I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari


Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalari tushunchasi, turlari



Yüklə 285,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü285,89 Kb.
#38535
1   2   3
1-Mavzu.

Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalari tushunchasi, turlari 

 

O‘zbekiston  Respublikasidagi  huquq  tizimining  manbayi  bu 



vakolatli  organlar  tomonidan  belgilangan  tartibda  qabul  qilinadigan 

qonunlar va chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Ana shu qonunlar va 

huquqiy  hujjatlar  eng  avvalo,  O‘zbekiston  xalqining  erkini,  xohishini 

ifoda  etadigan  huquqiy  qoidalar  yig‘indisidir.  Har  bir  fan  uchun 

qonunlarning  va  huquqiy  hujjatlarning  qaysi  biri  yoki  uning  qanday 

qoidasi  manba  ekanligini  ajratib  olish  kerak  bo‘ladi.  Ayniqsa,  bu 

masala  xo‘jalik  huquqi  uchun  muhimdir.  Chunki,  Xo‘jalik  huquqiy 

normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozircha 

yo‘q. Lekin, shunday bo‘lsa-da, mustaqil respublika-mizning vakolatli 

organlari  tomonidan  qabul  qilingan  qator  huquqiy  hujjatlar  borki, 

ularning  deyarli  katta  qismi  bevosita  xo‘jalik  huquqining  manbayi 

bo‘la oladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  barcha  huquqlar  qatori 



xo‘jalik huquqining asosiy manbayidir. Eng avvalo, Konstitutsiya-ning 

12-bobi jamiyatning iqtisodiy negizlari xususida belgilangan qoidalari 

xo‘jalik  huquqining  manbayi  bo‘lib  hisoblanadi.  Jumladan, 

Konstitutsiyaning  ana  shu  bobi  53-

moddasida  «Bozor  munosa-

batlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  O‘zbekiston  iqtisodiyotining 

negizini  xilma-

xil  shakllardagi  mulk  tashkil  etadi.  Davlat  iste’mol-

chilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 

 

—18— 




biznes va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng 

huquqliligini  va  huquqiy  jihatdan  bab-barobar  muhofaza  etilishini 

kafolatlaydi»,— deb belgilangan. 

 

Shu  bilan  birgalikda  Konstitutsiyada  xususiy  mulkning  boshqa 



mulk  shakllari  bilan  bir 

qatorda  davlat  himoyasida  bo‘lishi, mulkdor-

ning mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni 

tasarruf  etishi  (Konstitutsiyaning  54-moddasi),  yer,  yerosti  boyliklari, 

suv,  o‘simlik,  hayvonot  dunyosi  va  boshqa  tabiiy  zaxira-larning 

umumm


illiy  boylik  bo‘lishi  (Konstitutsiyaning  55-moddasi)  kabi 

moddalari Xo‘jalik huquqiga bevosita manba bo‘lib hisoblanadi. 

 

Bundan  tashqari,  Xo‘jalik  huquqining  manbayi  bo‘lib  boshqa 



qonunlar,  Prezident  farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari 

hamda  tegi

shli  vakolatga  ega  bo‘lgan  idoralar  tomonidan  qabul 

qilingan  huquqiy  hujjatlar  ham  hisoblanadi.  Xo‘jalik  huquqi 

manbayi  deb,  xo‘jalik  sub’yektlari  o‘rtasida  kelib  chiqadigan 

xo‘jalik  faoliyatiga  oid  munosabatlarni  huquqiy  tartibga  soluvchi 

qonunchilik norm

alarining yig‘indisiga aytiladi. 

