Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə130/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Milliard-
Million-
Milliy bog`- Alisher Naviy nomidagi bog`. Bog` aholi madaniy dam oladigan ko`kalamzor maskan. Bog`da an`anaviy bayramlar va sayllar o`tkaziladi. Bu bog` dastlab 1938-yili yoshlar tashabbusi bilan hasher usulida bunyod etilgan. Ko`l ustiga ikkita yoysimon osma ko`prik o`rnatilgan. Bog`da Muqumiy teatrining yozgi binosi, qayiq bekati, 1940-yilda qurilgan Bolalar temir yo`li, attraksion va boshqalar bor. 1991-yil bog` maydoni kengaytirilib qayta qurildi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan uning nomi berildi. Bog` o`rtasida ko`shk qurilgan bo`lib, tomi gumbaz bilan qoplangan. Gumbaz ustunlarga tayangan. Ko`sh o`rtasida bronzadan ishlangan 7 metrli Navoiy haykali o`rnatilgan. Atrofida “Xalqlar do`stligi” san`at saroyi, “Navro`z” restorani va boshqa binolar joylashgan.
Mineral modda-
Minerallar-
Mingboshi-(Convolvulus subhirsutus) pechakguldoshlar oilasiga mansub, sershox, bo`yi 60-80 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari lentasimon, ust tomoni tuksiz, osti biroz tukli, uchi o`tkirroq, band bargi qisqa. Mingboshi aprel oyida ko`karadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari karnaysimon, pushti rangda bo`ladi. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi, tashqi ko`rinishi tuxumsimon shaklda, tuksiz. Poyasi juda ham sershox, shoxchalari mayda va tekis bo`ladi. Mingboshi xalq tabobatida dorivor o`simlik sifatida foydalaniladi.
Minorai kalon-(tojik tilida Katta minora degan ma`non I bildiradi), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo`lib, Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining bir qismidir. Eski Buxoroning eng baland inshooti, balandligi 46,5 metr. Minorai Kalonni Arslonxon muxandis va usta me`mor Baqo loyihasi asosida 1127-yilda qurdirgan. Minorai Kalon oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chuqur. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi yozuvlar uchraydi. Minorai Kalon shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, mwtematik uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi. Minorai Kalon 1924-yil qayta ta`mir etilgan. Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan 1960-yilda ochib taʼmirlangan. Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan 1997-yilda Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi. Minorai Kalon Buxoro shaharning noyob va koʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin