Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Daromadlarni qayta taqsimlash schyotlari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə43/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Daromadlarni qayta taqsimlash schyotlari. Iqtisodiyot sektorlari o’rtasida bo’ladigan daromadlarni qayta taqsimlash opreatsiyalari ikki schyotda ifoda etiladi. Birinchi schyot Pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti ikkinchisi Natura holatidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti deb ataladi.
Bu schyotlarni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad, iqtisodiyot
sektorlarining ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida topgan birlamchi

daromadlarini qayta taqsimlash jarayoni ifoda etishdan iborat. Qayta taqsimlash jarayoni rezident birliklar o’rtasida va rezidentlar bilan norezidentlar o’rtasida bo’lishi mumkin. Quyida xar ikkala schyotni alohida-alohida ko’rib chiqamiz.




Pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti. Bu schyotda mamlakat rezident birliklari o’rtasida va rezidentlar bilan norezidentlar o’rtasida joriy transfertlar ayirboshlash operatsiyalari natijasida mamlakat va iqtisodiyot sektorlarining ixtiyordagi daromadining hosil bo’lish jarayonlari aks ettiriladi.

Iqtisodiyot sektorlari pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti.


Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish jarayonlari aks ettiriladi.


Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi.


Natura holatidagi transfertlar olingan(berilgan) tovarlar, aktivlar va ko’rsatilgan xizmatlarning shu davrdagi bozor baholaridagi miqdorida qayd qilinadi. Pul va natura holatidagi transfertlar joriy va kapital xarakterda bo’lishi mumkin. Ularni bir biridan farqlash juda muhim. Chunki, joriy transfertlar pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyotida, kapital transfertlar esa kapital xarajatlar schyotida qayd qilinadi.


Joriy transfertlar qatoriga quyidagilar kiradi: daromad va mulk uchun joriy soliqlar; sotsial sug’urta ajratmalari; sotsial to’lovlar; sug’urta mukofotlari va qoplamalari; turli qayta taqsimlash to’lovlari(jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik yordamlari, a’zolik badallari, xayr-ehson va x.k.).


Iqtisodiyot sektorlarining olgan va bergan joriy transfertlar miqdorlari har doim ham bir-biriga teng bo’lavermaydi. Chunki, joriy transfertlar operatsiyalarining bir qismi mamlakat ichki sektorlari (rezident) va norezident birliklar o’rtasida sodir bo’ladi. Joriy transfertlar olingani va berilgani o’rtasidagi farqni birlamchi daromadlar saldosiga qo’shib ixtiyordagi daromad ko’rsatkichiga ega bo’lamiz.


Mamlakat miqyosida barcha iqtisodiyot sektorlarining ixtiyordagi daromadlari yig’indisi milliy ixtiyordagi daromad(MID) deyiladi. Bu YAIM va YAMD agregatlari kabi muhim agregatlardan hisoblanadi. Bu agregat ham yalpi(YAMID) va sof(SMID) usullarda hisoblanadi. Tashqi dunyodan olingan va tashqi dunyoga to’langan joriy transfertlar o’rtasidagi farq tashqi dunyo joriy transfertlar saldosi (TDJTS) deyiladi. U musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. YAMID va YAMD o’rtasida quyidagi munosabat o’rinli:


YAMID = YAMD + TDJTS.


Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlariga kiruvchi birliklar o’zlariga tegishli ixtiyordagi daromadlarining bir qismini uy xo’jaliklarining yakuniy iste’moli uchun sarflaydilar. Bu xizmatlar odatda individual (kollektiv emas) tarzda ko’rsatiladi. U pul yoki natura (tovar yoki xizmat) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu tarnsfertlar aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoyalash va yordam maqsadida amalga oshiriladi va natura holidagi sotsial transfertlar deb ataladi.

Natura holidagi sotsial transfertlar davlat byudjeti va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar mablag’lari hisobiga uy xo’jaliklariga bepul ko’rsatiladigan meditsina va o’quv xizmatlaridan, sotsial, diniy, siyosiy va madaniy xizmatlardan, turli xil tovarlarni (dori-darmonlar, nogironlar aravachalari va avtomobillari va x.k.) bepul berishdan iborat. MHTda bunday jarayonlar yuqorida keltirilgan schyotda yozib boriladi.


Iqtisodiyot sektori schyotlari bir-biridan joriy tranfertlar tarkibi bilan farq qiladi. Hamma sektorlar schyotlarida ham birlamchi daromadlar saldosi ko’rsatkichi mos ravishda bundan oldingi schyotdan (birlamchi daromadlar taqsimoti schyotidan) schyotning resurs qismiga o’tadi.


Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining tuzatilgan ixtiyordagi daromadlari shu sektorlarning ixtiyordagi daromadidan aholiga bergan natura holidagi sotsial transfertlarni chegirib tashlash orqali topiladi.


Nomoliya va moliya korxonalari sektorlarining tuzatilgan ixtiyordagi daromadlari pul holidagi ixtiyordagi daromadlariga teng bo’ladi. Chunki bu sektorlar natura holida sotsial transfert olmaydilar va bermaydilar. Ular o’rtasidagi natura shaklida olingan(berilgan) transfertlar joriy va kapital transfertlar sifatida qayd etiladi.


Xulosa qilib aytganda, ushbu schyotni tuzishdan ko’zlangan maqsad, bir tomondan uy xo’jaligi sektorining keng ma’nodagi daromadini va yakuniy iste’molini aniqlashdan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining oxirgi iste’molga va jamg’armaga yo’naltiradigan mablag’larini hisoblashdan iborat.


Daromadlarni ishlatilishi schyoti. Daromadlarni ishlatilishi schyotida mamlakat miqyosida hamda uy xo’jaligi va davlat boshqaruv idoralari sektorlarining pirovard (yakuniy) iste’mol va jamg’arma ko’rsatkichlari hajmi aniqlanadi. Nomoliya, moliya va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining yakuniy iste’moli bo’lmaydi. Shu sababli, yuqorida qayd etilgan ikki sektorning jamg’arma ko’rsatkichi ixtiyordagi daromad ko’rsatkichiga teng bo’ladi. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorining yakuniy iste’moli bo’lmaganligi uchun uning jamg’armasi tuzatilgan ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi. Schyotning mamlakat miqyosida tuzilish sxemasi quyidagicha:

Schyotdagi birinchi ko’rsatkich - ixtiyordagi daromad ko’rsakichi daromadlarni qayta taqsimlash schyotidagi muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, bu schyotga resurs sifatida o’tgan.


Ikkinchi ko’rsatkich - pirovard iste’mol ko’rsatkichi uy xo’jaliklari va davlat boshqaruv idoralari sektorlariga kiruvchi birliklarning kuzatilayotgan davrda o’zlarining iste’moli uchun qilgan sarf - xarajatlari (aholi xarajatlari) va davlat idoralarining o’z faoliyatlarini yuritish mobaynida qilgan xarajatlaridan iborat.


Keyingi ko’rsatkich - jamg’arma ko’rsatkichi bu schyotning muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiy ma’nosiga ko’ra, bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha kapital xarajatlar uchun sarflanishi mumkin bo’lgan (qarz bo’lmasdan) maksimal miqdordan iborat. Bu ko’rsatkich sof usulda hisoblangan bo’lsa sof jamg’arma, yalpi usulda (AKI bilan birga) hisoblangan bo’lsa yalpi jamg’arma, deb ataladi.


Jamg’arma odatda ishlab chiqaruvchi birliklarning ishlab chiqarishlarini kengaytirish va takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan sarf xarajatlarga ishlatiladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin