Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə37/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish
tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

2-Mavzu. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish
tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi.
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani o`quv predmeti sifatida boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi.

  2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari.

  3. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya.

4.Estetik tarbiya, estetik tarbiyaning mazmuni. Axloqiy tarbiya.



  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani o`quv predmeti sifatida boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiypedagogika, psixologiya,inson umrining yoshi davrlariningfiziologiyasi va jismoniytarbiyapsixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alohida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘g‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muhitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta’sir ko‘rsata oladiganlarigina alohida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan bog‘liqligi jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-rining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
SHuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta’sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.


  1. Yüklə 2,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin