Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Mahalliy gidravlik qarshiliklar, ularni asosiy turlari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə30/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
7.5. Mahalliy gidravlik qarshiliklar, ularni asosiy turlari.

Suyuqlik Quvurda harakat qilganda turli to’siqlarni aylanib o’tish uchun energiya sarflaydi. Ana shu sarflangan energiya suyuqlik bosimining pasayishiga sabab bo’ladi. Quvurlarda turli to’siq (mahalliy qarshilik) lar bo’lib, ularni aylanib o’tish uchun sarf etiladigan energiya bu to’siqlarning soniga va turlariga bog’liq.


Mahalliy qarshilikning juda ko’p turlari mavjud bo’lib, bularning har biri uchun bosimning pasayishi turlichadir. Amaliy hisoblashlarda mahalliy qarshiliklarda bosimning pasayishini solishtirma kinetik energiyaga proportsional qilib olinadi.
(7.3)
Proportsionallik koeffitsiyenti  mahalliy qarshilik koeffitsiyenti deb ataladi va asosan tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Mahalliy qarshiliklarni asosiy turlari bilan tanishamiz:

  1. Keskin kengayish mahalliy qarshilikning bu turida koeffitsiyent kesimlarni o’zgarishiga bog’liq bo’lib, kesimlar nisbati qancha kichik bo’lsa, u shuncha katta bo’ladi. Bu holda mahalliy qarshilik koeffitsiyentini nazariy hisoblasak ham bo’ladi. Keskin kengayishida 2-2 kesimda bosim ortib (r2>r1), tezlik kamayadi (2<1) (7.4-rasm).

7
.4-rasm. Keskin kengayish.



  1. Tekis kengayishi (7.5-rasm) Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti kesimning o’zgarishiga va konuslik burchagi  ga bog’liq bo’lib, kesimlar nisbati ning kamayishi va  ning ortishiga qarab ortadi. Avval ko’rilgandagi kabi 2-2 kesimda 1-1 kesimdagiga nisbatan bosim ortadi (p2>p1) va tezlik kamayadi(2<1).





7.5-rasm. Tekis kengayish.

3) Keskin torayish (7.6-rasm). Mahalliy qarshilik  koeffitsiyenti kesimlar o’zgarishiga bog’liq bo’lib, ularning nisbati ortishi bilan ortadi. Bu holda energiyani sarf bo’lishi keskin kengayishida nisbatan kam bo’ladi.




7.6-rasm. Keskin torayish. 7.7-rasm. Tekis torayish.

4) Tekis torayish (7.7-rasm) mahalliy karshilik koeffitsiyenti kesimlar nisbati ning va konuslik burchagining ortishi bilan ortadi (2>1).


5) Tirsak (7.8-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti ikki quvurning tutashish burchagiga bog’liq bo’lib, bu burchakning ortishi bilan ortadi.  ning  ga bog’liqligi asosan tajribada tekshirilgan bo’lib, ba’zi sodda hollari oqimchalar nazariyasida ko’rilgan.
6) Burilish (7.9-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti burilish burchagi va Quvur diametrining uning burilish radiusi Rb ga nisbatiga bog’liq bo’ladi. Burilishda bu nisbat ortishi bilan  ortib boradi.
7
.8-rasm. Tirsak. 7.9-rasm. Burilish

7
.10-rasm. Quvurga kirish.


7) Quvurga kirish (7.10-rasm). Agar Quvur biror suyuqlik bilan to’la idishga tutashtirilgan bo’lsa, u holda kirishdagi o’tkir burchaklarni aylanib o’tish uchun suyuqlik energiyasi sarf bo’ladi. Bu holda mahalliy qarshilik koeffitsiyentining qiymati =0,5. Kirishdagi o’tkir burchaklar silliqlanib Quvurga suyuqlik kirishiga kam qarshilik ko’rsatadigan shakl berilgan bo’lsa,  ning miqdori kirishning silliqlik darajasiga qarab, =0,04-0,10 oralig’ida bo’ladi (ko’p hollarda o’rtacha  = 0,08 qabul qilinadi).


8) Diafragma.(7.11-rasm) Quvurga o’rnatilgan va suyuqlik sarfini o’lchash uchun ishlatiladigan o’rtasi teshik disk diafragma deyiladi. Bu holda mahalliy qarshilik koeffitsiyenti Quvurning. kesimi S1 va diafragma teshigi kesimi S0 ning nisbati ga bog’liq bo’ladi va bu nisbatning ortishi bilan kamayib boradi (7.1-jadval).



S /S

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,8

0,9

1,0

ζ

226

47,8

17,5

7,80

3,75

1,80

0,80

0,29

0,06

0,00

7.1-jadval. Diafragma uchun qarshilik koeffitsiyentining o’zgarishi
7
.11-rasm. Diafragma.

9) Berkitkich (zadvijka). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti eshikchaning (7.12-rasm) ochilish darajasiga bog’liq bo’lib, uning ochilishi kattalashishi bilan kamayib boradi. Uning o’rtacha ochilishiga =2,0 to’g’ri keladi.


10) Drossel klapan (7.13-rasm) va tiqin jo’mrak (7.14-rasm). Bu hollarda mahalliy qarshilik koeffitsiyenti drossel klapanning va tikin jo’mrakning ochilish burchagiga bog’liq bo’lib, 200 dan 500 gacha bo’lganda ning qiymatlari :
Drossel klapan uchun =2-53.
Tikin jo’mrak uchun =2-33 atrofida bo’ladi. Bulardan tashqari, ventillar, jo’mraklar va boshqalarda ham mahalliy qarshilikning kamayishini kuzatish mumkin.
7
.12-rasm. Berkitkich.

7
.13-rasm. Drossel klapan. 7.14-rasm. Tiqin jo’mrak.





Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin