2.1. Ma’ruza mashg`ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari
№
Ma’ruza shakllari
O`ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari
1.
Kirish ma’ruzasi
Fan to`g`risida yahlit tasavvur hamda ma’lum yo`nalishlar beradi. Pedagogik vazifasi: o`quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o`rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo`nalishini belgilash, tavsiya qilingan o`quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.
2.
Ma’ruza axborot
Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o`quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.
3.
Sharhlovchi ma’ruza
Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o`zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo`limlarining konseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o`zaro aloqadorligini ochish.