Islom Karimov


‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

1. 0‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari.

0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti. 0‘zbekistonda davlat boshqaruvining shakli Prezidentlik Respublikasidir. 0‘zbekiston davlati tarixida Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat boshqaruvi dastlab 1990-yil 24-martda ta'sis etildi va birinchi bo‘lib IAKarimov Prezident bo‘lib saylandi 1991-yil 18-noyabrda «0‘zbekiston Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Mustaqillik davrida Prezidentlik instituti to‘la shakllandi. 0‘zbekiston Konstitutsiyasi 19-bobining 89-moddasiga ko‘ra, «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi»124. Prezidentlik lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 0‘zbekiston hududida muqim yashagan 0‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo'lishi mumkin emas. Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi.



0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi vakolatlarga egadir:


  1. fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;



  2. 0‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlami amalga oshirish yuzasidan zarur chora- tadbirlar ko'radi;



  3. mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O'z- bekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;



  4. muzokaralar olib boradi hamda O'zbekiston Respub- likasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika to- monidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta'minlaydi;



  5. o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarnfng ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;



  6. 0‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;



  7. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga haryili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi;



  8. respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqamvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;



  9. Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;



  10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi;



  11. 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi;



  12. 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ulami lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;



  13. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo'jalik sudi raisi va sudyalari, 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisi lavozimlariga nomzodlami taqdim etadi;



  14. viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo'jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;



  15. 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr- qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;



  16. respublika davlat boshqamv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to'xtatadi, bekor qiladi, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;



  17. 0‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo'yish uchun 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;



  18. 0‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e'lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;



  19. favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko'zlab, 0‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig'iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;



  20. 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mon- donlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;



  21. 0‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig'i bilan mukofotlaydi, 0‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;



  22. 0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;



  23. amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlami qabul qilish haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va 0‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni avf etadi;



  24. 0‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Miliiy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;



  25. Konstitutsiya va 0‘zbekiston Respublikasining qonun- larida nazarda tutilgan boshqa vakolatlami amalga oshiradi.



Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxsiaiga topshirishga haqli emas.

Shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94, 95 va 97-moddalariga binoan quyidagi vakolatiarga egadir:




  1. modda. 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlarva farmoyishlar chiqaradi.



  2. modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtilotlar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o'rtasida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo'lmaydigan ixtiloflar yuz berganda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.



0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.

97-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a'zosi lavozimini egallaydi125.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin