Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


-MA’RUZA. STATISTIK JADVAL VA GRAFIKLAR



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə10/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

4-MA’RUZA. STATISTIK JADVAL VA GRAFIKLAR


Reja

  1. Statistik kuzatish natijalarini aks ettirish

  2. Statistik jadvalarni turlari va tuzish usullari

  3. Jadvallarni to’ldirish

  4. Statistik grafiklar va ularning turlari



Tayanch iboralar: Statistik svodka va guruxlash, statistik jadval, atributiv va miqdoriy belgilar, jadvallarni tuzish usullari, jadvallarni to’ldirish, Graflar: nuqtali; chiziqli; yassi, hajmli grafiklar, diagrammalar, statistika xaritalari

Siz statistikani o’rganishni boshlamasdan oldin ham jadval so’zini eshitgansiz, ya’ni ko’paytirish jadvali (xalq ichida karra jadval deyiladi), logarifmik jadval, tasodifiy sonlar jadvali va h.k. Bu paragrafda gap statistika jadvallari ustida boradi. Ularni statistikani televizorlari desak xato bo’lmasa kerak, chunki har qanday statistik tekshirishning eng asosiy natijalari statistika jadvallari orqali ifodalanadi.


Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistik jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo’lgan.


Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.


Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi.


Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi (1-sxema).

Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvalning chap tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni ustunlarda joylashtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud ma’lumotlarning xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo’lishi mumkin, ya’ni ega o’ng tomonda, kesim esa chap tomonda joylashtiriladi.


Har qanday tuzilgan va to’ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo’lishi kerak. Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o’zida ifoda etishi kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.


Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga bo’linadi.


Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallarga aytiladi. Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va xronologik jadvallarga bo’linadi. Jadval egasida hodisalar sanog’i berilishi mumkin. Oddiy jadvalda faqat sanoqli, hududiy va xronologik tamoyil bilan berilgan informatsiyani kamroq o’rganamiz, asosan, ko’pchilik joyda, bu uchala tamoyil birgalikda qo’llaniladi.


1-jadval
Farg’ona tumani oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi



Tovarlar

N y.

N+1 y.

N+2y.
















Non va non mahsulotlari

2117,8

2118,3

2200,1

Sut va sut mahsulotlari

1821,4

1717,7

1819,2

Go’sht va tovuq

3030,3

3131,4

3141,8

Ichimliklar (alkogolsiz)

1917,6

1821,5

1800,4

Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi.


Farg’ona tumanida 30 ta oziq-ovqat do’koni mavjud. Shu do’konlarda tovar oborotining hajmi va muomala xarajatlari nisbiy darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun analitik guruhlash metodini qo’lladik. Olingan natijalar 2-jadval keltirilgan.

2- jadvalda (guruhiy) juda qiziq ma’lumotlar keltirilgan, ya’ni tovar oboroti va muomala xarajatlarining mutlaq hajmi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish, tovar oborotining mutlaq hajmi va muomala harajatlarining nisbiy darajasi o’rtasida teskari bog’lanish mavjudligi aniqlangan. Bu aloqalar statistikada juft aloqalar (bu masalalar keyingi mavzularda juda keng yoritiladi) deyiladi, ya’ni bir omilning natijaga ta’siri o’rganiladi.


2-jadval


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin