Islom Karimov


O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi (Parlament)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi (Parlament). 0‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil. Unga 25 yoshga yetgan 0‘zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadir.

Prezident I.A. Karimov tomonidan ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish g‘oyasi 2000-yil 25-mayda Oliy Majlisning 2-sessiyasida ilgari surildi: «Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o'zgarishi bilan, odamlarimizning awalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o'zgarishlar boiishi tabiiydir. Shu holatlami nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifmi kiritmoqchiman, ya’ni biz 2004-yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim»126.

2004-yildan buyon 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bo‘lishi belgilandi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a'zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.



0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-modda- siga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining bir- galikdagi vakolatlari quyidagilardan iboratdir:


  1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo'shimchalar kiritish;



  2. 0‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy va boshqa qonunlarini qabul qilish, ularga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish;



  3. 0‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o'tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;



  4. 0‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;



  5. 0‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;



  6. 0‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning 0‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;



  7. boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;



  8. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taq- dimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;



  9. soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;



  10. 0‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoii bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;



  11. tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ulaming nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;



  12. davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish;



  13. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqamvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;



  14. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;



  15. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- lanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hiso- botlarini eshitish va muhokama qilish;



  16. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson hu- quqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;



  17. 0‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;



  18. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda umsh holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;



  19. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki. qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;



  20. xalqaro shartnomalami ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;



  21. ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlami amalga oshirish.



Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining mutlaq vakolatlari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79—80- moddalarida belgilab qo‘yilgan127.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin