Islom Karimov


‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi (ijro etuvchi hokimiyat)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

0‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi (ijro etuvchi hokimiyat). 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 98-moddasiga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari va huquqiy maqomi quyidagilardan iboratdir:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo'yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boigan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgarboiadi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigiga binoan xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, 0‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir128.

Mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasi, ya'ni ijroiya ho- kimiyat — hukumat tarkibi 4 marta yangidan tasdiqlandi. Oxirgi, ya'ni to‘rtinchi marta 2010-yil 12-martda Vazirlar Mahkamasi tarkibi quyidagi tartibda belgilandi: Vazirlar Mahkamasi a’zolari ~ 8 ta, vazirliklar — 14 ta, davlat qo‘mitalari — 9 ta129, jami 31 ta.



  1. 0‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayoni



Ba’zi olimlar fikricha, siyosiy rahbarlik ijtimoiy boshqaruvning alohida namoyon bo‘lishidir. Siyosatni boshqaruvdan, boshqaruvni esa siyosatdan ajratib boMmaydi. Shuningdek, boshqaruv tashkilotning yoki jamiyatning yaxlitligi va barqarorligiga erishish vositasidir. Shuningdek, hokimiyat ijtimoiy boshqaruvning zaruriy shartidir. Boshqaruv o‘zini o‘zi boshqaruvdan farq qilib, qonunlar, rahbarlar, boyliklar ko'rinishidagi maxsus tashkil etilgan tartibga soluvchi mexanizmlar yordamida insonlaiga ongli ravishdagi legitim ta'sir sifatida paydo bo‘ldi. Keyinchalik boshqaruvga insoniylik, maqsadga muvofiqlik va oqilona g‘oyalar ta'sirida jamiyat maqsadlariga erishish vositasi sifatida qarala boshlandi130. Yana ba’zi talqinlarda esa boshqaruv — subyektlar va oiganlar tomonidan odamlarga nisbatan ongli maqsadga muvofiq holdagi ta’siri va iqtisodiy subyektlarning esa ular xatti-harakatini yo'naltirish va kutilgan natijalami olishga qaratilgan maqsadlardagi ta'siridir131.

0‘zbekistonda davlat boshqaruvi — ijrochilik faoliyati yuritish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati faoliyatini amalga oshirishning yagona ko‘rinishidir. Bunday boshqaruv birinchi galda, qonunlar, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlarini hayotga joriy etishga qaratilgan. Davlat boshqaruvi xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy sohalarga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi ma’lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‘lib, bir qator funksiyalarga tayanadi. Davlat boshqamvi organlarining o‘ziga xos funksiyalari quyidagilar:

Istiqbolni belgilash funksiyalari — ilmiy ma'lumotlarva qo‘lga kiritilgan yutuqlarga asoslangan holda, qandaydir hodisa yoki jarayonlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish.

Rejalashtirish u yoki bu faoliyatning yo‘nalishlari, maqsad, vazifasi, reja va ko‘rsatkich!arini aniqlash, u yoki bu jarayonlarni (iqtisodiy, madaniy va boshq.) rivojlantirish.

Tashkil etish — boshqaruv va boshqariluvchi tizimni tashkil etishni ta'minlash-Tashkil etish funksiyasi — birortizim, uning bo'laklari, joylashuvi, ularning o‘zaro aloqasi va har bir bolakning funksiyasi nimadan iborat ekanligini aniqlab beradi.

Tartibga solish — qandaydir faoliyat, u yoki bu harakatlarni amalga oshirish tartibifti o‘matish.

Muvofiqlashtirish — ma'lum bir maqsadga erishish uchun turli organlar, korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘z harakatlarini o'zaro icelishuv asosida amalga oshirishlari.

Nazorat — dav at boshqaruvining nazorat qilish funksiyasi bilan hisobga olish funksiyasi bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Hisobga olish orqali resurslar soni, xarajatlar, huj- jatlarning harakati, qarorlar ijrosi natijalari aniqlanadi.

Mustaqillik davrida davlat hokimiyati organlari va boshqamvini demokratlashtirishga mamlakatning strategik pirovard maqsadi — fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning tarkibiy qismi sifatida qaraldi. Aynicsa, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvini demokratlashtirishning asosiy omili bo'lgan nomarkazlashtirish islohotlarini amalga oshirish natijasida bu sohada tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2004-yillarda yanada chuqurlasha boshlagan nomarkazlashtirish islohotlari doirasida qator davlat organlari funksiyalari va vakolatlari qayta ko‘rib chiqildi, ular vakolatlarining birqismi quyi davlat hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga berila boshlandi.

Markaziy davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining ko'plab vakolatlari va funksiyalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga uzatildi. Ular, asosan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, litsenziya berish, standartlar belgilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ulaming sifatini kuzatib borish bilan bog‘liq vakolatlardan iborat bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki o‘n yiliigida oliy va o‘rta maxsus kasb- hunar ta'limi sohasi vaziriik va viloyat hokimligi boshqamvi darajasida belgilanib, ulardan moliyalashtirish va inson resurslarini joylashtirish kabilar viloyat hokimliklari vakolati sifatida belgilangan edi. 0‘rta ta’lim tizimini boshqarishda tuman va shahar hokimliklari joriy boshqamv jarayonini muvofiqlashtirish, resurslarni joylashtirish, monitoring olib borish kabi vakolatlarga ega edi. Shuningdek, markaziy davlat oiganlarining atrof-muhitni himoya qilish, avtomobil va yo‘lovchi tashuvchi transportni tartibga solish, aholiga kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish (chunonchi, ko‘p bolali, kam ta'minlangan oilalar, nogironlami qo‘llab-quwatlash) kabi boshqamv vakolatlari va funksiyalari mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berildi. Bularning bari mahalliy o‘ziga xosliklami yanada to‘liqroq hisobga olish, funksiyalami bajarishda operativlikni oshirish va oxir- oqibatda, mahalliy aholi hayotini yaxshilash imkonini beradi.

Albatta, mamlakatda boshqaruv va hokimiyat organlarini nomarkazlashtirishning samarasi jamiyatning barcha sohalarida sezilishi uchun markaziy hokimiyat organlarini nomarkaz- lashtirishni, inson taraqqiyoti parametrlarini o'zgartirishni, bu sohada qonunchilikni rivojlantirish, iqtisodiy va tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha shart-sharoitlar yaratib berishini taqazo etdi. Shuning uchun ham bu davrda o‘zini o‘zi boshqarish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga doir qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ayniqsa, o'zini o‘zi boshqarish organlarida faoliyat yuritadigan xodimlarsoni ko‘paytirildi. Mahalla posboni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish bilan shug‘ullanuvchi oqsoqolning maslahatchisi febi oylik maoshi olib ishlaydigan lavozimlar joriy etildi. Mahalla fuqarolar yig'ini oqsoqoli va kotibining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir imtiyozlar berildi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari idoralari va mahalla guzarlari qurildi, shu kabi obyektlarga ega mahallalar guzarlari qaytadan zamonaviy talablar asosida ta’mirlandi. Mahalla guzarlarida aholiga dastlabki maishiy xizmat ko'rsatishga doir xizmat ko‘rsatish majmualari shakllandi.

Davlat hokimiyati oiganlari va boshqaruvini nomarkazlashtirish islohotlari sohasidagi tub o‘zgarishlar 2004-yildan boshlandi. Bunda asosan «markaz — hududlar», «davlat — xususiy tarmoq», «davlat — fuqarolik jamiyati» munosabatlarida ko‘proq gorizontal o‘zaro munosabatlar ahamiyatini oshirish, quyi organlarga nisbatan mustaqillik berishga doir vakolatlar berila boshlandi.

Shuningdek, 0‘zbekistonda nomarkazlashtirish islohotlarini olib borishda quyidagi milliy an'analar va tajribalar e’tiborga olindi:



  1. individualizmdan jamoachilikni ustuvor qo‘ygan milliy qadriyatlar va an’analar;



  2. qadimdan shakllangan davlat organlari va mansabdorlariga hurmat bilan qarash va ularga ishonch bildirish;



  3. davlat olib borayotgan islohotlar natijalarini chuqur anglash, bu jarayonga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish;



  4. jamiyatda keksalar va ayollarga hurmat bilan qarash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ulari- ning mavjudligi;



  5. jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga nisbatan o‘ta xayrixohlik.



Mamlakatda davlat hokimiyati organlari va boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayonida bu sohaga mutasaddi bo‘lgan hukumat komissiyasiga davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini qaytadan taqsimlab chiqish vazifasi topshirilgan edi. Bunda asosan bjr xil vakolatlarni bajarayotgan organlarni aniqlash, ular vakolatlarini bir-biridan ajratish, hokimiyat va boshqaruv organ- larining tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, davlat hokifniyati organlari faoliyatini qonunlarda belgilangan doiralandan chiqmasligini ta’minlash kabilarga jiddiy e'tibor qaratildi. Islohotlar natijasida 2004-yildan boshlab bu sohada quyidagilaiga erishildi:



  1. davlat boshqaruvi tizimida turli vakolatlarni amalga oshirib kelayotgan 27 ta davlat boshqaruv organi va xo‘jalik idoralari qisqartirildi;



  2. xo'jalik idoralarining davlat boshqaruviga doir vakolatlari olib tashlandi;



  3. davlat boshqaruv devonlarining oliy qatlamiga tegishli rahbariyat tarkibi ham qisqartirildi (vazir maqomiga teng bo‘lgan 20 ta lavozim va vazir o‘rinbosari maqomiga teng bo'lgan 80 ta lavozim);



  4. ma'muriy-boshqaruv vakolatlarini amalga oshirayotgan 40 ming nafarga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirildi.



Noyob va bozori chaqqon boigan tovarlarning ba’zilarini markazlashgan holda taqsimlashga barham berish maqsadida ularning davlat tomonidan tasdiqlanadigan balanslari miqdori deyarli ikki barobarqisqartirildi. Natijada, bu holat resurslaming cheklangan holda taqsimlanishini bartaraf etishga shart-sharoitlar yaratdi. Endilikda bu kabi tovarlarni tarqatish va oldi-sotdi qilish biija va auksionlar vositasida — xaridorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotila boshlandi.

Mamlakatda davlat hokimiyati va boshqamvini demok- ratlashtirish islohotlari «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida olib borildi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi asosida 2007- yil 11-aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, mavjud demokratik prinsiplarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat icasb etdi132. Bu islohotlar natijasida parlamentning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, palatalar o'rtasida xalq irodasiga tayangan holda har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimi hamda mexanizmini vujudga keltirish, deputatlarning demokratik tartib-taomillar va siyosiy raqobat sharoitida doimiy asosda professional tarzda ish olib borishlari, qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatida umumdavlat va hududiy manfaatlaming mutanosibligiga erishish, fuqarolarning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi.




  1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish islohotlarining yanada chuqurlashuvi



0‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvini demok- ratlashtirishga doir amalga oshirilgan islohotlarning ulkan nati- jalari Prezident I.A.Karimovning 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o'tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma'ruzasida chuqurtahlil etib berildi.

2001—2010-yillar ichida mamlakatda davlat hokimiyati va boshqamvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‘ta muhim bir maqsad — hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlar ko‘rishga qaratildi.

Bu davrda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma'muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e'tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko'zda tutildi. Shuningdek, boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalaming bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, 0‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning noyob shakli bo'lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat

qaratildi mi[|jy pariameruni ta.shkil etish masalasi bo‘yicha

2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qiiinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.

2007-yilda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqealardan biri bo‘ldi. Konstitutsiyaning 89-moddasida «0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi» degan qoida belgilab qo‘yildi135.

Ilgari 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimining tugatilishi ham liberallashtirish va demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Konsepsiyada bu davrga kelib mamlakat aholisining siyosiy- huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, ko'ppartiyaviylik tizimining tobora mus- tahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya'ni davlat boshlig‘i bo'lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taq- simlanishini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotganligidan kelib chiqqan holda, 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilindi:

«0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo'yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsanjavobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko'radi, O'zbekiston Respublikasi qonunlarida, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi134.

0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o'rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz beigan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo'yicha qaror qabul qiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng 0‘zbek.iston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi»135.

0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilayotgan ushbu o‘zgartishlaming mazmun-mohiyati shundan iborat bo‘ldiki, ulaiga ko‘ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko'rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarini ifodalaydigan yangi tartibi o‘matilishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan bu o'zgartishlarga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazitga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berish, ayni vaqtda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqarish taklif etildi.

Konsepsiyada 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga zikr etilgan tuzatishlami kiritish taklif etilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78- va 93-moddalariga ham tegishli o‘zgartishlar kiritish zarurati tug'ilishi ta'kidlanib, jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandini «... shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish» degan so‘zlar bilan to‘ldirish kerakligi taklif etildi. Keyinchalik bu taklif asosida o‘zgartishlar kiritilgan bu band Konstitutsiyada quyidagicha ifodalandi: «0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish».

93-moddaning 15-bandiga «viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi» degan so‘zlardan oldin «Olzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan ...» degan so‘zlami kiritish maqsadga muvofiq ekanligi ta'kidlandi. Keyinchalik mazkur kiritilgan o‘zgartish Konstitutsiyada quyidagicha ifodalandi: «0‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha'ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli».

Shuningdek, 93-moddaning 8-bandidan «ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi» degan so‘zlami chiqarish, 93-moddaning 16-bandini «...0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli» degan so'zlar bilan toidirish tavsiya etildi. Keyinchalik mazkur kiritilgan o‘zgartishlar asosida Konstitutsiyaning 93-moddasi 8- va 16-band- lari quyidagicha ifodalandi:

«8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa oiganlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;

16) respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlaming qabul qilgan huijatlarini to'xtatadi, bekor qiladi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli».

Shuningdek, 93-moddaning 12-bandidan «0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori» degan so'zlardan keyin «uning o‘rinbosarlari» degan so‘zlami chiqarish va ulaming o‘miga «Hisob palatasi raisini» degan so'zlarni kiritish va undan so‘ng matn bo'yicha «tayinlaydi va ulami lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi» degan tarzda bayon etish kerakligi taklif etildi136.

Keyinchalik mazkur kiritilgan o‘zgartish Konstitutsiyada quyidagicha ifodalandi: «0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalami 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiradi».

Shu bilan birga, Prezident l.A.Karimov Konsepsiyada «saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshirilishi lozim boladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazrriun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh etish va demok- ratlashtirishning yangi bosqichini boshlab berishini» alohida ta’kidlab ko‘rsatish barobarida «mazkur islohotlaming muvaffaqiyati, awalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo'lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqa- rolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ulaming siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o‘z-o‘zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning 0‘zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlami o‘z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liq» ekanligiga barchaning diqqat-e’tiborini qaratdi.

Konsepsiyada ilgari surilgan takliflar va 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 2011-yil 4-martda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Olzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi Qonun qabul qilinib, Oliy Majlis Senatining 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma’qullandi va 2011- yil 19-aprel kuni matbuotda e'lon qilindi.

Mazkur qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda amalga oshirib kelingan islohotlarning mantiqiy davomi boiib, uning yangi bosqichini boshlab berdi va davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya’ni davlat boshligi boigan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi vakolatlaming yanada mutanosib taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu hujjat Bosh vazimi lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishning, parlament va hukumat o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi demokratik tartibini belgilashi bilan biiga, jamiyat hayotini demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishini ta'minlashga hamda yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustah- kamlanishiga ham keng sharoitlar yaratadi.

Takrorlash uchun savollar:




  1. 0‘zbekiston Respublikasida markaziy davlat hokimiyati va boshqamvi organlari, deganda nimani tushunasiz?



  2. Davlat hokimiyati va davlat boshqamvi tushunchalarini ta'riflab bering.



  3. 0‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqamvini demok- ratlashtirish qachon boshlandi, bu sohada nimalarga erishildi?



  4. «Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chu- qurlashtirish va fiiqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da davlat hokimiyati va boshqamvini demokratlashtirishga doir qanday strategik vazifalar qo‘yildi?



  5. 0‘zbekistonda qanday jamiyat va davlat qurish asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e’lon qilingan?






Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin