I. Baholash mezoni



Yüklə 401,04 Kb.
səhifə6/10
tarix20.11.2023
ölçüsü401,04 Kb.
#163173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kredit baholash

Topshiriq nomi: Guruh bo’lib o'qish va hisobot berish/namoyish prizintatsiya (Oraliq imtihon-Mid-term exam)
(Team reading and reporting/presentation)-25%
Topshiriqning tasnifi: Ushbu topshiriq uchun siz tengdoshlarga o'rgatish uchun belgilangan o'qishlaringizni bajarishingiz kerak. Siz ushbu matnlarning mazmunini guruhdoshlaringizga tushuntirasiz va namoyish/prizintatsiya so’ngida mavzuni butun guruh bilan muhokama qilasiz. Namoyish vaqti 20 daqiqa va guruh muhokamasi uchun savol javob o’tkazish uchun 10 daqiqa beriladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun siz diqqat bilan o'qishingiz, eslatma olishingiz kerak. Keyin, siz bir xil matnni o'qigan tengdoshlaringiz bilan uni chuqur muhokama qilib, eng muhim ma'lumotni tanlash uchun belgilangan kichik guruhda hamkorlikda ishlaysiz. Ushbu topshiriq davomida siz boshqa jamoa o'z ma'lumotlarini taqdim etganda faol tinglashingiz kerak bo'ladi.
Prezintatsiya tartibi va hisobot berishi: Talabalar ma'lum matnlarni o'qiydigan bir nechta guruhlarga biriktiriladi. Guruh a'zolarining har biri darsga tayyorgarlik ko'rish uchun kerakli ma'lumotlarni yig'ib, kichik guruhlarda (3-5 talaba) boshqalarga taqdim etadigan asosiy mavzular haqida birgalikda qaror qabul qilishadi. Ular o'qish tamoyillari va ma'lumotlarini hamma bilishi kerak bo'lgan muhim ma'lumotlarga aylantiradigan oddiy grafik (Powe Point, Bubble.us, Coggle.it tavsiya etiladi) yaratadilar. Talabalar o'qish va ma'lumot to'plashda tafsilotlarga e'tibor berishlari, suhbatga qo'shgan hissalari va muhokamada boshqalarning fikrlarini faol tinglashlari uchun baholanadi
Mantiq: Bu faoliyat sizni jamoa bo’lib bir maqsad sari ishlash (team working), mas’uliyatni o’ziga olish va mustaqil qaror chiqarish qobiliyatingiz shuningdek sizning namoyish qilish/ prezintatsiya qilish qobilyatingizni yaxshilash uchun asosiy ma'lumotlarni to'plash, muhokama qilish va tinglash uchun kelajakka tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, u sizga mavzu bilan notanish bo'lishi mumkin bo'lgan auditoriyaga ma'lumot berish amaliyotini taqdim etadi.
Eslatma! Kichik guruhdagi barcha talabalar uchun maksimal 15 baldan 0 balgacha bo’lgan faqat bitta baho qo’yiladi, ya’ni guruh taqdimot/prizintatsiyasi uchun qo’yiladigan yagona baho har bir guruh azosiga tegishli bo’ladi. Shuning uchun guruhdagi har bir talaba teng mas’uliyat bilan ishlashi lozim.

Yüklə 401,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin