Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati. Kirish qismi i-bob.


O‘quv yurtida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini olib borish bo‘yicha majburiyatlar quyidagicha taqsimlanishi mumkin



Yüklə 65,15 Kb.
səhifə5/10
tarix16.05.2023
ölçüsü65,15 Kb.
#114705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo\'yicha mashg\'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati.

O‘quv yurtida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini olib borish bo‘yicha majburiyatlar quyidagicha taqsimlanishi mumkin:

  • O‘quv yurti direktori pedagogik jamoa va jamoa tashkilotlari faoliyatini boshqaradi,

  • Ularning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ishlariga rahbarlik qiladi,

  • Asosiy tadbirlarni rejalashtiradi,

  • Ularning bajarilishini tashkillaydi va nazorat qiladi;

Ushbu ishlar bo‘yicha masalalarni pedagogik kengash yig‘ilishiga qo‘yadi. Direktorning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
-sinf rahbarlari ishlarini tashkillaydi va nazorat qiladi,
- ularga o‘quvchilar bilan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini tashkillashda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- bu ishlar bo‘yicha yoshlar tashkilotlariga yordam beradi va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari bilan doimiy hamkorlikda bo‘ladi.harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari direktorning o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan birgalikda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tadbirlarini rejalashtiradi;
- guruh murabbiyi va jamoatchilik tashkilotlari boshliqlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi. Ommaviy mudofaa to‘garaklari ishlariga rahbarlik qiladi;
- harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tadbirlariga xomiy tashkilotlarni jalb qilishni yo‘lga qo‘yadi;
1-2 ommaviy mudofaa to‘garaklarida mashg‘ulotlar olib boradi.
Guruh murabbiyi o‘z guruhida talabalarining harbiy vatanparvarlik
tarbiyasi bo‘yicha ishlarni olib boradi va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbariga bu ishlarni rejalashtirish va o‘tkazishga yordam beradi.
Fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha o‘quv materiallaridan o‘quvchilarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi maqsadida foydalanadi va nazariy konferensiyalar, uchrashuvlar o‘tkazadi. Unga bu ishlarda harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari va uslubiy komissiya yordam beradi.


Harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Guruh va seksiya komandirlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish;

  • Harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha guruh va yakka tartibdagi maslaxatlar;

  • “alpomish” va “barchinoy” maxsus test sinovlarini topshirish;

  • 4- o‘quvchilarni «shunqorlar» harbiy – sport o‘yinlariga tayyorlash, komandalar va komandirlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish;

  • Sportning harbiy-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish;

  • Harbiy qismlarga ekskursiyalar uyushtirish;

Harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiq direktor harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishini va o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishini nazorat qiladi, shuningdek, o‘quv quroli, kichik kalibrli vintovkalar va o‘q-dorilarni saqlanishini, texnik xolatini va xisobotini tekshiradi.O‘quv mashg‘ulotlarini direktor tomonidan tekshirilishi, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbariga uslubiy yordam ko‘rsatish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Mashg‘ulotlarni tekshirishni shunday rejalashtirish kerakki, bunda yil davomida dasturning har bir bo‘limi bo‘yicha mashg‘ulotlar tekshirilishi lozim. Tekshiruv davomida o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarni, o‘qitish uslublarini, ularni mavkuraviy va tarbiyaviy ahamiyatini, moddiy ta’minotini, vaqtni taqsimlanishini, o‘quv materialini to‘liq yoritilishini, uni boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini, dastur talablariga muvofiqligiga, amaliy mashq va uslublar namoyishiga, o‘quvchilar tomonidan harbiy nizom va intizom talablari qanday bajarilayotganligiga e’tibor qaratish kerak.
Direktor (yoki harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari uning topshirig‘i bilan) o‘quvchilarga savollar beradi yoki biror amaliy harakatni bajarishni so‘raydi. Bunda berilgan javob va bajarilgan harakat yoki usul baholanadi. Shuningdek, direktor tomonidan o‘quvchilarni harbiy kiyim-bosh qoidalari, harbiy intizom talablari va navbatchi (posbon) majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini kundalik tarzda kuzatib borish ham katta ahamiyatga egadir. Tekshiruv natijalari, xulosa va takliflar direktor tomonidan o‘z ish daftarida yoki gazorat jurnallarida qayd etilib boriladi.
Harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy ishlarning yillik yakuni aprel-may oylarida chiqariladi. O‘quv yurti pedagogik kengashi yig‘ilishiga doklad tayyorlanadi. Unda harbiy hizmatchilarni ta`lim va jismoniy tarbiya fanlarining o‘qitilish sifati, o‘quvchilar dastur materiallarini qanday o‘zlashtirganliklari, ularni «alpomish va barchinoy» maxsus test sinovlarini topshirish bo‘yicha tayyorgarlik darajalari taxlil qilinadi. Dokladda o‘quv-moddiy baza xolati, o‘quvchilarning intizomi va uyushqoqlik darajasi, uslubiy komissiya ishining samaradorligi baholanadi. Shunigdek, darslar, dars va sinfdan tashqari vaqtlarda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tadbirlari qanday amalga oshirilganligi ta’kidlab o‘tiladi. Doklad direktor, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi. Pedagogik kengash materiallari harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha ta’lim yakuni to‘g‘risidagi direktor buyrug‘i asosini tashkil etadi, unda dasturning bajarilishiga baho beriladi, xulosalar chiqariladi, yangi o‘quv yili uchun pedagogik jamoa va o‘quvchilarga aniq vazifalar qo‘yiladi.
O‘quv yili yakunlangandan so‘ng, direktor tuman (shahar) mudofaa ishlari va xalq ta’lim bo‘limlariga o‘quvchilarning harbiy hizmatchilarni ta`lim va hvt si xolati to‘g‘risida xisobot beradi.
Xisobotda shartli ravishda dasturning bajarilganligi, direktor tomonidan o‘rganilgan ma’lumotlar, ulardan chiqarilgan xulosalar, harbiy hizmatchilarni ta`lim o‘quv - moddiy texnika bazasini xolati ko‘rsatib o‘tiladi. Chht rahbari chaqiriqqacha yoshlarni axloqiy - siyosiy va ruhiy sifatlarini, ularni intizomliligi va bajaruvchanligini o‘rganish va shakllantirish bo‘yicha guruh va darsdan tashqari ishlari. Chht rahbari lavozimini qabul qilish tartibi.
Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarining samaradorligi ko‘p jixatdan harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari tomonidan o‘smirlarni yosh xususiyatlarini xisobga olishga, ya’ni pedagogik faoliyat ob’ektining o‘ziga xos tomonlari xaqidagi bilimlariga bog‘liqdir. Harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbarini pedagogik ta’sir ob’ekti, bu-qurolli kuchlar safini to‘ldirishga tayyorlanayotgan yoshlardir. Harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbarining pedagogik faoliyati natijalari bo‘lajak jangchilarning ruhiy qiyofasiga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Pedagogik ob’ektning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u bir vaqtni o‘zida o‘quv, mexnat va jamoat faoliyati sub’ekti bo‘lib hisoblanadi, u o‘z maqsadiga, unga erishish vositalariga va ularni amalga oshirish imkoniyatlariga egadir. Pedagogik ta’sir ob’ektini, uning ruhiyatini rivojlanish qonuniyatlarini har tomonlama bilish, harbiy hizmatchilarni ta`lim Rahbariga o‘smirlarni ichki ma’naviy dunyosiga chuqur kirib borishiga, ta’lim va tarbiya ishlarini yanada samarali olib borishga imkon beradi.
Chaqiriqqacha yoshlar harbiy xizmatga tayyorlashning ob’ekti va sub’ekti sifatida uch tomonlama, ya’ni ijtimoiy, ruhiy va biologik jixatlardan tafsivlanishi mukin. Shuni nazarda tutish kerakki, bu erda so‘z insonni dunyo qarashi, axloqiy g‘oyalarni shakllanayotgan, o‘smir o‘zi va boshqalarni yaxshi tushuna boshlagan, hayotda o‘z o‘rnini topishga va kelajakka intilib yashayotgan davr yoshi xaqida ketmoqda. Bu vaqtda shaxsning ruhiy xolatida qarama - qarshiliklar bo‘lib, uning yurish - turishi hamma vaqt ham tartibli ravishda bo‘lmaydi. Bunday xolatlarda o‘smir jasorat ham, intizomlilik namunasini ham ko‘rsatishi, shu bilan birga oddiy yurish - turish qoidalarini buzishi ham mumkin.
Harbiy xizmatga chaqiriq yoshida o‘smirning markaziy nerv sistemasi shakllanib bo‘ladi va gavdaning barcha organlarini, shuningdek, organizmning tashqi muxit bilan tez va aniq o‘zaro xamkorligini, bosh miyada murakkab sharoitlarda reflekslarni xosil bo‘lishini ta’minlab beradi. Shunday bo‘lsada, organizmdagi bioximik va fizik jarayonlarni tezligi, shuningdek, hayotiy tajribaning etarli emasligi sababli, organizmda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonlaridan ustun turadi.

Yüklə 65,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin