31
Xromosomalarning diploid to‘plamning tiklanishi, 2-meyozdaoosit va reduksion
tanachaning qo‘shilishi, yoki oosit
reduksion tanachani qaytarib, o‘ziga biriktirib
olishi orqali amalga oshadi.
Jinsiy ko’payish
Erda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonda jinsiy ko‘payish
dastlab paydo bo‘lgan. Jinsiy ko‘payish esa, 3 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan. Jinsiy
ko‘payish, tirik organizmlarning deyarli hamma guruhlarida uchraydi. Jinsiy
ko‘payishning bunday keng tarqalishi, tirik organizmlarda genetik turli-tumantikni
va fenotipi ko‘zgaruvchanlikning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Jinsiy ko‘payish deyilganda, ota-ona
organizmining genetik axboroti, ya‘ni
gametalaning qo‘shilishi natijada yangi organizm paydo bo‘lishi tushuniladi.
Sodda hayvonlarda ikkita hujayraning qo‘shilishi (kopulyasiya), ikkita
individning
qo‘shilishi
(kon‘yugasiya)
kuzatiladi.
Kon‘yugasiyada
mikronukleuslarni va ba‘zan sitoplazmani kon‘yugatlar almashtirib oladi.
Endomiksisda, yadro reoorganizasiyaga uchraydi. Ba‘zan bir individning tuxum va
urug‘ hujayralari o‘saro qo‘shilib, zigota hosil bo‘ladi. Bu hodisa avtomiksis deb
ataladi va sodda hayvonlar, zamburug‘lar, diatom suvo‘tlarda uchraydi.
Grekcha
autos - o‘zi, miksis – qo‘shilish degan ma‘noni bildiradi.
Shunday qilib, jinsiy ko‘payishning bu ko‘rinishlarida indivtdlar soni
ortmaydi, ba‘zan halto kamayadi (kopulyasiya).
Jinsiy Ko‘payishda ishtirok etish uchun,
ota-ona organizmlar jinsiy
bezlaridan jinsiy hujayralar-gametalar ishlanib chiqaradi. Urg‘ochi individ tuxum
hujayra, erkak individ spermatozoid ishlab chiqaradi. Bu gametalar qo‘shilib,
zigota hosil qiladi. Ba‘zi organizmlarning zigotasi, tuzilishi jihatdan o‘xshash
gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bunday qo‘shilish izogamiya deyiladi.
Gametalarni
tuxum va spermatozoidga, individlarni erkak (sames) va
urg‘ochi (samka)ga bo‘lish, jinsiy dimormizm deyiladi. Bir individda ham
erkaklik, ham urug‘chilik jinsiy bezlarining bo‘lishi va bir individda tuxum va
spermatozoid yetilsa, bunday organizm, germatodit deb ataladi. Agar bir individda
har ikkala tashqi organlar va ikkilamchi jinsiy belgi bo‘lib, bir xil jinsiy bez bo‘lsa,
bu soxta germafroditizm deyiladi. Gennafroditizm
yassi chuvalchanglarda va
boshqa hayvonlarda ueliraydi. Bu hodisa jinsiy xromosomalar XX bo‘lganda, yoki
hamma somatik hujayralarda XU bo‘lganda, embrional rivojlanish buzilganda
sodir bo‘ladi. Ba‘zi odamlarda jinsiy xromosomalarning mozaisizmi kuzatiladi,
ya‘ni ba‘zi somatik hujayralarda xromosomalar XX bo‘lsa, boshqasida XU bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: