16
Nargiza MUSULMANOVA
ekan, amalga oshirilgan har qanday tadqiqot ishi – dunyoni anglash-
ga va uning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga bir
qadam hisobla-
nadi.
Ilmiy va ijodiy ish olib borish jarayoni o‘ziga xos metodologik
xarakterga ega bo‘lib, bunda subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘za-
ro aloqadorlik muhim rol o‘ynaydi. Zero, bunday integratsiya ilmiy
tadqiqot olib boruvchi subyektning o‘z obyekti (tadqiq mavzusi)ga
izchil ta’sir ko‘rsatadi. Shu orqali inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi-
ga erishish yo‘lida fandagi barcha yangiliklarni va fanning tarixini
o‘rganishga, o‘sha
muhitga kirib olishga, uning qaysidir jihatlarini
o‘zgartirishga, asosli yangilik yaratishga harakat qiladi.
Ilm-fan taraqqiy etar ekan, unga bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyat
ham ortib boradi.
Ijod qilish, ilm bilan shug‘ullanish, yangiliklarni
kashf qilish, ilmiy muammolar va ularning yechimlarini topish, ta-
fakkurni o‘stirish, yoshlarni ilm bilan shug‘ullanishga da’vat etish –
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladigan talabalarning barchasi
o‘z yo‘nalishi va mutaxassisligidan kelib chiqib, o‘qitiladigan barcha
fanlardan topshiriqlar, xususan, referat, kurs ishi, tezis, kichik ilm-
iy va metodik maqolalar kabi ilmiy matnlar bilan ishlashga majbur
bo‘ladilar. Ularda bu ko‘nikmalarni shakllantirish esa oliy o‘quv yur-
tining professor-o‘qituvchilari zimmasiga tushadi. Referat yoki kurs
ishi haqida tushunchaga ega bo‘lmagan talaba uni mukammal bajara
olmaydi.
Natijada, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib tayyorlangan ish talabani
baholashda qiyinchiliklarga olib keladi. Tajribamiz shuni ko‘rsata-
di-ki, yillar davomida shakllanadigan ilmiy ijodkorlikni biz talaba-
lardan zudlik bilan rivojlanishini talab qilamiz. Chunki, 1-kursdan
boshlab ulardan
referatlar, taqdimotlar, esse, Abstrakt, konspekt va
shunga o‘xshash
matnlarni yaratishni, yangi zamonaviy usullarda
ularni taqdim etishni talab qila boshlaymiz. Tabiiyki, 1-kurs talabasi
bunga hali tayyor bo‘lmaydi.
Talabalarda ilmiy-ijodiy ish yozish ko‘nikmalarini shakllan-
tirish orqali ilmiy tadqiqot metodologiyasi evristik xarakterga ega
ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ilmiy ijod bir mavzu asosida
ilmiy tadqiqot olib borish demakdir.
Har qanday ilmiy tadqiqot esa,
o‘z navbatida empirik va nazariy qarashlarni, shu
bilan birga, aso-
slarni ham talab qiladi. Biz ilmiy matn turlarining bir qanchasi bilan
yaqindan tanishish bilan birga, ularni shakllantirish, ularga oid man-
balar bilan ishlash, xulosa chiqarish, tanqidiy fikrlar bildirish, analiz
va sintez qilish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida
ulardan to‘g‘ri foydalanish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoni-