Mavzu: Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari. Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi:tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:
3-Mavzu. Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari. Reja: Jismoniy tarbiyada milliy qadriyatlarning tutgan o'rni.
Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi umumiy funksiyalari: estetik funksiya, normativ funksiyasi, axborot funksiyasi.
Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi maxsus funksiyalari ta'lim va tarbiya funksiyasi.
Amaliy funksiya sport funksiyasi. Rekreativ soglomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi.
Jismoniy tarbiyada milliy qadriyatlarning tutgan o'rni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayev “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tuShunamiz”, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga va tabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan boshlab milliy o’yinlar vositasi bilan jismoniy salomatlik “poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin.
Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy madaniyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad Respublikada jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.
Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tuShunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo’ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlikni o’stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.