Topshiriq nomi: O’qituvchi yordamchisi (Teacher assistant)- 10% Topshiriq tasnifi: Ushbu topshiriqni bajarish uchun talabaga individual holda oldindan (kamida 1 hafta oldin) berilgan mavzu yuzasidan smestr davomida 1 marta guruh talabalari uchun dars taqdimoti qilishi so’raladi. Dars taqdimoti uchun tavsiya qilingan asosiy material hamda talaba tomonidan mustaqil ravishda izlanib tanlangan qo’shimcha materiallardan foydalanish ko’zda tutilgan. Taqdimot uchun yordamchi o’qituvchi talabaga 15-20 minut vaqtda talaba o’ziga berilgan mavzuni chuqur, izchil va oson usulda interaktiv metodlarda (o’yin topshiriqlar, baxsli muhokama, texnologiya ishtirokida topshiriqlar bilan) tinglovchilar uchun tushuntirib berishlari kerak.
Mantiq. Ushbu faoliyat talabada mustaqil ravishda berilgan mavzuni o’rganishda ma’lumotlar to’plash, tahlil qilish va taqimot qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. Zarur ma’lumotlarni qisqa, tushunarli va oson ifodalashda texnogiya vositalaridan foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi va rivojlantiradi. Yangi bilimlarni o’zlashtirishda mas’uliyatni o’z bo’yniga olish, qat’iylikni namoyish qilishga undaydi.
Talaba ushbu me’zon yordamida baholanadi: