Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə18/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov,Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.

  2. SHodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.

  3. Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b

  4. Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.

  5. Godin, A. M. Statistika : uchebnik dlya bakalavrov / A. M. Godin. - 12-e izd., ster. — Moskva : Izdatelьsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», 2020. - 410 s.

  6. SHumak, O. A. Statistika: Uchebnoe posobie / O.A. SHumak, A.V. Gerasьkin. - M.: ITS RIOR: NITS Infra-M, 2019. - 311 s

5-ma’ruza. Statistik ko’rsatkichlar. O’rtacha miqdorlar.


Reja:

  1. O’rtacha miqdor, uning mohiyati.

  2. O’rtacha miqdor turlariv

  3. O’rtachani turini tanlash.

  4. O’rtachaning matematik xususiyatlari.

  5. Moda va mediana.



Tayanch iboralar: O’rtacha miqdor, o’rtacha oddiy arifmetik miqdor, o’rtacha tortilgan arifmetik miqdor, o’rtacha oddiy garmonik miqdor, o’rtacha tortilgan garmonik miqdor, o’rtacha xronologik miqdor, o’rtacha kvadratik miqdor, o’rtacha geometrik miqdor, moda, mediana, modal oraliq, vazn, chastota.

Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan xodisa va jarayonlarning hajmini, miqdorini, darajasini ta’riflovchi qator ko’rsatkichlarga ega bo’lamiz. Bunday ko’rsatkichlar boshlang’ich hisob ma’lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan miqdorlar bo’lib, mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rinishda bo’lishi mumkin.


Statistik kuzatish natijasida dastlab mutlaq sonlar olinadi, so’ngra shu sonlar asosida nisbiy va o’rtacha miqdorlar hisoblab chiqiladi.
Mutlaq miqdorlar kuzatilayotgan miqdor birliklarini qo’shish yoki ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Hisoblash asosan sinash va o’lchash usulida amalga oshiriladi.
Ifodalanishiga qarab mutlaq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi. Yakka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib, boshlang’ich hisob va kuzatish xujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar kuzatilayotgan to’plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular boshlang’ich statistik kuzatish matiallarini svodkalash natijasida olinadi. Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatdan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig’indisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin:

bu yerda: Aum – umumiy mutlaq miqdor;
a1an – kuzatilayotgan to’plam birliklari; yakka mutlaq miqdorlar;
- to’plam birliklarining yig’indisi.
Mutlaq miqdorlar naturada, shartli naturada, pul va kompleks o’lchov biriliklarida ifodalanishi mumkin. Natura-o’lchov birligi deyilganda o’rganilayotgan xodisaning ichki xususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi.
Murakkab xodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasi statistikada kompleks o’lchov birliklari deyiladi.
SHuni ham qayd qilish kerakki, natura o’lchov birliklari ayrim xodisalarning iste’mol xususiyatlarini to’la hisobga olmaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin