Geologiyasi


rasm. Neft suv tutash yuzasi qiya



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə130/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.28 rasm. Neft suv tutash yuzasi qiya 
bo’lganda neftlilikning tashqi chegarasi 
holatini aniqlash sxemasi
1 – mahsuldor
qatlam ustki qismining izogipslari, m; 2 –
neft suv tutash yuzasining joylashgan
shuqurligining izoshiziqlari, m; 3 –
neftlilikning tashqi
chegara
si



186
neft zaxiralarini hisoblashda chalkashliklar keltirib chiqaradi. SHuni nazarda tutish


lozimki, yuqorida qayd etilganidek, qumtoshlarda gil qatchalarining ishtirok etishi
suv-neft tutash yuzasini turli metodlar (shu jumladan geofizik metodlar) bilan
aniqlashni qiyinlashtirib yuboradi.
Shuning uchun ham suv-neft tutash
yuzasining
holatini
to’g’ri
aniqlash
maqsadida quyidagi tadqiqotlar majmuasini
bajarish zarur:
1) quduqlarni sanoat miqyosida sinash;
bunda
suv-neft
tutash
yuzasi
mustahkamlash quvurlarida ochilgan va
quduqni sinash chog’ida 100% neft bergan
teshiklarning pastki qismi va 100% suv
bergan teshiklarning yuqori qismi oralig’ida
bo’ladi; quduq ishga tushirilgandan so’ng
unda suvning tez ko’payishi quduqning suv-
neft zonasida joylashganligidan darak beradi
(agar quduqqa boshqa omillar ta’sir
ko’rsatmasa; masalan, suv konusi paydo
bo’lmagan bo’lsa); 2) kernlarni o’rganish;
ularda neft va suvning mavjudligi va o’zaro
joylashuvini aniqlash; 3) elektr va radioaktiv
karotaj; ulardan olingan ma’lumotlar neft-
gaz va neft-suv tutash yuzalari holati haqida
tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Gaz-neft tutash yuzasi holatini aniqlash uchun quduqlar bo’yicha gaz omilining
izochiziqlari xaritasi tuziladi; interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya yo’li bilan xaritada
100% gaz olishni ifodalaydigan izochiziq topiladi. Bunday izochiziqlar
gazlilik 
chegarasi
hisoblanadi va shunga binoan gaz-neft tutash yuzasi haqida tasavvur paydo
bo’ladi.
Uyumda suv-neft tutash yuzasining xususiyatlarini o’rganish, neftlilikning tashqi
va ichki chegarasini aniqlash, shuningdek, neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasini
tuzish uchun suv-neft tutash yuzasining izogips xaritasi tayyorlanadi.
Suv-neft tutash yuzasi bo’yicha quduqlardan olingan ma’lumotlar etarli
bo’lmasa, izogipslar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
7.28-rasmda mahsuldor qatlam ustki qismining struktura xaritasi tasvirlangan.
Rasmdan ma’lum bo’lishicha, 1, 2 va 3

quduqlarda suv-neft tutash yuzasi
tegishlicha

162,

145 va

130 m mutlaq chuqurliklarda aniqlangan. Izogips
chiziqlar kesimi struktura xaritasi kesimiga teng bo’lgan suv-neft tutash yuzasining
quduqlarda aniqlangan mutlaq balandligi quduqlararo interpolyatsiya qilinib, suv-
neft tutash yuzasining chuqurlik xaritasi tuziladi. Mahsuldor qatlamning ustki qismi
va suv-neft tutash yuzasining bir xil qiymatli izogipslarining kesishgan nuqtalari

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin