Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Yapon soforasi, tuxumak - Sophora japonica L. Sofora yaponskaya Fabaceae



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə51/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Yapon soforasi, tuxumak - Sophora japonica L. Sofora yaponskaya Fabaceae
O‘cimlikning tavsifi. Yapon soforasi (Sophora japonica) Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 20 m ga yetadigan daraxt bo‘lib, yon novdalari tukli, yashil-sarg‘ish rangda. Barglari toq patli murakkab, qisqa bandi bilan shoxda ketma-ket joylashgan. Bargchalari (5 - 7 juft) cho‘ziq ellipssimon, o‘tkir uchli, uzunligi 23 - 53 mm, kengligi 11-21 mm. Gullari sariq rangda, zigomorf bo‘lib, ro‘vak to‘pgulda yig‘ilgan. Gulkosachasi naysimon, 5 tishli, gultojibargi 5 ta, changchilari erkin, urug‘chisi bitta. Mevasining uzunligi 3-8 sm, pishganda ochilmaydigan dukkak. Dukkaklari 2-8 urug‘li, qo‘ng‘ir-qora rangli. Iyunь oylarida gullaydi, mevasi sentyabrь oyida pishib yetiladi.
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda Xitoy, Yaponiya va Kareyada o‘sadi. Yapon soforasi MHD ning janubiy rayonlarida manzarali daraxt sifatida ekiladi.
Kimyoviy tarkibi. Yapon soforasining g‘unchalari tarkibida flavonoidlar, S vitamini va boshqa moddalar bor. Asosiy flavonoidi rutin hisoblanadi, gulida 0,3- 4,4% gacha, bargida 1,13 - 3,5% (ba'zi 17% gacha) bo‘lishi mumkin. Rutindan tashqari kvertsetin, kemferol - 3- soforozid, genestein va boshqa moddalar ham bo‘ladi.
Ishlatilishi. O‘simlikning g‘unchalari dorivor bo‘lib, rutin olish uchun asosiy xom ashyolardan biri hisoblanadi. O‘simlik g‘unchalaridan tayyorlangan preparatlar, damlamalari bavosilga(gemorroy) qarshi kuchli vosita hamda kapillyar qon tomirlarini mustahkamlovchi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli shishlar, yallig‘lanishlarga qarshi hamda allergiyaga qarshi samarali ta'sir etuvchi xususiyatga ega. O‘simlikning dorivor preparatlari-rutin, kvertsetin, mevadan tayyorlangan nastoyka -
Tintura Sophorae japonicae.



Anjir–Ficus carica L. Injir Moraceae
O‘cimlikning tavsifi. Anjir (Ficus carica) Tutdoshlar (Moraceae) oilasining vakili hisoblanadi. Anjir bo‘yi 8 metrgacha yetadigan daraxt bo‘lib, tanasi va poya barglari sut-shira saqlaydigan, kulrang-sariq rangli, silliq po‘stloq bilan qoplangan. Barglari yirik, 3-5 bo‘lakka qirqilgan, panjasimon tomirlangan. Anjirning bir uylisi, ba'zan ikki uylisi ham uchraydi, guli mayda, bir jinsli, nok shaklida to‘pgul hosil qilib, barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqadi. To‘pgulida changchi va urug‘chi gullari joylashgan. Gul to‘plami o‘ziga xos tuzilgan. Gul o‘rni yaxshi rivojlangan bo‘lib yumaloq shaklda, uchi tomonida teshigi bor: ichki tomonini devori va tubida gullari joylashgan. Gulto‘plami har xil: ayrim daraxtlarda mayda gul to‘plamlari, boshqalarida - yirik gul to‘plamlari rivojlanadi. Mayda gul to‘plamlarida gulto‘plamini teshigi yaqinida juda ko‘p changchi gullari joylashgan; gulto‘plamini kengaygan tubida urug‘chi gullari bor bo‘lib, ustuni qisqa bo‘ladi. Yirik gul to‘plamlari ham mayda gul to‘plamlaridagiga o‘xshash yumaloq shaklda bo‘lib ichi bo‘sh, g‘ovak, lekin changchi gullari mayda reduktsiyalangan, urug‘chi gullari esa yaxshi rivojlangan, urug‘chi ustuni uzun bo‘ladi. O‘simlikni mayda gul to‘plamlariga mayda changlatuvchi arilar uchib kirib, urug‘chi guliga tuxumini qo‘yadi va o‘ladi. Urug‘chi gulida esa qanotsiz arilar rivojlanib, teshikdan tashqariga o‘rmalab chiqadi. Qanotsiz arilar ko‘paygandan so‘ng o‘ladilar va qanotli arilar mayda gul to‘plamlaridan gul changlarini ilashtirib uchib ketadilar va boshqa daraxtlardagi gullab turgan gultuplamlari-yirik gul to‘plamlariga qo‘nadilar, lekin urug‘chi gullarining ustuni uzun bo‘lgani uchun o‘z tuxumlarini qo‘ya olmay, anjir guli changlarini to‘kib boshqa yirik gul to‘plamlariga uchib ketadi. Shu zailda yirik gul to‘plamlaridagi urug‘chi gullarida mayda yong‘oqchalar rivojlanadi, gul o‘rni esa shishib, noksimon shakliga kiradi, shirin va sersuv bo‘ladi. Anjir asosan bir yillik qalamchalaridan ko‘paytiriladi.
Geografik tarqalishi. Anjirning vatani Kichik Osiyo hisoblanadi. O‘rta Osiyo, Janubiy Qozog‘iston, Qrim, Kavkaz, Moldaviyada, Krasnodar o‘lkasida tarqalgan. Gruziya, Ozarbayjon va Janubiy O‘zbekistonda (Sangardak va To‘palang soyda) tabiiy holda uchraydi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, madaniy holda ekiladigan bir qancha navlari bor.
Kimyoviy tarkibi. Anjir mevasi tarkibida 10-28 foizgacha, quritilganida esa 86 foizgacha qand, 0,22-0,59 foiz kislota, A, S, V, V2 vitaminlari, mineral tuzlar bo‘lib, u juda shifobaxsh hisoblanadi. Yangi uzilgan anjir mevalari tarkibida 20-30 % qand, V guruhidagi vitaminlar, karotin bor.
Ishlatilishi.Anjir bilan qadimda jigar, taloq va o‘pka shamollashini davolaganlar. Anjir mevasi va qoqisisdan tayyorlangan damlama yo‘talni to‘xtatishga, balg‘am ko‘chirishga yordam bersa, anjir sharbati bilan asal omuxtasi ko‘z shamollashiga foydalidir. Anjirning mevasi isitma tushuruvchi hamda ter haydovchi xususiyatiga ega. Anjir xomini yoki sutini, bargini sugal, temiratki va har xil dog‘larga surtiladi. Anjir mevasi tarkibida 80 foizgacha qand, organik kislotalar, vitaminlardan V1, V2, S, provitamin A lar bor. Fruktoza va glyukoza ko‘p. Anjirda oqsil, pektin, mineral tuzlar mavjud. Quritilgan bargi va mevasi shifobaxsh hisoblanadi. Quritilgan hamda qayta ishlangan mahsulotini uzoq vaqt saqlash va uzoq yerlarga yuborish mumkin.
Quritilgan mevasi ichni yumshatuvchi dori vositasi "Kafiol" tarkibiga kiradi. O‘simlik bargi psoberan dorisi ishlab chiqariladigan xom ashyo hisoblanadi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin