Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Yüklə 321,06 Kb.
səhifə14/34
tarix22.07.2022
ölçüsü321,06 Kb.
#62872
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Innovatsion Yakuniy

Rag’batlantirish chora - tadbirlari muayyan shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi darkor. Xodimning ishga qiziqishini tegishli rag’batlantirish usuli orqali o’zgartirish mumkin. Rahbarlar uchun bu rag’batlantirishlar bir xil shaklda emas, balki xodimlarning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq ishlatilishi kerak, degan ma’noni anglatadi. Mehnatni rag’batlantirish - oldindan belgilab qo’yilgan natijalarga erishish imkonini beradigan jo’shqin mehnat faoliyati xodimning muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, unda mehnatga qiziqish (motiv)ni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ko’zda tutadi. Mehnatga qiziqtirish va rag’batlantirish tizimi muayyan asos — mehnat faoliyatining me’yoriy darajasiga tayanishi kerak. Xodimning mehnat munosabatlariga jalb etilishining o’zi uning oldindan kelishilgan, muayyan ish haqi hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini nazarda tutadi.

Mehnatni rag’batlantirishning bir necha funksiyalari mavjud:

Mehnatni rag’batlantirishning bir necha funksiyalari mavjud:

Iqisodiy funksiya: eng avvalo, mehnatni rag’batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko’maqlashishda namoyon bo’ladi. Bu mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot sifatining yaxshilanishida o’z ifodasini topadi.

Axloqiy funksiya: U mehnatni rag’batlantirish, faol hayotiy pozitsiyani, jamiyatda sog’lom axloqiy-ijtimoiy muhitni shakllantiradi. Bunda rag’batlantirish tizimini an’analar va tarixiy tajribani hisobga olgan holda shakllantirish katta ahamiyatga ega.

Ijtimoiy funksiya. U jamiyatning ijtimoiy tizimini daromadlarning turli darajasini hisobga olgan holda shakllantirish bilan ta’minlanadi. Ushbu daromadlar esa rag’batlantirish omillarining turli insonlarga ta’siriga ko’p jihatdan bog’liqdir. Umuman olganda ehtiyojlarni shakllantirish pirovard darajada shaxsni rivojlantirish, jamiyatda mehnatni tashkil etish va rag’batlantirishga bog’liqligi yaxshi ma’lum.

Ijtimoiy funksiya. U jamiyatning ijtimoiy tizimini daromadlarning turli darajasini hisobga olgan holda shakllantirish bilan ta’minlanadi. Ushbu daromadlar esa rag’batlantirish omillarining turli insonlarga ta’siriga ko’p jihatdan bog’liqdir. Umuman olganda ehtiyojlarni shakllantirish pirovard darajada shaxsni rivojlantirish, jamiyatda mehnatni tashkil etish va rag’batlantirishga bog’liqligi yaxshi ma’lum.


51. Barqaror rivojlanish nimani nazarda tutadi?


Barqaror rivojlanish bo'ladi tashkil etish printsipi uchrashuv uchun inson rivojlanishi maqsadlar bir vaqtning o'zida qo'llab-quvvatlovchi tabiiy tizimlarning ta'minlash qobiliyati Tabiiy boyliklar va ekotizim xizmatlari iqtisodiyot va jamiyat bog'liq bo'lgan narsadir. Istalgan natija - bu hayot sharoitlari va resurslaridan inson ehtiyojlarini qondirishda davom ettirish uchun foydalaniladigan jamiyatning holati yaxlitlik va tabiiy tizimning barqarorligi. Barqaror rivojlanish kelajak avlodlarning o'z ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga ziyon etkazmasdan hozirgi zamon talablariga javob beradigan rivojlanish deb ta'riflash mumkin. Barqarorlik maqsadlari global muammolarni, shu jumladan qashshoqlik, tengsizlik, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitning tanazzulga uchrashi, tinchlik va adolatni hal qilishga qaratilgan.

Zamonaviy barqaror rivojlanish kontseptsiyasi hali asosan 1987 yildan olingan Brundtland hisoboti, shuningdek, haqidagi ilgari fikrlarga asoslanadi barqaror o'rmon boshqaruvi va yigirmanchi asrdagi ekologik muammolar. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqilgach, u o'z yo'nalishini ko'proq tomon yo'naltirdi iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish va kelajak avlodlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish. "Barqarorlik" atamasi insoniyatning ekotizim muvozanatiga erishishdagi insoniyatning maqsadi sifatida qaralishi kerak, "barqaror rivojlanish" esa yaxlit yondashuv va vaqtinchalik jarayonlar bizni barqarorlikning so'nggi nuqtasiga olib boradi ".[1] Zamonaviy iqtisodiyotlar katta iqtisodiy rivojlanish va uni saqlash majburiyatlarini muvofiqlashtirishga intilmoqda Tabiiy boyliklar va ekotizimlar, chunki ikkalasi odatda ziddiyatli xarakterga ega. Tutish o'rniga Iqlim o'zgarishi majburiyatlar va boshqa barqarorlik choralari iqtisodiy rivojlanish vositasi sifatida, ularni bozor imkoniyatlariga aylantirish va jalb qilish katta foyda keltiradi.[muvozanatsiz fikr?] Iqtisodiyotda bunday uyushgan tamoyillar va amaliyotlar keltirib chiqaradigan iqtisodiy rivojlanish "Boshqariladigan barqaror rivojlanish" (MSD) deb nomlanadi.


52. Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha dasturida (YUNDAF 2010-2015 yillar) qanday maqsadlar ko‘zda tutilgan?
O‘zbekiston yangi suveren, mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) 1992 yil 2 martda a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz ushbu tarixiy voqeadan keyin o‘tgan vaqt mobaynida BMT va uning turli sohalardagi ixtisoslashgan muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, Afg‘onistonda barqarorlikka erishish va mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal qilish, xususan, Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish, turizmni rivojlantirish kabi ustuvor masalalar ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Aholishunoslik jamg‘armasi (BMTAJ), Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMTGMJB), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda “BMT oilasi”ni tashkil qiladi.
53. “Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” mohiyatini tushintirib bering.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda iqtisodiy nazariya turli xildagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarni ishlatilishi va miqyosini, qahday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:

Iqtisodiy innovatsiyalar - yangi iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;


Ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;


Ekoligik innovatsiyalar - tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;


Tashkiliy-boshqaruv turidagi innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;


54. Milliy innovatsion tizim unsurlari nimadan iborat?
Bugungi kunda respublikamizda milliy innovatsion tizimga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanellining ta’kidlashicha, tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlay oladigan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni tijoratlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.


Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarda xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga hissa qo‘shadi va ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi. Ushbu tashkilotlarning tadqiqotchilari 50 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan xalqaro tadqiqotchilar va xususiy sektor ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtiradigan grantlarga ariza topshirishlari mumkin.


Tadqiqot mavzulari qayta tiklanadigan energiya manbalari, kam uglerodli texnologiyalar, tibbiyot va virusologiya sohasidagi turli mavzular, shu jumladan, koronavirus, boshqa ilm-fan va texnologiyalarning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xalqaro ekspert jurnallarida 50 ga yaqin maqolalarni nashr etish rejalashtirilgan.


Bundan tashqari, mahalliy firma va kompaniyalar mahalliy hamda xalqaro bozorlarda talabga javob beradigan yangi yoki mavjud innovatsion mahsulotlar va xizmatlarning startap va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarmoya kiritish uchun 30 ga yaqin grant olishlari mumkin. Ular tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologik mahsulotlar, xizmatlar, shuningdek ilm-fan va texnologiyaning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarida loyihalarni moliyalashtirishga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.


55. O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari nimalarni ko‘zda tutadi?
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Mamlakatimizda uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jiddiy tizimli muammolarni hal etish, aholining munosib hayot kechirishini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va ijtimoiy soha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatida ishonib topshirilgan tarmoq yoki sohani uzoq muddatli rivojlantirish to‘g‘risida tasavvur mavjud emas, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘zga tashlanmayapti.
Bundan tashqari, tayyorlanayotgan hujjatlar loyihalarini sifatli va har tomonlama ekspert-tahliliy o‘rganishni ta’minlashga, ularning ehtimoliy oqibatlarini baholashga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Ayrim vazirliklar va idoralarning faoliyatida aholi va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha ehtiyojlarini hisobga olmagan holda idoraviy va sohaviy manfaatlarni ilgari surishda namoyon bo‘layotgan eskicha yondashuvlar saqlanib qolinmoqda.
56. Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda oliy ta’lim oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini modernizatsiya qilmasdan turib biz innovatsiyalar yoki innovatsion jarayonlarni amalga oshira olmaymiz. Mamlakatimiz
Sssr tarkibida davrida iqtisodiyoti qoloq axvolda edi. Mustaqillikga erishganimizdan so'ng Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifiaktsiya qilish boshlandi. Bunda oliy talim tizimimiz kuchli mutaxasislar va novatorlar tayyorlab berishi lozim. Statistik malumotlarga ko'ra innovatsiyalarning yuzaga kelishi 89% foizi ilm fanga bog'liq ekan. Oliy talim tizimimiz ilmiy tadqiqot va tajriba konsturlik ishlari olib borilgan holda yurtimizni iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda asosiy vazifalar qo'yilgan
Xususan oliy talim tizimini butkul isloh qilish maqsadida ularga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Oliy ta'lim tizimizni xam modernizatsiya qilish jarayoni yuz bermoqda.

57. Innovatsion salohiyatning mazmuni, tarkibini aytib bering?


Innovatsion salohiyat - har qanday tizimda jamiyat rivojlanishi uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy resurslarning miqdori hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy resurslar uchta asosiy sektor o‘rtasida taqsimlanadi: ilmiy-texnik, ta’lim, investitsion. Ushbu taqsimot natijasida ilmiy-texnik salohiyat, ta’lim salohiyati va investitsion salohiyat shakllantiriladi. Ushbu segmentlarning jamlanmasi makroiqtisodiy darajada innovatsion salohiyatini tashkil etadi.


Innovatsion salohiyatning tuzilishini uchta tarkibiy qism (resurs, ichki va natijali) bir-birining o‘rnini egallashi, to‘ldirishi va birlashishi bilan ifodalanadi hamda ularni qo‘llash jarayonida yagona tarkibiy qism sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, innovatsion salohiyatning taklif etilayotgan tuzilmasi to‘liq emas, chunki u innovatsion faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllarini va innovatsion faoliyatni boshqarishning cheklangan darajadaligi, ilm-fan materiallari yoki intellektual mahsulot, shuningdek, ilmiy muassasalar, loyiha tashkilotlari va innovatsion korxonalar tarmoqlarini (innovatsion salohiyatning tashkiliy komponent) o‘z ichiga olmaydi.
58. Innovatsion salohiyatning amal qilish tamoyillari nima?
Innovatsion salohiyatning asosi - xodimlar, tashkiliy, moddiy va texnik axborot, boshqaruv va moliyaviy komponentlar, shuningdek, ilmiy-texnik komponentlari hisoblanadi.
Innovatsion salohiyat asosini, malakali kadrlar, professional tashkiliy tuzilma, moddiy-texnik baza, kuchli axborot manbalari, zamonaviy boshqaruv usullari, moliyaviy barqarorlik va ilmiy-texnik tuzilmalar tashkil qiladi.
59. Innovatsion salohiyat shakllanish bosqichlari.
Mamlakatda innovatsion salohiyatning shakllanishi va amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan boshlab, ijtimoiy ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi, innovatsion jarayonlarni jadallashtiruvchi omil va shart-sharoitlar majmuasiga bog‘liqdir.
Innovatsion salohiyat yakuniy bosqichda turgan mavjud innovatsion loyihalar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantiruvchi barcha bo‘g‘inlarni birlashtiruvchi infratuzilma sifatida ifodalanadi.
Ushbu muammo bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra,36 innovatsion salohiyatni oshirishni rag‘batlantiruvchi yoki sekinlashtiruvchi xizmatlar ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot subyektlari uchun istiqbolda jahon bozoriga chiqish imkoniyati tug‘iladi; yaratilayotgan innovatsiyalarning tegishli sohalardagi texnologik jarayonlar bilan integratsiyalashuv qobiliyati mavjudligi.

60. Innovatsion salohiyatning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?


rossiyalik olim A.A.Truxlyaevaning fikricha, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ikkita guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin: 37
innovatsion salohiyatning sifat tarkibini belgilab beruvchi trasformatsion omillar;
milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi va innovatsion salohiyat mavjudligi hamda uni realizatsiya qilishni belgilab beruvchi chegaralarni ifodalovchi transaktsion omillar.
Transformatsion omillarga milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘siqinlik qiluvchi omillar, ya’ni, kadrlar masalasi, ilmiy, texnik- texnologik va moliyaviy cheklanishlarni kiritish mumkin. Ya’ni, yuqori iqtisodiy tavakkalchilik, pul mablag‘lari tanqisligi, malakali hodimlarning etishmasligi, innovatsiyalarni ishlab chiqish va bozorga kiritish qiymatining yuqoriligi, moddiy va ilmiy-texnik bazaning sustligi hamda uning eskirganlik darajasining yuqoriligi innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan sanaladi.
Transaktsion omillar deganda, innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi axborot, tashkiliy, institutsional cheklovlar tushuniladi. Ularga davlat va tadbirkorlik sektori o‘rtasida ishonchli, samarali o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda innovatsion madaniyatning mavjud emasligi, innovatsion faoliyatni qo‘llab- quvvatlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferentsiyalarning yo‘qligi,

61.Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini baholash uslubiyatini aytib bering?


Innovatsion salohiyat tizimli ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, uning darajasini shakllanish va foydalanish jarayonidagi ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin.
Innovatsion salohiyatning shakllanishini baholash ilmiy tashkilotlar, shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan kadrlar, yaratilgan yangiliklar va shu kabilar bo‘yicha umumlashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi hamda ular tarkibining o‘zgarish tendentsiyasi tahlili asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatda mavjud innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasi yaratilgan innovatsiyalarning amaliyotdagi natijalari hamda ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali baholanadi.
Rossiyalik olim V.V.Vinogradov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatadi:
ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar) ga sarflangan xarajatlar mutloq hajmi, uning YaIM va davlat byudjetidagi ulushi;
fan va ilmiy sohada band bo‘lganlar soni ;
ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni;
ro‘yxatdan o‘tgan ixtiro va yangiliklar, ilmiy yutuqlarga erishgan olimlar (masalan, nobel mukofoti).48
V.I.Volkov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni taklif qiladi:
ITTKI qilingan barcha xarajatlar miqdori, shu jumladan, dizayn va marketing xarajatlari;
mamlakat hududi va chet eldagi patentlar soni;
intelektual mulkni himoyalash darajasi;
oliy ta’lim tizimining rivojlanganlik holati.
Uning fikricha, ushbu mezonlardan foydalangan holda, mamlakatlarning innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati reytingini aniqlash mumkin.49
V.D.Andriyanov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkinligini ta’kidlaydi:
ITTKIga qilingan xarajatlarning mutloq miqdori bo‘yicha mamlakatlar reytingi;
ushbu xarajatlarning YaIMdagi ulushi;
innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati;
ilmiy tashkilotlar va ilmiy xodimlar soni;
nobel mukofoti sovrindorlari soni50.
A.Orlovning fikriga ko‘ra, innovatsion faoliyat mamlakat rezidentlari va norezidentlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan patentlar soni bilan o‘lchanadi.51
T.V.Checheleva esa, resurs, xom ashyo, ishlab chiqarish, iste’mol, infratuzilmaviy, intelektual va institutsional salohiyat bilan bir qatorda hududlarning investitsion jozibadorligini ham innovatsion salohiyatni baholashdagi eng asosiy ko‘rsatkich sifatida qabul qiladi.52

62. Respublikaning innovatsion salohiyatidan foydalanish holati va uning qiyosiy tahlili.


Mamlakat innovatsion salohiyatini baholash uslubiyatini ishlab chiqishda uning asosiy tarkibiy qismlarini to‘rtta guruh ko‘rsatkichlariga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi guruh – innovatsion salohiyatning moliyaviy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; ikkinchisi – moddiy; uchinchisi – kadrlar bo‘yicha; to‘rtinchisi – natijaviy ko‘rsatkichlardir.


Birinchi guruhdagi mutloq ko‘rsatkichlar milliy innovatsion sohani moliyalashtirishning fizik hajmini ifodalaydi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, YaIMga nisbatan investitsiyalar ulushi va shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Mutloq ko‘rsatkichlar:
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda investitsiyalar hajmi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda davlat byudjeti mablag‘lari hajmi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda korxonalarning o‘z mablag‘lari hajmi.
tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ajratilgan mablag‘lar hajmi. Nisbiy ko‘rsatkichlar:
-ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar hajmining YaIMdagi ulushi.
investitsiyalar umumiy hajmida nomoddiy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar ulushi.
ITTKI bo‘yicha bitta tadqiqotchiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar darajasi.
ITTKIga ichki xarajatlar ulushi.
ITTKI bo‘yicha korxona ichki xarajatlarida tajriba- konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarining ulushi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan ichki investitsiyalar hajmining YaIMdagi ulushi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida byudjet mablag‘lari ulushi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan byudjet mablag‘larining YaIMdagi ulushi.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan byudjet mablag‘larining jami byudjet xarajatlaridagi ulushi.
Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlari innovatsion salohiyatning moddiy tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ularning asosiy fondlari qiymatini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan tashkil topgan:
Mutloq ko‘rsatkichlar:
korxonalardagi mavjud asosiy fondlar qiymati.
fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi asosiy fondlar qiymati.
yangidan kiritilgan asosiy fondlar qiymati.
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar soni.
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni.
oliy ta’lim muassasalari soni.
sanoatda innovatsion-faol tashkilotlar soni.
Nisbiy ko‘rsatkichlar:
asosiy fondlarning eskirish darajasi.
korxona asosiy fondlari qiymatida fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi asosiy fondlar qiymatining ulushi.
asosiy fondlarning o‘rtacha qiymatida yangidan kiritilgan asosiy kapital qiymatining ulushi.
mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan shug‘ullanayotganlar ulushi.
mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar innovatsion-faol tashkilotlar ulushi.
sanoatda faoliyat yuritayotganlar umumiy hajmida innovatsion-faol tashkilotlar ulushi.
Korxonalar jami aktivlarida intelektual mulk (nomoddiy aktivlar)
qiymatining ulushi.
Uchinchi guruh ko‘rsatkichlar innovatsion salohiyatning kadrlar bo‘yicha tarkibini ifodalab, undagi mutloq ko‘rsatkichlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar soni, ularning o‘rtacha ish haqi va yoshini o‘zida aks ettiradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa, jami ishchilarga nisbatan innovatsion faoliyatdaband bo‘lgan xodimlar ulushini aniqlash orqali hisoblanadi. Ushbu guruh quyidagi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan:

Mutloq ko‘rsatkichlar:


fan sohasida band bo‘lganlarning o‘rtacha ish haqi.
fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar umumiy soni.
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga jalb qilingan xodimlar
soni.

tadqiqotchilar va texnik xodimlar soni.


tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar soni.
oliy ta’lim muassasalari soni.
OTMning professor-o‘qituvchilar tarkibi.
fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) soni.
fan doktorlari (Doctor of Science) soni.
oliy ta’lim sohasida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda band bo‘lganlar soni.
tadbirkorlik sohasida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarda band bo‘lganlar soni.
talabalar soni.
OTM bitiruvchilari soni.
ITTKIdagi kadrlar salohiyatining o‘rtacha yoshi.
bir yilda qabul qilingan ilmiy xodimlar.
bir yilda ishdan bo‘shagan ilmiy xodimlar soni.
Nisbiy ko‘rsatkichlar:
o‘rtacha oylik ish haqining fan sohasida band bo‘lganlar o‘rtacha oylik ish haqiga nisbati.
band bo‘lganlar sonida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarga jalb qilingan xodimlar sonining ulushi.
band bo‘lganlar sonida tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar sonining ulushi.
OTMning professor-o‘qituvchi tarkibida fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science)ning ulushi.
63. Innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning xorij tajribalari.

Innovatsion salohiyat markazida ishchi kuchi kapitali (ta’lim jarayonida va amaliyot davrida olgan intelektual qobiliyatlar va amaliy ko‘nikmalar) yotadi.


Rossiyalik bir qator olimlar (jumladan, V.V.Grishin, B.N.Kuzik va Yu.V.Yakovitslar) fikricha, mikro darajada ishchi kuchi kapitalini aniqlashga ish haqining ta’lim va boshqa
omillarga bog‘liqligini baholash orqali erishish mumkin. Ta’limning daromadlarga ta’sirini xalqaro darajada taqqoslash qiyin. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlarda ta’lim sifati ham har xil bo‘ladi. Milliy iqtisodiyot darajasida esa, sinergetik samara yuzaga kelishi mumkin.45
Jahon banki uslubiyati bo‘yicha ishchi kuchi kapitalini baholashda “qoldiq usul”dan foydalaniladi. Unga ko‘ra, eng avvalo, mamlakatda milliy boylik darajasi hisoblanadi. Keyin olingan natijadan er, foydali qazilma boyliklar, o‘rmon va dengiz resurslarini chiqarib tashlab, ishchi kuchi kapitali darajasini aniqlashadi46.
Aksariyat olimlar innovatsion salohiyatni fan va ta’lim resurslari, mamlakat aholisi tarkibida oliy ma’lumotlilar salmog‘i, ilmiy xodimlar, oliy ta’lim muassasalari soni va shu kabilar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.47
Ushbu ko‘rsatkichlardan innovatsion salohiyatni baholashda umumiy holda foydalanish mumkin, lekin, ular orqali real holatni to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Ya’ni, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mamlakatda innovatsion salohiyatni faqatgina uning shakllanish nuqtai-nazaridan baholash imkonini beradi. Innovatsiyaning haqiqiy qiymatini esa, uni amaliyotga joriy qilgandan so‘nggina baholash mumkin.
64. Innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning xorij tajribalari.

Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an’anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o’tish jarayoni ro’y bermoqda. Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag’batlantirishga o’tish kuzatilmoqda.


Hozirda AQSHda va xususan, g’arbiy Evropada, eng avvalo FrantsiYa, GermaniYada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro’y bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo kichik va o’rta korxonalar uchun, shuningdek o’rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiYa uchun eng qulay sharoitlar Yaratishdir. Fanni moliyalash bo’yicha AQSH jahonda etakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda ITIMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo’lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha xarajatlar salmog’ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Buyuk BritaniYa, SHvetsiYa va GermaniYada 40 foiz atrofida, FrantsiYad 57 foiz, YAponiYada 28 foiz. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday e’tibor bilan ko’plab-quvvatlanishi konuni bo’lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo’llab- quvvatlanishi mumkin, jumladan:
Ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita byudjet mablag’larini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiYalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko’plab tavakkalchilikka ega bo’lgan fanning etakchi yo’nalishlaridagi ko’p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o’z bo’yniga oladi.
Ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag’batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini Yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va amortizatsiYa imtiyozlaridan foydalanish.
O‘zbekistonda innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishning qaysi xorijiy tajribalari qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari mavjud.
Respublikamizda asosan xorij tajribalaridan Rossiya innovatsiyalari dasturi bo'yicha qo'llashning ustuvor yo'nalishlari mavjud O’zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir tomonini qo’llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag’larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o’quv yurtlari kadrlari bilan ta’minlashi rag’batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag’ ajratishga sanoat korxonalarini kiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o’z bo’yniga olib qolmasdan, ishtiroqchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanishda bepul lizentsiYalar ham berishi kerak bo’ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko’pincha eng maqbul me’yoridan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliYani to’xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffakiYati ham shunda. O’zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko’makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shart- sharoitlar Yaratish zarur.
Aytaylik, YAponiYada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning o’zgacha mexanizmi mavjud, Ya’ni YAponiYa hukumatining dasturiy hujjatlarida bayon etilgan ilmiy texnika Yangiliklari Yaratilishida strategik tadqiqotlar etakchilari, yo’lboshchilari guruhi o’qitilishini ta’minlashga qaratilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko’rish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo’lgan o’z texnika va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish patent, lizentsiYa savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag’batlantiriladi.
O’zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir tomonini qo’llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag’larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o’quv yurtlari kadrlari bilan ta’minlashi rag’batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag’ ajratishga sanoat korxonalarini kiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o’z bo’yniga olib qolmasdan, ishtiroqchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanishda bepu lizentsiYalar ham berishi kerak bo’ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko’pincha eng maqbul me’yoridan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliYani to’xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffakiYati ham shunda. O’zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko’makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shart- sharoitlar Yaratish zarur.
Aytaylik, YAponiYada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning o’zgacha mexanizmi mavjud, Ya’ni YAponiYa hukumatining dasturiy hujjatlarida bayon etilgan ilmiy texnika Yangiliklari Yaratilishida strategik tadqiqotlar etakchilari, yo’lboshchilari guruhi o’qitilishini ta’minlashga qaratilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko’rish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo’lgan o’z texnika va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish patent, lizentsiY savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag’batlantiriladi.

65. Iqtisodiy tushkunlik sharoitida qo‘shib olish va sotib olishlar jarayonining asosiy sabablarini sanab bering?


Iqtisodiy tangliklar -iqtisodiy siklning tushkunlik holati bilan tavsiflanuvchi maxsus fazasi, mamlakat iqtisodiyotida vaqt-vaqti bilan yuzaga keladigan chuqur nomutano-sibliklar. Mamlakat iqtisodiy ahvolining keskin yomonlashuvi, i.ch.ning gʻoyat pasayishi, shakllangan iqtisodiy aloqalarning buzilishi, korxonalarning bankrotligi, ishsizlikning oʻsishi va oxir-oqibat aholi turmush da-rajasining pasayishini keltirib chiqaradi. I.t. ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan mahsulot hajmi, inves-titsion tovarlar va isteʼmol mahsulotlari, aholi daromadlari va hara-jatlari, eksport va import, byudjet daromadlari va harajatlari, korxonalarning majburiyatlari va uni bajarish imkoniyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Keng maʼnoda I.t.ni jami talab bilan jami taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi keltirib chikaradi.
I.t.ning yuzaga kelish sabablari, uni keltirib chikaruvchi omillar va amaldagi belgilari mavjud. Jamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining jami talabdan oshib ketishi, davlat harajatlarining keskin oshib ketishi, korxonalarda i.ch. samaradorligining pasayib borishi, aholi daromadlarining qisqarishi kabilar tanglikni keltirib chiqaruvchi sabablar hisoblanadi. I.t.ning ilk belgilari muomala sohasida koʻrinadi. Shundan keyin tanglik milliy xoʻjalikning boshqa sohalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning realizatsiya qilinmay qolishi natijasida tadbirkorlarning foydasi kamayadi. Bu, oʻz navbatida, banklar daromadini qisqartiradi. Banklar oʻz daromadlarini oshirish maqsadida foiz stavkalarini koʻtaradilar. I.ch.

66. “Mergers and Acquisitions (M&A)” terminlarining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering


Korporativ moliya sohasida qo'shilish va qo'shib olish ( M&A ) - bu kompaniyalar , boshqa xo'jalik tashkilotlari yoki ularning operatsion bo'linmalariga egalik huquqi boshqa tashkilotlarga o'tkaziladigan yoki birlashtiriladigan operatsiyalar . Strategik menejmentning bir jihati sifatida M&A korxonalarga o'sishi yoki qisqarishi , biznesning tabiati yoki raqobatdosh pozitsiyasini o'zgartirishi mumkin.


Yuridik nuqtai nazardan, qo'shilish ikki korxonaning bitta yuridik shaxsga birlashishi bo'lsa, qo'shib olish bir tashkilot boshqa tashkilotning ustav kapitali , aktsiyalari yoki aktivlariga egalik qilganda sodir bo'ladi . Tijorat va iqtisodiy nuqtai nazardan, har ikkala turdagi bitimlar ham, odatda, aktiv va majburiyatlarning bir korxona ostida birlashishiga olib keladi va "qo'shilish" va "qo'shib olish" o'rtasidagi farq unchalik aniq emas. Qonuniy ravishda sotib olish sifatida tuzilgan bitim bir tomonning biznesini boshqa tomonning aktsiyadorlarining bilvosita egalik qilishiga olib kelishi mumkin., birlashish sifatida qonuniy tuzilgan bitim har bir tomonning aktsiyadorlariga birlashgan korxonaga qisman egalik qilish va nazorat qilish huquqini berishi mumkin. Bitimni evfemik tarzda teng huquqli shaxslarning birlashuvi deb atash mumkin, agar ikkala bosh direktor birlashish ularning ikkala kompaniyasining manfaatlariga mos kelishiga rozi bo'lsa, agar bitim do'stona bo'lmasa (ya'ni maqsadli kompaniya rahbariyati bitimga qarshi bo'lsa). “sotib olish” sifatida qaralishi mumkin

67. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omillarni sanab bering?


Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:


Daromadlar sinergiyasi: eng yuqori innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish evaziga bozorga eng yuqori sifat darajasiga ega bolgan tovarlarni sotish (yangi mahsulotlar, bozorga chiqish sarflanadigan vaqtning kamligi) yoki bozorning toliq qamrovi (geografik va gamma mahsulotlar).
Xarajatlar sinergiyasi qoshib olishning uch modeli (sotib oluvchi sotib olinayotgan kompaniyaning barcha tuzilmalarini tolaligicha ozgartiradi), ustuvorlik (qoshib olish va sotib olish borasidagi qiyin kechgan muzokaralar natijasida yangi tuzilma borasida 50%-50% qaror qabul qilinadi), ikkita kompaniyaning qoshilishi jarayonida ikkita kompaniya-dan eng yaxshi tuzilma qoldiriladi.

68. 2017 yilda tuzilgan M&A bitimlari to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring?


"Birlashishlar va qo'shib olishlar" atamasi (Birlashish va qo'shib olish (M&A)) aktsiyalar bloklarini sotib olish va aktivlarni birlashtirish bo'yicha turli operatsiyalarni anglatadi. Deyarli har bir bitim o'ziga xos bo'lib, uning har bir ishtirokchisi faoliyatining xususiyatlarini aks ettiradi. Shunga qaramay, turli xil, hatto bir qarashda butunlay boshqacha M&A operatsiyalarida umumiy nuqtalarni aniqlash mumkin.


Birlashish yoki qo'shib olish bitimining maqsadi biznesni strategik kengaytirish (bozor ulushi, texnologiya, geografiya va boshqalar) yoki keyinchalik qayta sotish yoki aktsiyalarni ommaviy taklif qilish uchun moliyaviy xarid bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, do'stona bo'lmagan M&A operatsiyalari raqobatchini yo'q qilishga (yopishga), uning rivojlanishiga to'sqinlik qilishga va hokazolarga qaratilgan

69. Mamlakatimizda tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


Davlat tomonidan fan-texnika muhitini qollab-quvvatlash tizimida tubdan ozgarishlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi Innovatsion rivojlantirish vazirligini tashkil etish togrisidagi Farmoni qabul qilinishi bilan yuz berdi. Mazkur Farmonga innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish borasida Mamuriy islohotlar kontseptsiyasini amalda royobga chiqarish boyicha muhim qadam sifatida qarash mumkin. Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xojaligi, ijtimoiy rivojlanish, ilgor texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining asosiy yonalishlari nazarda tutildi. Bundan kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi Ozbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi.


70. Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering?


Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini taminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablaglarni samarali joylashtirish uchun xizmat qiluvchi obbyektiv jixatlar majmuasidir. U korxonalarning eksport va ilmiy-texnik potentsiali, moliyaviy barqarorlik darajasi, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasi, innovatsion dasturlar sifati kabilar bilan belgilanadi.


Sanoat majmuasiga korxonalarining innovatsion jozibadorligini taminlash-bu milliy iqtisodiyot samaradorligining muhim yonalishidir. Uni amalga oshirish uchun kompleksli xukumat dasturini ishlab chiqish zarur. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini atroflicha baholash va innovatsion faollikka tasir etuvchi ichki omillar sifatini yaxshilash kabilar mazkur dasturning asosiy yonalishlari sifatida xizmat qilishi lozim.

71. Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish borasida to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar nimalardan iborat?


Mamlakatimizda innovatsion biznesni rivojlantirishning asosiy muammolari asosan ilmiy-texnikaviy va innovatsion korxonalarda marketingning rivojlanmaganligi bilan uzviy bogliq. Yangi mahsulotlar yaratish jarayonini marketing orqali qollab-quvvatlashni tashkil etish innovatson kompaniyaning eng muhim muammolaridan biri sanaladi. Bozorga yangi mahsulotlarni kiritishning oziga xosligi, ayni paytda mahsulotlarning va shu bilan bir qatorda bozorning o'ziga xos jihatlari bilan bogliq. Bozorga olib chiqish jarayonida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi:


• sanoat mahsulotlarining 20-25%i;
• shaxsiy istemol tovarlarining 30-35%i;
• mavjud assortimentni kengaytirilishi natijasida yaratilgan
• mahsulot va xizmatlarning 27%i;
• savdo markalari innovatsiyalarining 31%;
• mutlaqo yangi mahsulotlarning 46 foizi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Innovatsion loyiha bosqichlarini korib chiqish asnosida kompaniyada marketingning rivojlanish darajasi bilan innovatsion biznes uchun xos bolgan xavf-xatarlarning ozaro bogliqligini yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin boladi.

72. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ning asosiy vazifalarini sanab bering?


Mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;


• hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
• ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
• ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
• yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
• ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish;
• innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk ob’ektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;

73. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida jahonning etakchi mamlakatlari tajribasi haqida gapirib bering?


AQShda «yangiliklarni joriy etish tushunchasi»ni «ilmiy-texnik taraqqiyot» tushunchasi bilan almashtirishadi va bunda ilmiy-texnik sohadagi ogirlik markazi jarayondan natijaga, yani mazkur joriy etiladigan yangiliklar tasiri ostida iqtisodiyot , ijtimoiy sohadagi pirovard natijalarga otadi. Ogirlik markazi olimlar qiziqishini qondirishdan odamlarning malum turdagi mahsulotga bolgan ehtiyojlarini qondirishga kochadi. Davlat tomonidan ilmiy siyosatning amalga oshirilishida asosiy etibor Amerika fanining moddiy-texnik bazasining sifatiga, avvalambor universitetlar faoliyati sifatiga qaratiladi. AQShda mudofaa Vazirligi 80-yillarda universitetlar va kollejlarning tadqiqot bazasini rivojlantirish dasturini amalga oshirdi. Bunday dasturlarni boshqa boginlar ham amalga oshirganlar, jumladan, Milliy ilmiy fond universitetlar tadqiqotchilari davlat laboratoriyalarida ornatilgan super kompyuterlarni malum vaqtga ijaraga olishlari uchun mablaglar ajratdi. AQSh da taxminan on besh ming atrofida kichik innovatsion firmalar hisobga olingan. Hisob-kitob qilinishicha kichik firmalar yiriklarga nisbatan ikki marta kop yangiliklar yaratadilar, eng yangi mahsulotlar esa bunday firmalarda 2,5 marta kop yaratiladi.


Singapurda davlat venchur investitsiyalar tavakkalini Texnologik Investitsiyalarni qollab-quvvatlash Dasturi orqali qisman moliyalashtiradi. Bu dastur endi ish boshlagan kompaniyalarga investitsiyalardan kutiladigan zararlarni sugurtalash imkoniyatini beradi. Statusga ega kompaniya uz investorlari uchun 3 mln. Singapur dollaridan oshuvchi qiymatdagi investitsiya uchun Sertifikat chiqarish xukukiga ega. Bunday sertifikatlarga ega bolgan investorlar kimmatbaho qogozlar ishlatilishi mumkin bolgan muddat ichida investitsiyalardan keladigan har qanday yoqotishlarni soliqka tortiladigan uz daromadlari hisobidan ajratishlari mumkin.
Koreya Respublikasida kichik biznesni moliyalashtirish tizimida Kafolatli kredit Fondi muhim orin tutadi. U hukumat va ixtisoslashtirilgan moliya idoralari mablaglari hisobidan tashkil etiladi. Fond kreditli kafolatlarni qarz evaziga xatto iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik va orta korxonalar uchun beradi. Agar qarz bank tashkiloti tomonidan kichik va orta korxonalarning asosiy fondlarini investitsiyalash uchun taqdim etilsa, bunda 150 mln. von.gacha bolgan qiymatdagi qarz avtomatik tarzda 70 % sugurtalanadi. Komission tolov hajmi-yillik 1 % (yirik korxonalar uchun-1,5 %)ni tashkil etadi.

74. Innovatsion muhit tushunchasini sharhlab bering?


Bugungi kunda Ozbekistan iqtisodiy holati uchun mos keladigan «innovatsion muhit» iborasi bolgusi innovatsiyalar uchun korxonalar jozibadorligini xarakterlaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda bir kator olcham yoki belgilar qollaniladi. Mazkur olchamlar davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga oshirish tavakkalchilikni xarakterlovchi meyorlardir. Ularning eng asosiylari kuyidagilardir: siyosiy barqarorlik; makroiqtisodiy holat; innovatsion faoliyat xukukiy asoslari; soliq tizimi sifati va soliqka tortish darajasi; bank tizimi va boshqa moliyaviy institutlar holati va ishonchliligi; infratuzilmaning rivojlanish darajasi; hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi; davlat boshqaruv tizimi.


75. Milliy innovatsion tizim nima?


Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, royobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi ozaro bogliq bolgan tuzilmalar majmuasidir13. MIT oziga ikki tarkibiy bolinmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini taminlaydi.


76. Zamonaviy innovatsion marketingni strategik ko’rinishlarini sharhlab bering?


a)real istemolchilarining yangi tovar va xizmatlarga bolgan real ehtiyojlarini aniqlash;


b) togri mahsulotlarni togri narxda, togri joyda va oz vaqtida etkazib berish orqali mazkur ehtiyojlarni qondirish;
c) togri axborot kanallarini ishlatib, togri reklama kompaniyasidan foydalangan holda istemolchilarni yangi mahsulotlar togrisida xabardor qilish.

77. Yuqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing xususiyatlari qanday tavsiflanadi?


Innovatsiyalar bozorining oziga xos jihatlari innovatsiyalar marketingining oziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Bu oziga xosliklar quyidagilarda ifodalanadi:


• bir necha soha va tarmoqlarda potentsial istemolchilarni izlash va ularni organish zarurati, chunki kopincha ilmiy-texnik ishlanmalarning natijalari tarmoqlararo tavsifga ega boladi;
• innovatsion tovarlarni sotish uzoq muddatli va ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi reklama kompaniyasining otkazilishini kozda tutadi, chunki bu davrda istemolchi pishib etilishi zarur: istemolchiga innovatsiyalarning mohiyati va afzalliklarini batafsil tushuntirish talab etiladi, aks holda u ozi tanish bolmagan tovarni sotib olishdan voz kechadi-qoyadi.
• innovatsion mahsulotlar nafaqat sifat jihatdan yangi bolgan, yoki avvaldan mavjud ehtiyojlarni sifat jihatdan yangicha usul va uslublar yordamida qondirishi, balki shu bilan bir qatorda mavjud oxshash mahsulotlar va substitutlarga nisbatan innovatsion mahsulotning afzalliklarini istemolchilarga etkaza bera olishi lozim.


Yüklə 321,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin