Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə17/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar ordinata o’qida belgilanadi.

Ogiva ham kumulyata egri chizig’i ko’rinishida bo’ladi, lekin koordinata o’qlari turlicha bo’ladi. Ya’ni abstsissa o’qida chastotalar yig’indisi, ordinata o’qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi.


Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.




Statistika xaritalari – grafik tasvirlash shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.

Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud: xaritagramma, xaritadiagramma. Xaritagramma – bu sxematik geografik xarita bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko’rsatkichi bo’yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali


tasvirlashdir.


Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo’linadi. Fonli xaritagrammada hududlar ularni baholovchi darajalarga ko’ra turli ranglar orqali tasvirlanadi. Siyosiy dunyo kartasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma’lum bir zichligi, kattaligi orqali ifodalanadi. Fonli xaritogrammalar asosan nisbiy va o’rtacha miqdorlarni ifodalashda, nuqtali xaritogrammalar esa asosan hajmli, miqdoriy ko’rsatgichlarni ifodalashda foydalaniladi.


Xaritalarning yana bir turi xaritadiagrammalardir. U geografik xaritalardagi hududlar hodisalarini diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi. Bunda tasvirlovchi belgi(diagramma)lar bo’lib nuqta, chiziq, ustun, lenta, kvadrat, doira, har xil figuralar xizmat qiladi. Bu belgilar hududlarga tegishli hodisalarning darajasiga yoki xususiyatiga ko’ra turli o’lchovda geografik xaritalarga joylashtiriladi.


Siyosiy dunyo xaritasidagi shaharlarni ifodalovchi belgi – nuqtalar (doira) xaritadiagrammaga misol bo’ladi. Bunda nuqtaning kattaligi u shaharda aholi sonini ifodalaydi.


Xaritadiagramma xaritagrammalarga nisbatan geografik holatlarni o’rganishda qulayroq hisoblanadi. Unda murakkab statistik-geografik ma’lumotlarni ko’rinarli va tushunarliroq holda tasvirlash mumkin. Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, statistik grafiklar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hodisalarni o’rganishda muhim statistik qurollardan biri bo’lib, ularda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tashqi tasviri yorqin namoyon bo’ladi. Ularni insoniyat hayotida uchraydigan hodisa va jarayonlarning oynasi deb atasak xato bo’lmasa kerak.


Asosiy tayanch iboralar: statistik jadval, jadval maketi, statistik grafik, grafik tasvir, grafik maydon, maydon o’lchovi, masshtab (miqyos)shkala, grafik talqin, dinamik grafiklar, variatsion grafiklar, geografik grafiklar, analitik grafiklar, nuqtali grafiklar, chiziqli grafiklar, yassi grafiklar, hajmli grafiklar, diagramma, xaritogramma, gistogramma, poligon, kumulyata, ogiva, taqqoslovchi grafiklar



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin