Jismoniy madaniyat nazariyasining oliy jismoniy ta’lim tizimidagi o’rni.
Milliy mafkuramiz, iftixorimiz va g’ururimizda eng yaxshi yangiliklarni xalqqa tezda tarqatish qadimdan qolgan madaniy meroslar toifasiga kiradi. To’ylar, tomoshalar, sayillarda jarchilarning «Odamlaru-odamlar, eshitmadim demanglar!» degan baland ovozlarini ba’zi kinolardan ko’rib, ularning tub mohiyatiga yetib kelayotgan odamlar oz emas, bugungi kunda bunday chaqiriq, jar solishning ijtimoiy-tarbiyaviy va tashkiliy jihatlarini har bir kishi yaxshi tushunsa kerak.
Ijtimoiy-madaniyat, iqtisod, aniqsa ishlab chiqarish – texnikaning rivojlanishi aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini kengaytirishning juda ko’p usullari, vositalarini yaratmoqda.
Jahondagi taraqqiy qilgan davlatlarda hozirgi kunda faqat gazeta, jurnal, kitob, radio, televideniya, turli reklamalar bilangina emas, hatto kompьyuter, internet vositalaridan ham unumli, maqsadli foydalanmoqdalar. Bu jihatdan O’zbekistonda ham o’ziga xos xususiyatlar mazmunlar, shakllar va usullarga egadir.
Bunday jarayonlarda jismoniy madaniyat, sport, xalq milliy o’yinlari va sayohatlar alohida o’rin hamda nufuzga egadir.
Futbol, boks, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha musobaqalar, ertalabki jismoniy tarbiya va hokazoning har kuni televideniyada ko’rsatilishi barcha yoshdagi sport muxlislari va oddiy kishilarni ham jalb etmoqda.
O’zbekistonda o’nlab markaziy gazetalar va viloyat, shahar-tumanlarda bir necha yuzlab mahalliy gazetalar chiqarilmoqda. Ularning sahifalaridagi sport mavzusi barchani o’ziga qaratmoqda.
«Sport», «Sport-futbol», «O’zbekiston futboli», «Turkiston», «Ma’rifat» va boshqa ko’pgina gazetalar jismoniy madaniyat va sport harakatini targ’ibot qilishda asosiy vositalarga aylangan.
Mustaqillik davrigacha markaziy va viloyatlardagi gazetalarda sport mavzusida juda kam materiallar berib kelinardi. Bunda «Bizning gazetada sport materiallariga o’rin berilmagan», degan javoblarni har qadamda eshitish mumkin edi.
Bugungi kunda Oliy Majlis va O’zRVMning «Xalq so’zi», Xalq demokratik partiyasining «O’zbekiston ovozi»hatto yozuvchilar, rassomlar, san’atkorlarning ham vositalarida sport mavzusi ustuvor turmoqda. Buning sababi shundaki, Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev respublika hukumati faqat farmonlar, qarorlar chiqarish bilangina emas, balki, ommaviy axborot vositalarining sahifalarida sport materiallarini keng yoritishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Shu sababdan deyarli barcha gazetalar va jurnallar futbol, tennis, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha o’tkazilayotgan Respublika, Markaziy Osiyo, Osiyo hamda xalqaro sport musobaqalarini batafsil yoritib borish «moda» emas, balki ehtiyoj sifatida amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda jismoniy madaniyat va sport harakatida targ’ibot ishlari o’zining mazmuni, mohiyati va ko’lami jihatdan eng muhim va nufuzli tadbirga aylanib bormoqda.
Aholining kundalik turmushiga jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlari va turizmni yanada chuqurroq singdirish yo’lida targ’ibotlarning kuchi hamda ijtimoiy tarbiyaviy mohiyati sezilmoqda.
Buyuk kelajak avlodlarini jismoniy barkamollikka erishtirishda jismoniy madaniyat va sport harakatining asosiy yo’nalishlarini yanada ko’proq va ta’sirchan qilib targ’ibot qilish davr talabi hisoblanadi. Shu sababdan yosh mutaxassislar, olimlar, murabbiylar, ayniqsa magistrlar hamda talabalar bunday ulug’, ko’lami keng, ko’p qirrali targ’ibot ishlarida bevosita ishtirok etishlari, o’zlarining nazariy bilim hamda amaliy malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlari shartdir.
Dostları ilə paylaş: |