363
davlat o`ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin,
ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to`g`ri, degan savol tug`iladi. Unga
javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ish-
lab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi.
Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada
faqat vino ishlab chiqarish
samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan sohani
rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy ta-
jriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga
olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlan-
tirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar.
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham
barcha mamlakatlar uchun te-
gishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi
hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki
bu soha "mustaqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yax-
shi o`rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori
boblarda to`la berilgan).
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini
aniqlashni bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul
mexanizmi yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi
neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alo-
hida e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, bay-
nalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga olinmaydi.
"Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal
raqobat" mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyat-
larga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-o`zi
tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushunti-
rishda ular uzoq muddatli rejalarda "savdo sharoitlari"
industrial davlatlar
ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o`zgarmoqda, deb o`ylamoqdalar
va buni yer unumdorligining pasayib borishi degan qonun bilan
bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari o`sishini
hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xom
ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari yax-
shilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeyn-
schilik ta'limoti vakillarining fikricha, har
bir mamlakat ichki bozorda
ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan
bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq im-
port qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga
soluvchi jarayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
364
bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan
cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
Keyingi
davrda
vujudga
kelgan
iqtisodiy
ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson
tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi.
Ularning fikricha, har mamlakat
iqtisodiyoti ishlab
chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan,
demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi,
foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mam-
lakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har
bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozo-
riga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan
tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga
olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tar-
moqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz ke-
chadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va
xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi.
Shu sababli jahon
savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real
shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka
egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham
uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar
o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin kela-
jakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani
"tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari
amerikalik iqtiso-
diyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi.
Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil
etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsu-
lot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib
ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga
to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi
mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va
bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi sharoitning
mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning
quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy
ravishda ishlab chiqar-
Dostları ilə paylaş: