Hozirgi vaqtda ayrim oilalarda farzandining xohish istagiga qarab emas balkim ota-onalar O’z xohishiga qarab farzandlariga umr yo’ldosh tanlab bermoqda
Hozirgi vaqtda ayrim oilalarda farzandining xohish istagiga qarab emas balkim ota-onalar O’z xohishiga qarab farzandlariga umr yo’ldosh tanlab bermoqda. Uning natijasida esa yigit va qiz o’rtasida oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Masalan: bir biriga e’tiborsizlik, bir birin kamsitish,eshitmaslik, urish-janjal va zoravonlik kuchaymoqda.Bunday oiladagi yigitlarda ichkilikka berilish, ro’zg’orni o’ylamaslik holatlari kelib chiqishi mumkun.Ayollarda esa oilaga bolgan hurmat yo’qolib stress holatlariga olib kelishi va nimjon farzandlar tugilishi holatlariga olib kelishi mumkin. Bunday muhitta dunyoga kelgan farzandlarham to’g’ri hayot tarzini olib borolmaydilar.Bunday muhitta katta bolgan farzandlar aqliy rivojlanishi past, jizzaki, odam ovi bolib katta bo’ladilar.Kelajakda bu farzandlar ham huddi shu oila muhitini paydo qilishlari mumkin.Nosoglom oila muhiti davom etar ekan buning ohiri oilaviy ajirimga olib keladi.
Mamlakatimizda oila muqaddas tarbiya oiladan boshlanadi degan gaplar bor. Shunday ekan har bir yosh oila qurishda oz xohishiga ko’ra ,bir birlariga ko’ngil qo’ygan holatta turmush qurishgani maqul deb hisoblaymiz.Zero yurtimizda ajirimlar bo’lmasin,farzandlar yetim qolmasin .