 

Xo‘jalik  huquqi  manbalarining  turlari  bo‘lib  Konstitutsiyaga 



muvofiq  qabul  qilingan  qonunlar  va  belgilangan  tartibda  chiqarilgan 

boshqa  huquqiy  hujjatlar  hisoblanadi.  Ular  O‘zbekistonning  shu 

kecha-kunduzdagi  iqtisodiy  taraqqiyotini  belgilovchi  huquqiy  asos 

bo‘lib,  bozorni  tashkil  etish,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini 

rivojlantirish  va  uni  kafolatlashga  qaratilgandir.  Bozor  munosabatlari 

qonunlar bilan kafolatlanmas ekan, o‘z-o‘zidan ma’lumki, tovar ishlab 

chiqarish  ham

,  xizmat  ko‘rsatish  ham  ko‘ngildagiday  rivojlanmaydi, 

buning  natijasida  undan  moddiy  manfaatdor  bo‘lish  ham  susayadi, 

mulkdorlar sinfi shakllanmaydi. Bu, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy 

taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi. Aholining moddiy va maishiy farovonligi 

ta’minlanishini  qiyinlashtiradi.  Shu  sababli  respublikamizda  bozor 

iqtisodiyoti munosabatlarini borgan sari rivojlantirib borishga va uning 

taraqqiyotini  qonun  bilan  kafolatlashga  alohida  e’tibor  berilyapti. 

Ayniqsa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fu-qarolik  kodeksining  qabul 

qilinishi va amalga kiritilishi bu borada muhim voqea bo‘ldi.

 

Ma’lumki,  Fuqarolik  kodeksining  mulk  huquqi,  majburiyat 



huquqi,  mulkning  bir  shaxs  egaligidan  ikkinchi  shaxs  egaligiga 

o‘tishiga  qaratilgan  shartnomalar  xususidagi  qoidalari  bevosita 

bozorni tashkil etishga, uni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga, 

 

 



O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: «Adolat». 1996. 

—19—

 



xo‘jalik sub’yektining bozor munosabatlarida erkin ishtirok etishini 

ta’minlashga qaratilgan. 

 

Fuqarolik  kodeksida  belgilangan  mahsulot  yetkazib  berish, 



kontraktatsiya, mulk ijarasi, lizing, pudrat, qurilish pudrati, tashish, 

kredit,  hisob-

kitob  va  shunga  o‘xshash  xo‘jalik  sub’yektlari 

ishtirokida  tuziladigan  shartnomalarga  oid  qoidalar  bevosita 

xo‘jalik huquqiga manba bo‘ladigan qoidalardir. 

 

Xo‘jalik  huquqining  manbayi  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublika-



sining  Havo  kodeksi

1

,  Xo‘jalik  protsessual  kodeksi



2

  hisoblanadi. 

Havo kodeksida aeroportlar, havo transporti orqali yuk va passajir 

tashish,  korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarga bir martalik 

buyurtma asosida shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatishga doir 

qoidalar  belgilangan.  Xo‘jalik  protsessual  kodeksi  esa  bevosita 

xo‘jalik  sub’yektlari  o‘rtasida  va  tadbirkorlar  ishtirokidagi  mulkiy 

nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishda qo‘llaniladi. 

 

Qonunlar  Xo‘jalik  huquqining  manbayi  hisoblanadi.  Bu 



qonunlarning  aksariyati  bozor  munosabatlarini  shakllantirishga 

xizmat  qiladi.  Ulardan  bir  guruhi  mulk  bilan  bog‘liq  munosabatlarga 

doirdir.  Jumladan,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  qonuniy 

kafolatlashga qaratilgan mulkchilikka oid «Mulkni davlat tasarrufi-dan 

chiqarish  va  xususiylashtirish  to‘g‘risida»,  «Ijara  to‘g‘risida», 

«Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to‘g‘risida»gi

3

  va 


boshqa shunga o‘xshash bir qator qonunlar qabul qilingan. 

 

Qabul  qilingan  qonunlarning  bir  guruhi  bozor  iqtisodiyoti 



sharoitida  xo‘jalik  sub’yektlarining  huquqiy  holatiga  bag‘ishlangan. 

Bunga  misol  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasining  «Mas’uliyati 

cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  to‘g‘risida», 

«Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘ri-sida», 

«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Birja va birjalar faoliyati to‘g‘ri-sida»gi 

Qonunlar 

va boshqa qonunlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

 

Bundan  tashqari,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  kafo-



latlashga qaratilgan «Tovar bozorlarida faoliyatni cheklash to‘g‘ri-

sida»,  «Tovar  belgilari,  tovar  kelib chiqish joyi  nomi to‘g‘risi-da», 

«Standartlashtirish 

to‘g‘risida», 

«Meterologiya 

to‘g‘risida», 

«Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida», «Xo‘jalik yuri- 

 

 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-

sonli 247-moddasi.

 

2  



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 

9-sonli 234-moddasi. 

3  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 



5-sonli 140-moddasi. 

 

—20— 




tuvchi 

sub’yektlar  faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi 

to‘g‘ri-sida»gi Qonunlari bu sohada muhim ahamiyatga ega. 

 

Xo‘jalik  huquqi  manbalari  turlaridan  birini  O‘zbekiston 



Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkil 

etadi.  Bunga  misol  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  1995-yil  31-avgus

tidagi  «Ayrim  korxonalar  va  mol-

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi 

masalalari haqida»gi qarorini keltirib o‘tish mumkin. Bu qaror bilan 

xususiylashtirilishi  mumkin  bo‘lmaydigan  mulk  ob’yektlari  sanab 

ko‘rsatiladi. 

 

Ayniqsa, 



Xo‘jalik  huquqining  yangi  sharoitlarda  bozor  iqtiso-

diyoti  munosabatlari  bilan  birga  rivojlanishida  Prezidentimiz 

tomonidan qabul qilingan Farmonlar ham muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi 

94-moddasida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Konstitutsiya  va  qonunlarga 

asoslanib,  ularni  ijro  etish  yuzasidan  respublikaning  butun  hudu-

dida  majburiy  kuchga  ega  bo‘lgan  farmonlar,  qarorlar  va  farmo-

yishlar  chiqaradi,  deb  belgilangan

1

.  Bunga  1999-yil  28-iyundagi 



«Moliya 

xo‘jalik 

faoliyatini 

amalga 


oshirmayotgan 

va 


qonunchilikda  belgilangan  muddatlarda  o‘zlarining  ustav 

jamg‘armalarini  shakllantirmagan  korxonalarni  tugatish  tartibini 

soddalashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida»,  1999-yil  23-iyuldagi 

«Korxonalar 

bankrotligi 

va 

sanatsiya 



mexanizmini 

takomillashtirish  to‘g‘ri-sida»,  2000-yil  2-avgustdagi  «O‘zbekiston 

Respublikasi  Mono-poliyadan  chiqarish  va raqobatni  rivojlantirish 

davlat  qo‘mitasini  tashkil  etish  to‘g‘risida»gi  Farmonlarni  misol 

qilib ko‘rsatish mumkin. 

 

Xo‘jalik huquqining manbalaridan yana biri O‘zbekiston Respub-



likasi  Vazirlar  Mahkamasi  chiqaradigan  normativ  hujjatlardir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  98-moddasida  bel-

gilanganidek,  Vazirlar  Mahkamasi  amaldagi  qonunlarga  muvofiq 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  barcha  organlar,  korxonalar, 

muassasalar,  tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar 

tomonidan  bajarilishi  majburiy  bo‘lgan  qarorlar  va  farmoyishlar 

chiqaradi. Ushbu  qarorlarda  xo‘jalik huquqi  sub’yektlarining  huquqiy 

holati,  ularning  mulk  huquqi  va  bozorni  tashkil  etish,  tovar  ishlab 

chiqarish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  faoliyatlarni  tashkil 

etish, rivojlantirishning chora-tadbirlari belgilanadi. 

O‘zbekiston 

 

 



O

‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. —T.: «O‘zbekiston». 2009-yil. 25-bet



 

—21—



 


Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga misol tariqasida 

quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

 

2000-yil  2-



avgustdagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  Monopo-

liyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida»,  2000-yil  14-avgustdagi  «Ijti-

moiy  muhim  oziq-ovqat  tovarlarini  import  qilish  va  sotishni 

tartibga solish chora-

tadbirlari to‘g‘risida», 2000-yil 20-avgustdagi 

«Litsen-ziyalashni  bekor  qilish  hamda  iste’mol  tovarlarni  olib 

kelish  va  ularni  ichki  bozorda  sotishni  takomillashtirish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar. 

 

Bundan  tashqari,  O‘zbekiston  Respublikasi  vazirliklari  va 



davlat 

qo‘mitalari, agentliklar o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan 

huquqiy  hujjatlari  ham  Xo‘jalik  huquqi  manbasi  sifatida  ko‘riladi. 

Ayniqsa,  mahalliy  hokimiyat  va  idora  etish  organlarining  o‘z 

hududi  doirasida  kuchda  bo‘ladigan  huquqiy  hujjatlari  ham  bu 

bor


ada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  111-moddasida 



mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa, 

tashkilotlar  o‘rtasidagi,  shuningdek,  tadbirkorlar  o‘rtasidagi 

iqtisodiyot  sohasida  va  uni  boshqarish  jarayonida  vujudga 

keladigan  xo‘jalik  nizolarini  hal  etish  Oliy  xo‘jalik  sudi  va  xo‘jalik 

sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi, 

deb  ko‘rsatilgan.  Xo‘jalik  sudlarida  ko‘rilgan  ishlarning  to‘g‘ri  va 

aniq  hal  etilishi  yuzasidan  sud  amaliyotini  umumlashtirib  Oliy 

xo‘jalik  sudi  plenumida  qarorlar  qabul  qilinadi.  Bunday  qarorlar 

Xo‘jalik  huquqi  uchun  manba  bo‘lmasa-da,  qonunlarni  xo‘jalik 

sudlari tomonidan to‘g‘ri tatbiq etib, xo‘jalik nizolarini tez va to‘g‘ri 

hal etishda muhi

m qo‘llanma vazifasini o‘taydi. 

 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  xo‘jalik  sohasida  normativ 



hujjatlarni  qabul  qilish  vakolati  berilgan  organlarning  ko‘pligiga 

ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xo‘jalik sohasida hozirgi 

kunda qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega 

emas.  Shu  bilan  birga,  qabul  qilinayotgan  normativ  hujjatlarda 

takrorlanish, biri ikkinchisiga nisbatan zid bo‘lgan qoidalarini ham 

uchratish mumkin. 

 

Bu  esa  bir  xil  xo‘jalik  munosabatini  huquqiy  tartibga  solishda 



chalkash

liklarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi. Mazkur muammo-

ning  hal  etilishi  xo‘jalik  qonunchiligini  yagona  tizimga  keltirib,  uni 

kodifikatsiyalashtirish  (kodeks  yaratish)  orqali  o‘z  yechimini  topishi 

mumkin.  Bu  kodeksning  qanday  nomlanishi  masalasi  asosiy 

m

uammo  emas.  U  «Xo‘jalik  kodeksi»,  «Tijorat  kodeksi»,  «Tadbir-



korlik kodeksi» yoki boshqacha nomlanishi mumkin. 

 

—22— 




Xo‘jalik 

qonunchiligining 

kodifikatsiyalashtirilishi 

xo‘jalik 

munosabatlarining  huquqiy  tartibga  solinishida  alohida  aha-

miyatga 


ega 

bo‘ladi. 

Xususan, 

xo‘jalik 

munosabatlari 

sub’yektlariga  qonunlardan  foydalanishlarida  qulaylik  yaratadi. 

Shu  bilan  birga,  xo‘jalik  sudlari  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar 

o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini hal qilishlarida ham, qonunlarning bir 

yo‘sinda qo‘llanilishiga ham erishiladi. 

 

 



 

Xo‘jalik (biznes) huquqi 

 

manbalarining turlari 



 

 

 



† 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

 

 

 



† 

Kodekslar

 

 

 



† 

Qonunlar


 

 

  



 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul 



qilingan qarorlar

 

 



 

O‘zbekston Respublikasi Prezidentining farmoni



 

 

 



 

O‘zbekiston



 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

 

 

 



O‘zbekiston Respublikasi  vazirliklari, davlat 

 

† 



qo‘mitalari va agentliklari doirasida qabul qilingan 

huquqiy hujjatlar

 

 

           



           Nazorat savollari

 

 

1.



«Xo‘jalik (biznes) huquqi» fani nimani o‘rgatadi? 

 

2. 



Xo‘jalik (biznes) huquqi tamoyillarini sanab bering. 

 

3. 



Xo‘jalik (biznes) sohasini tartibga soluvchi qanday qonun-larni 

bilasiz? 



 

—23— 



 

Yüklə 285,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin