I bob. Tojikistonning ichki hayoti,qishloq sanoati va tarixi



Yüklə 223,19 Kb.
səhifə3/9
tarix21.12.2023
ölçüsü223,19 Kb.
#187825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
abdulazizz

Tabiati.Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93 % ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, balandligi 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), janubi-gʻarbiy qismida (Hisor-Olay tizma togʻlarining janubda va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va boshqalar bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari janubiy va janubi-gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoqlarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston janubi-sharqiy qismida Pomir togʻlari qad koʻtargan (Tojikistonning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va janubi-gʻarbda Shimoliy va Janubiy Alichur tizma togʻlari joylashgan.
Foydali qazilmalariTojikiston hududida Oʻrta va Janubiy Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma togʻlarida togʻ billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, koʻmir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan laʼl, lojuvard, marmar konlari mavjud. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur.Iqlimi va ichki suvlari.Iqlimi kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2 °C dan —2 °C gacha, Pomirda —22 °C. Iyulning oʻrtacha harorati vodiylarda 30 °C, Pomirda 10 °C, eng yuqori harorat 48 °C gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va janubda yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, janubda afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Daryo koʻp, uzunligi 10 km dan ortiq boʻlgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi. Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va Xisor-Olay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va boshqa suv omborlari bor.
Tuproqlari va hayvonot dunyosi.Tojikiston janubi-gʻarbi va shimoldagi pasttekisliklarda och kulrang, togʻ yon bagʻirlarida tabiiy kulrang, toʻq kulrang yoki jigarrang tuproqlar uchraydi. Shimoliy va Hisor-Olay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproqlar. Gʻarbiy Pomir soyliklarida toʻq kulrang, Sharqiy Pomirda esa choʻl tuproqlari mavjud. Tojikiston hududida oʻsimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma togʻlarida butazor va archazor, Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ va togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda,archa va boshqa yovvoyi mevali daraxtlar kabi o'simliklar oʻsadi.Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan toʻngʻiz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sugʻur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirgʻovul, bedana va boshqalar mavjud. Janubi-sharq va shimoldagi togʻlarda qoplon, boʻri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar jonivorlar uchraydi. Tabiatni qoʻriqlash maqsadida Polvontoʻqay, Romit, Dashtijum qoʻriqxonalari va botanika bogʻlari tashkil etilgan.
Aholisi.2010-yili Tojikiston Respublikasining aholi soni 7 mln. 565 ming kishini tashkil qildi. Erkaklar soni 3 mln. 813 ming, ayollar esa 3 mln. 752 ming. Shu maʼlumotga tayangan holda, 1,000 erkak kishi uchun 984 ayol toʻgʻri keladi. 2013-yil 1-aprelda Tojikiston aholisi 8 000 000 kishini tashkil qildi.
Tojikiston aholisi jadallik bilan koʻpaymoqda, 1959-yilda 1 mln. 981 ming kishi edi, 1989-yilda esa — 5 mln. 109 ming3,2016-yilda esa — 8 mln. 551 ming kishini tashkil qildi4.
Tarixi.Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Tojikiston hududidan soʻnggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keladi. Keyinchalik Tojikiston hududida Ahamoniylar hukmronligi oʻrnatildi[10]329-yilda makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Natijada Tojikiston hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, soʻng hududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushon imperiyasi davrida yirik sugʻorish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga koʻtarildi, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo boʻldi. V-VI asrlarda Oʻrta Osiyoning sharqiy qismini koʻchmanchi xioniy qabilalari, soʻngra eftaliylar egallab oldi VIasr 2-yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi tarkibiga qoʻshib olindi. VIII asr oʻrtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX-X asrlarda Tojikiston hududi Tohiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, X-XIII asrlarda GʻaznaviylarQoraxoniylarGʻuriylarQoraxitoylarXorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. Tojikiston hududiga bostirib kirgan Chingizxon qoʻshinlari (1219—21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xoʻjandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshqa). Moʻgʻullar istilosi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. XIV asrning 2-yarmiga kelib, xoʻjalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston hududi bu davrda Amir Temur va Temuriylar, 16-asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida boʻldi. Soʻngra Buxoro amirligi qoʻl ostiga oʻtib, 19-asrning boshlarida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi oʻrtasida taqsimlandi. XIX asrning 2-yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktabr toʻntarishi (1917)dan soʻng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralda Shimoliy Tojikistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistonning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida boʻldi. 1920-yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarini „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash natijasida Tojikiston Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929-yil esa SSSR tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1991-yil 9-sentabrda mustaqillik toʻgʻrisida deklaratsiya eʼlon qilindi va „Tojikiston Respublikasi“ nomi tasdiqlandi. Ittifoq tugatilib, Tojikiston 1991-yil sentabrda mustaqillikka erishgach, turli etnik, diniy va mahalliy urugʻ aymoqchilik guruhlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997-yilda oʻzaro muxolif kuchlar milliy murosaga kelib, tinchlik oʻrnatildi. Tojikiston — 1992-yildan BMT aʼzosi5Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 6-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 1-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9-sentabr — Mustaqillik kuni (1991)6.


Yüklə 223,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin