Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Oddiy bodrezak - Viburnum opulus L. Kalina obыknovennaya Caprifoliaseaye



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə50/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Oddiy bodrezak - Viburnum opulus L. Kalina obыknovennaya Caprifoliaseaye
O‘cimlikning tavsifi. Oddiy bodrezak - Viburnum opulushilvidoshlar (Caprifoliaseaye) oilasiga mansub, bo‘yi 2-3 metrgacha bo‘lgan buta o‘simlik. Poyasining ustki tomoni qo‘ng‘ir kulrang, mayda yasmiqchali. Bargi keng tuxumsimon, 3 - 5 bo‘lakli, tishsimon qirrali, yuqori tomoni to‘q yashil, pastki tomoni och yashil, tomirlarida tuklari bor bo‘lib, bandi bilan poyada qarama - qarshi joylashgan. Gullari oq rangli bo‘lib, yarim soyabonga to‘plangan. Gulkosachasi 5 tishli, gultojisi 5 bo‘lakka qirqilgan. Gul to‘plamining chetidagi
gullari meva qilmaydi, o‘rtadagilari meva qiladi. Changchisi beshta, urug‘chi tuguni 5 xonali, pastga joylashgan. Mevasi sharsimon, ikki tomoni biroz yassiroq, qizil, danakli meva bo‘lib, diametri 8-12 mm ga teng. May oyida gullab - sentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Yevropa, Kavkaz, Qrim, Belorussiya, Ukraina, Sharqiy Qozog‘iston, G‘arbiy Sibirda va boshqa joylardagi nam aralash o‘rmon chetlarida, botqoqlarda keng tarqalgan. Manzarali o‘simlik sifatida park va bog‘larda o‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. O‘simlik tarkibida viburnin glikozidi, 70 - 80 mg % S vitamini, 28-31 mg % K1 vitamini, 21 mg % karotin, 7% gacha triterpen saponinlar, 4% oshlovchi moddalar, flavonoidlar,
organik kislotalar va boshqa moddalar mavjud.
Mevasi tarkibida 32% gacha qand, 3% oshlovchi moddalar, 3% organik kislotalardan: sirka, izovalerian; antotsian pigmenti, S vitamini, urug‘ida 20% gacha moy bor.
Ishlatilishi. Bodrezak o‘simligining preparatlari akusher ginekologik amaliyotda qon to‘xtatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Erta bahorda po‘stlog‘i shilib olinadi va ochiq havoda quritiladi. Mevasi xalq tabobatida me'da yarasini davolashda va kuchsiz siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Mevasi ayrim vitaminli choylar tarkibiga kiradi.

Xushboʼy ruta–Ruta graveolens L. Ruta Rutaceae
Oʼcimlikning tavsifi. Xushboʼy ruta (Ruta graveolens) Rutadoshlar (Rutaceae) oilasiga mansub, koʼp yillik yarim buta. Poyalari kulrang-yashil rangli boʼlib, boʼyi 50-70 sm gacha oʼsadi. Barglari och-yashil rangli boʼlib, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, sariq rangli boʼlib, qalqonsimon toʼpgulda yigʼilgan. Mevasi sharsimon, 4-5 xonali. Urugʼlari mayda, qoʼngʼir rangli, uzunligi 1-1,5 mm. 1000 dona urugʼ vazni oʼrtacha 1,7 g ni tashkil
etadi. Poyasi tik oʼsuvchi, shoxlangan boʼlib, pastki qismi yogʼochlashgan. Oʼsimlik oʼziga xos xushboʼy va oʼtkir hidga ega. Аprelь-may oylarida gullaydi, urugʼlari avgust-sentyabrь oylarida pishadi. Urugʼlari yordamida koʼpayadigan istiqbolli introdutsent oʼsimlik.
Xushboʼy ruta-yorugʼsevar va qurgʼoqchilikka chidamli oʼsimlik boʼlib, alohida tuproq turini tanlamaydi.
Geografik tarqalishi. Xushboʼy rutaning vatani Oʼrta Yer dengizi hisoblanib, janubiy Yevropadan Kanar oroligacha tarqalgan. Shuningdek, Eron, Hindiston, Jazoir, Liviya va АQSh da yetishtiriladi. Yovvoyi holda Qrimda oʼsadi. Oʼzbekistonga
introduktsiya qilingan oʼsimlik (Raximova, 2002).
Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, rutin va boshqa flavonoidlar, alkaloidlar mavjud.
Ishlatilishi. Oʼsimlikdan tayyorlangan preparatlar va surgi dorilari radikulit, bod, nevralgiya, pleksit kabi kasalliklarni davolashda qoʼllaniladi. Italiyada bu oʼsimlik vositasida koʼz kasalliklari; Xitoyda bosh ogʼriqlari, pnevmoniya, bolalar epilepsiyasi kasalliklari; Аvstriyada revmatizm, nevroz kabi kasalliklarni davolashgan. Xalq tabobatida oʼsimlik qaynatmasi bilan turli xil yiringli yaralar davolangan.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin