit elektrik sxemasi va uning qarshiligining o'zgarish grafigi.

Elektron kalit quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.


  1. Kalitning tezkorligi qayta ulanish davomiyligi.

  2. Chegaraviy kuchlanish – elektron kalitning qarshiligini keskin o‘zgaradigan kirish kuchlanishi.

  3. Elektron kalit sezgirligi – kalit qayta ulanishi uchun yetarli bo‘lgan kirish kuchlanishining tushuvi.

  4. Elektron kalitning halaqitlarga chidamliligi – impulsli halaqitlarga sezgirligini anglatadi.

  5. Elektron kalit chidamliligi.

Diodli elektron kalit. Diodli kalit sxemasi 8.2-rasmda tasvirlangan.

iD

VD

8.2-rasm. Diodli kalit sxemasi.


Zanjirdagi diod ochilishi uchun A va B nuqtalarga to‘g‘ri kuchlanishni berish lozim yoki boshqacha aytganda Yesil kuchlanishi B nuqtada hosil qilgan kuchlanishdan katta bo‘lgan kirish kuchlanishi berilishi lozim. Shuni qayd qilish lozimki diodda bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlar tufayli qayta ulanish vaqtida zanjirdagi tok yoki kuchlanish o‘rnatilish vaqti bir qadar cho‘ziladi. Bu diodning ko‘rsatkichlari va ishlash rejimiga bog‘liq bo‘ladi.
Tranzistorli kalit. Impulsli qurilmalardan eng ko‘p tarqalgani bu tranzistorli elektron kalitdir. Ular asosida triggerlar, multvibratorlar va h.k. qurilmalarni tuzish mumkin.
Tranzistorli kalit sxemasi va tranzistorning chiqish hamda kirish tavsifnomalari 8.3-rasmda tasvirlangan.
Tranzistorli elektron kalit: tok kesimi, normal aktiv, invers aktiv va to‘yinish rejimlarida ishlaydi.
Tranzistorli kalit sxemasi 8.3 a-rasm umumiy emitterli kuchaytirgich sxemasiga o‘xshasada bajaruvchi funksiyasi va aktiv elementning ish rejimlari bilan tubdan farq qiladi.




a) b) v)
8.3-rasm. Tranzistorli kalit sxemasi.

Tranzistorli kalit tezkor kalit vazifasini bajarish borasida ikki holatda bo‘ladi.



  1. Tranzistorning tok kesimi rejimiga mos keluvchi yopiq kalit holati.

  2. Tranzistorning to‘yinish rejimiga yoki to‘yinishga yaqin keluvchi ochiq kalit holati.

Qayta ulanish jarayoniga qadar tranzistor aktiv rejimda ishlaydi. Kalitning statik tavsifnomasi to‘liqligicha tranzistorning chiqish JK=f(UKE) (8.3 b-rasm) va kirish Jb=f(UbE) (8.3 v-rasm) tavsifnomalar oilasi bilan aniqlanadi.
Tranzistorli kalitning kirish va chiqish ko‘rsatkichlari.

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin