Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə31/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.4 rasm. Quduq kaverno-
grammasi
(M.A.Jdanov,
1981): 1 – qumtosh; 2 – gil; 3
– gilli qumtosh yoki alevrolit;
4 ohaktosh;

r
=1,60 Om

m;
d
s
=273 mm



44


4.4.7. Termokarotaj va uni izohlash 
Termokarotaj tog’ jinslarining o’zidan issiqlik o’tkazish qobiliyatini o’rganishga
asoslangan bo’lib, quyidagi maqsadlarda bajariladi:
1)
burg’ qudug’i bilan ochilgan geologik kesimda temperatura o’zgarishini
o’rganish va geotermik gradientni aniqlash;
2)
burg’ilanayotgan quduq bo’ylab temperaturani aniqlash. Olingan
ma’lumotlarga asoslanib, karotaj ma’lumotlarini izohlash, burg’ilash uskunalari va
geofizik asboblarning ishlatish sharoitini baholash;
3)
quvur tashqi bo’shlig’ida sementning ko’tarilish balandligini aniqlash;
4)
quduqlarning texnik holatini tadqiq qilish. Quduqda hosil bo’lgan
temperatura me’yorida emasligini bilgan holda qatlamdagi flyuid oqimining quduqqa
sizib kiradigan joyini, quduqda aylanayotgan gil eritma miqdorining kamayishi orqali
uning qatlamga sizilish zonasini, quvur tashqi bo’shlig’ida suyuqlik
harakatlanayotgan chegara oralig’ini aniqlash va b.
Quduqlardan olingan karotaj ma’lumotlari tahlili tog’ jinslarining issiqlik
xususiyatlari ularning litologik tarkibiga, zichligiga, suvga to’yinganligiga,
qatlanishiga va sh.k.ga bog’liqligini ko’rsatadi. Kesimning geologik tuzilishini
o’rganish maqsadida termokarotaj kamdan-kam o’tkaziladi, chunki cho’kindi jinslar
issiqlik xususiyatlariga ko’ra bir-biridan deyarli farqlanmaydi. Agar quduq burg’ilash
eritmasi bilan to’ldirilsa, u holda turli issiqlik xususiyatiga ega bo’lgan jinslardan
ajralayotgan issiqlik quduqda mo’’tadillashadi, ya’ni termokarotaj egri chizig’ida
temperaturaning keskin o’zgargan va anomal o’zgarishlarga duchor bo’lgan
intervallari qayd qilinmaydi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin