Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə33/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Jismoniy tarbiya –pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomil-lashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Manashu shu taorifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi taokidlab o‘tilgan.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o‘sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog‘liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo‘lgan turla-ridan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirilgan jismoniy tayyor-garlik vositalarining qo‘llanishi mehnat harakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli faktorlariga qashilik ko‘rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo‘lib, ikkala yo‘nalishi ham bir-birini to‘ldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘na-lishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni taomin-lashdir.
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng qo‘lamda qo‘llaniladi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Sport– jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o‘sishini taomin-laydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan sport, boshlang‘ich ma’noda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko‘ngil ochish, so‘ng, jismonan yuqori ko‘rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda g‘alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi.
Sportning rivojlanishi asosan uch ko‘rinishda – o‘quv predmeti, ommaviy-ko‘ngilli sport, «katta sport» tarzida namoyon bo‘ladi.
O‘quv predmeti sifatida sport o‘rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo‘lib xizmat qiladi.




  1. Yüklə 2,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin