Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Hujayra ichidagi regenerasiya.
Hujayra ichida ham regenerasiya jarayoni 
sodir bo‘ladi. D. S. Sarkisov (1978) hujayra ichida sodir bo‘ladigan regenerasiya 
jarayonning 3 ta turini farqlaydi: molekulyar, organoid ichida, organoid. 
Hozirgi vaqtda DNK reperasiyashiing qonuniyatlari o‘zganilmoqda. Bu 
jarayonda fermentlar ishirok etishi aniqlandi. DNK ning zararlangan qismining 
tiklanishida va yangi nukleotidlarning birikishida ko‘plab fermentlar qatnashadi. 
Bu fermentlar hujayraning normal hayot kechirishi va gen injeneriyasida ham 
ishtirok etadi. 
Hujayra organoidlarida ham ba‘zi o‘zgirishlar kuzatiladi. Jumladan, B. P. 
Tokin fikricha (1974), "yadro va yadrocha hajmi kichiklashadi, tuzilishi 
murakkablashadi, erkin ribosoma-endoplazmatik to‘r kompleksining soni
organoidlar membranasining hajmi o‘zgaradi. Mitoxondriyalar soni ortadi, 
fermentlar faolligi oshadi, Golji apparati murakkablashadi, endoplazmatik to‘r soni 
va uzunligi ortadi". 
Regenerasiya va ontogenez.
Qari organizmda regenerasiya qobiliyati juda 
pasayib ketadi. Chunki har xil biologik jarayonlar: nerv sistemasi, uchki-sekresiya 
bezlari faoliyati, nafas olish, qon aylanisli va boshqalar pasayib ketgan bo‘ladi. 
Bundan tashqari, qari organizmda har xil distrofik jarayonlar kuchayib, reparativ 
regenerasiya surati pasayadi. 
M. A. Vorosova (1944) kuzatishicha, bir yillik tritonning oyoqlari 1,5-2,5 
oyda tiklansa, 6-10 yoshli tritonda oyoqning faqat kesilgan jarohati bitadi, xolos. 
Qari sut emizuvchilarda va odamlarda jarohatning bitishi va boshqa regeneratsiya 
jarayonlarining sekinlik bilan borishi, jinsiy ko‘payadigan hayvonlarning 
hammasiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Bu holat hatto sodda hayvonlarda ham 
uchraydi. Ularning bo‘linishi, ontogenezining tamom bo‘lganligini bildiradi. 
Infuzoriyalarni bo‘raklarga ajratganda, yosh individda regenerasiya kuzatiladi, qari 
organizmda yadro rekonstruksiyaga uchrab, ontogenezi cho‘ziladi. 


29 
Umuman, regenerasiya jarayoni hamma organizmlarda ma‘lum bir sxema 
asosida bormaydi. Bo‘linishga tayyorlanayotgan qari planariya xuddi shunday yosh 
planariyaga nisbatan tez regenerasiyaga uchraydi. Ammo jinsiy ko‘payadigan qari 
planariya xuddi shunday yosh planariyaga nisbatan sekintik bilan regenerasiyaga 
uchraydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin